Fe’L 3-test



Download 25,5 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi25,5 Kb.
#339078
Bog'liq
Fe'l 2


FE’L 2-TEST

1.Qaysi qatorda holat fe’llari berilgan ?

A)unmoq , muzlamoq , afsuslanmoq B)yiqilmoq , bo’yamoq , surishtirmoq

S)porlamoq , ketmoq , tegmoq D)sarg’aymoq , tekislamoq , bermoq
2.Qaysi qatorda o’timli fe’llar qo’llangan ?

A)almashmoq, joylashmoq,kuymoq B)o’xshamoq,jiringlamoq,so’ramoq

S)o’qimoq,jilmaymoq,kiyinmoq D)joylashtirmoq , almashmoq , yaxshi ko’rmoq
3.Bir kuni chol bechora qo’li titrab , osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi. Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar berilgan ?

A)o’zlik,majhul,orttirma nisbatlar B)aniq,majhul,orttirma nisbatlar

S)orttirma,birgalik,aniq nisbatlar D)majhul,birgalik,aniq nisbatlar
4. 1)U yuziga belbog’ini tashlab ko’rpachaga cho’zildi .

2)Lag’mon ingichka qilib cho’zildi.

Ushbu gaplardagi cho’zildi fe’lining nisbatini aniqlang?

A)1-gapda majhul , 2-gapda o’zlik nisbatda B)1-gapda o’zlik , 2-gapda majhul nisbatda

S)1-gapda aniq , 2-gapda majhul nisbatda D)1-gapda o’zlik , 2-gapda aniq nisbatda


5.Fe’lning harakat nomi shakli qaysi qatordagi gapda qatnashgan ?

A)Takrorlash bilimning onasidir. B)Keng fe’l , ketmas davlat bersin .

S)Yurgan- daryo , o’tirgan-bo’yra. D)Soy soyga oqar , boy boyga boqar.
6.Otlashgan sifatdosh qatnashgan gapni toping ?

A)Qochoqqa shafqat yo’q , qo’rqoqqa – hurmat . B)Egilgan boshni qilich kesmas.

S)To’g’riga zavol yo’q. D)Kerilganning to’yiga bor , maqtanganning – uyiga .
7.Maqsad ma’nosini bildirgan ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang ?

A)Muyassar shosha –pisha unga o’ylarini gapira boshlagan edi .

B)Yomg’ir tinib , bulutlar tarqagach , tiniq osmonda quyosh nurlari porladi .

S)G’o’zalar qonib-qonib suv ichdi .

D)Siz bilan maslahatlashgani keldim .
8.Holat fe'li berilgan qatorni toping?

A)kuylamoq B) osmoq S) yozmoq D)artmoq
9.Bir mahal bola yig’ladimi yo tashqarida shamolning guvullashi aralash dahshatli bir faryod qulog’iga kirdimi , anglay olmay qoldi . Gapdagi yasama so’zlarning nechtasi fe’l turkumiga tegishli ?

A) uchtasi B)ikkitasi S)bittasi D)to’rttasi


10.Qaysi javobda turmoq fe’li ko’makchi fe’l vazifasida qo’llangan ?

A)Savolga turib javob berdi . B)Lug’at kitob stolning ustida turgan edi .

S)U bizga doimo yangiliklarni aytib turibdi. D)Mashina maydonning o’rtasida turibdi .
11.Sifatdosh qatnashgan gapni aniqlang ?

A)Men o’ylaymanki , bugungi kun hayotingizda o’chmas iz qoldiradi .

B)sabr qiling , hurmatli kitobxon , oldin qishloq bilan tanishaylik .

S)Malika keksa bog’bonning yelkasidan ushlab stulga o’tqizdi .

D)Ravshanlik tilning asosiy fazilati hisoblanadi .
12.Qaysi qatordagi gapda davomiy bo’lishsizlik ma’nosi ifodalangan ?

A)Men bu vazifani bajarmay qo’ymayman . B)Bugun kitobini o’qib qo’ymadi.

S)Anchadan beri darsga kelmay qo’ydi . D)Har yili bu voqea bo’lib turar edi .
13.Quyidagi keltirilgan maqolda shart mayli qo’shimchasi necha o’rinda qatnashgan ?

Birgalashib ovqatlansang – lazzatlanasan , birgalashib ishlasang – xursand bo’lasan .

A) 4 B) 5 S) 2 D) 3


14.Sadaqayrag’och shoxlarida chumchuqlar chirqillashib , ko’klamni olqishlaydi , allaqayoqlardan qaldirg’ochlar o’qday otilib kelib , hovli ichiga kirib ketadi , chug’urlaydi . Yasama fe’llar soni nechta ?

A) 4 ta B) 3 ta S) 5 ta D) 2 ta


15.Qaysi javobda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi berilgan ?

A)kulib qaramoq B)charaqlab chiqmoq S)borib kelmoq D) aytib yubormoq
Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish