Fazlulloh almaiy (1852-1891)


«Kalila va Dimnai turkiy»



Download 90,5 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2022
Hajmi90,5 Kb.
#568914
1   2
Bog'liq
Fazlulloh almaiy (1852-1891)

«Kalila va Dimnai turkiy». Almaiyning eng katta xizmatlaridan biri «Kalila va Dimna»ni tarjima qilishi bo‘ldi. Tarjima juda katta qiziqish bilan kutib olindi. 15 yilda «Kalila va Dimnai turkiy» nomi bilan uch marta (1898-1901-1913) chop etildi.
Almaiy tarjimani toshkentlik muxlisi Muhammad Muso Isoqozi o‘g‘lining iltimosi bilan amalga oshirgan. Naql qilinishicha, Muhammad Muso ko‘pdan ushbu kitobga qiziqib yurar, Almaiyga o‘qitib, og‘zaki tarjima qildirib, eshitar ekan. Nihoyat bir kuni butun kitobni tarjima qilib berishini so‘rabdi. Almaiy rozi bo‘libdi. Muhammad Muso uni o‘z mehmonxonasiga olib kelibdi. Oilasini moddiy jihatdan ta’minlab turibdi. Almaiy uch yillik ishni uch oyda tamomlab, tarjimani Muhammad Muso qo‘liga tutqazibdi. Xullas, tarjima shoir vafotidan keyin etti yil o‘tgach, toshbosmaga tayyorlanadi. Uni mashhur kotib Mirza Hoshim Xo‘jandiy bosmaga tayyorlaydi.
«Kalila va Dimna» bundan 1700 yillar ilgari Kashmirda yaratilgan. Qadim nomi «Panchatantra» («Besh kitob»)dir. Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy u haqida shunday yozgan edi:
«Hind xalqi ilmning juda ko‘p tarmoqlariga va son-sanoqsiz kitoblarga ega. Ularning hammasini qamrab olish qiyin. Lekin shunga qaramay, bizda «Kalila va Dimna» nomi bilan yuri-tiladigan hindlarning «Panchatantra» kitobini tarjima qilishni juda xohlar edim. Bu kitobni hindchadan forschaga, forschadan arabchaga va undan so‘ng boshqa juda ko‘p tillarga tarjima qildilar».
Darhaqiqat, u Beruniy zamonasidayoq dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan edi. Eron shohi Anushervoni Odil (531—579) bu kitobning ta’rifini eshitib, Barzuya degan tabibini yuborib, oddiradi va pahlaviy (qadimiy Eron) tiliga tarjima qildiradi. VIII asr boshlarida Abdulla ibn al-Muqaffa’ Barzuya nusxasidan arabchaga tarjima qiladi. Dunyoning boshqa tillariga qilingan tarjimalar uchun asos bo‘lgan nusxa mana shu arabcha nusxadir.
932 yilda mashhur tojik shoiri Rudakiy «Kalila va Dimna» mavzusida doston yozgani ma’lum.
«Kalila va Dimna»ni 1494 yilda Husayn Voiz Koshifiy arabcha nusxasidan forschaga tarjima qilib «Anvori Suhayliy» nomi bilan amir SHayxim Suhayliyga tortiq etadi.
«Kalila va Dimna» chig‘atoy (o‘zbek) tiliga birinchi marta Muhammad Bakriy degan kishi tomonidan XVIII asrda SHarqiy Turkistonda tarjima qilingan. So‘ng 1718-19 yillarda Qashqarda Mulla Temur, 1837-38 yillarda Xorazmda Muhammadniyoz degan kishi tarjima qilganlari ma’lum. Almaiyning tarjimasi «Kalila va Dimna»ning turk (o‘zbek) tilidagi ilmga ma’lum bo‘lgan to‘rtinchi tarjimasidir.
Almaiy o‘z tarjimasini «Kalila va Dimnai turkiy» deb atadi. Kitobning o‘zbekcha tarjimalari orasida eng mashhuri ham shu bo‘ldi. Kitob aslida 14 bobdan iborat edi. Tarjimalar davomida qo‘shilib 19 taga etdi.
Asli yozilish tarixi esa shunday hikoya qilinadi:
Iskandar Hindiston shohi Forug‘ (Forek)ni engib, o‘rniga o‘z kishisini qo‘yib, yurishlarini davom ettirdi. Hindlar Iskandar noibiga itoat etmadilar, oralaridan Dobshalimni shoh qilib ko‘tardilar. Zamonlar o‘tib, Dobshalim xalqni unutdi, kibr-havoga berildi. Mamlakatda zulm, adolatsizlik avj oldi. Hind brahman (ruhoniy)lari orasida Bedpoy (Beydabo) degan bir donishmand bor edi. U podshoni to‘g‘ri yo‘lga solishga ahd qildi. Bir shogirdi bilan bir yil davomida uzlatga chekilib bir kitob yozdi. Bu «Kalila va Dimna» edi. Ko‘pni ko‘rgan Beydabo to‘g‘ri so‘zning podshoga qattiq tegishini bilib, barcha gaplarni vahshiy hayvonlar, darranda va parrandalar tilidan berdi. SHunga ko‘ra, u sodda odamlar uchun ermak, onglilar uchun ibrat edi.
Dobshalim kitobdan mamnun bo‘ladi. Mamlakatga yana adolat qaytadi. Kitobning ovozasi Anushervoni Odilga etadi. Barzuya hakim uzoq sarguzashtlardan so‘ng kitobdan Eronga nusxa ko‘chirib boradi.
Kitobdagi Barzuya haqidagi bob ham ibratlidir. U - mashhur hakim. Uning fikricha, inson kasalliklari orasida eng yomoni mol-dunyo to‘plash kasalligidir. Bu quturgan tuyadan jar ustiga egilgan ikki shoxga osilib qutulib qolmoqchi bo‘lgan odamning holini eslatadi. Odam oyoq qo‘ygan jar yoqasidagi indan to‘rtta ilon bosh chiqarib turibdi. Tepada osilib turgan shoxlarni bir oq, bir qora sichqon tinimsiz kemirmoqda. Jahannamday jarda esa ulkan ajdaho og‘zini ochib turibdi. SHoxlarning biri ustida asalari uyasi, asal. Odam hamma qo‘rquvni unutib, barmog‘ini ari iniga botiradi va ishtaha bilan asal eyishga tushadi. Totli boldan boshi aylanadi. Jaholat mastligi bilan jarga qulaydi. Jar bu — dunyo, oq-qora sichqonlar kecha va kunduzdir. Ular umrni tezroq poyoniga etkazish uchun uzluksiz almashinib turadilar. To‘rt ilon qadim hind falsafasi bo‘yicha borliqning mohiyatini tashkil etgan to‘rt unsur (suv, olov, tuproq, shamol)dir. Bulardan birontasi o‘z muvozanatini yo‘qotsa, inson darhol mahv bo‘ladi. Bol - azobi ko‘p, foydasi kam foniy dunyodir. Ajdaho hech kim qochib qutula olmaydigan o‘limdir.
Kalila va Dimna - asarning bosh qahramonlari, ikki shag‘olning oti. Kitobdagi voqea roja (hindlarning hukmdori) va brahman (donishmand) orasidagi suhbat bilan boshlanadi. Roja brahmandan yolg‘on va tuhmat bilan do‘stlarning oralari buzilib, dushmanlikka aylangan hikoyalardan aytib berishini so‘raydi. Brahman «SHer va Ho‘kiz» haqidagi hikoyani aytib beradi. Uning qisqacha mazmuni quyidagicha edi: Bir boy savdogarning o‘g‘illari bor edi. Ular katta bo‘lgach, biror foydali ish qilmay, ota mol-dunyosini sovurishga tushadilar. Ota ularga mol-dunyo yig‘ish qanchalik qiyin ish bo‘lsa, uni foydali, aqlli, tadbirli sarflash ham shuncha qiyin va nozik ish ekanligini aytadi. Nihoyat, ota nasihati ta’sir qilib, farzandlar kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lishga kirishadilar. Katta o‘g‘li savdogarlik qilish uchun uzoq mamlakatga safarga chiqadi. Uning ikki ho‘kizi bor edi. Birining oti SHatraba, ikkinchisining oti Bandaba edi. Yo‘lda botqoqlik chiqib, SHatraba botib qoladi. CHiqarib oladilar. Holsiz bo‘lgani uchun qoldirib ketadilar. Ho‘kiz sersuv, sero‘t joyga borib yashay boshlaydi, semirib ketadi, o‘ynoqlab ma’raydi. SHu atrofda bir SHer yashardi. U Ho‘kizni umrida ko‘rmagan, ovozini eshitmagan edi. Ho‘kizning haybatli ovozi SHerni sarosimaga soladi. Ahvolini boshqalarga sezdirmaslik uchun ovga chiqmay qo‘yadi. Atrofidagi hayvonlar orasida ikkita shag‘ol bor edi. Ikkovlari ham sezgir va makkor edilar. Lekin Dimna ziyrakroq va yovuzroq edi. Ikki shag‘ol SHerning ahvolini muhokama kila boshlaydilar. Dimna buni SHerning notanish ovozdan qo‘rqayotganidan ekanligini anglab etadi. Uni SHer huzuriga boshlab keladi. SHer va Ho‘kiz do‘stona yashay boshlaydilar. Ular orasidagi mehr-muhabbat kundan-kun o‘sib boradi. SHer Ho‘kizga yuksak martabalar beradi. Bu hol Dimnaning ko‘nglida hasad olovini yoqadi. Dimna ular orasiga dushmanlik solish rejasini tuza boshlaydi. Nihoyat bunga erishadi. SHer Ho‘kizni o‘ldiradi. Dimnaning qilmishlaridan xabardor Kalila ham uning makr turlaridan dahshatga tushgan va uning yovuzligiga chiday olmay o‘lgan edi.
SHatrabani Dimnaning gapi bilan o‘ldirib qo‘ygan SHer o‘z ishidan pushaymon bo‘ladi. Onasining maslahati bilan Dimna ishini taftish qildiradi. Taftish davomida Dimnaning tuhmatlari ayon bo‘ladi va o‘limga hukm qilinadi.
Kalila va Dimna voqeasi shu bilan tamom bo‘ladi. Biroq bu hikoya ichidagi turli dalil va munosabat uchun keltirilgan o‘nlab hikoyachalar bo‘lib, ularning har biri o‘z holicha mustaqil, tugallangan syujetlarni tashkil qiladi. Roja va brahman suhbati bundan keyin yana 13 bobda davom etadi. Roja mavzu beradi. Brahman biri-biridan maroqli, biri-biridan ibratli o‘nlab hikoyalar aytadi. Bular hammasi insonga xos xislatlar - uning kamchilik va fazilatlari haqida. Birining samaralari, ikkinchisining oqibatlari haqida. Va ular, albatta, ma’lum bir munosabat bilan keltiriladi. Masalan, «Bir kishining yong‘inda qolgan ilonni qutqarmoqchi bo‘lgani va ko‘p tashvishlar tortib undan qutulgani» haqidagi hikoyani olaylik.
Roja brahmanga ikki do‘st orasida paydo bo‘lgan dushmanlik haqidagi hikoyadan so‘ng samimiy do‘stlar, sadoqat va birodarlik borasida so‘zlashni so‘raydi. Brahman CHinkabutar, Qarg‘a, Sichqon, Toshbaqa va Ohu haqidagi hikoyani boshlaydi. Ilon hikoyasi shuning ichida keladi.
Kashmirning ovloq bir joyida bir ovchi don sepib to‘r yoyar, uni bir qarg‘a kuzatar edi. Kabutarlar donga tushardilaru to‘rga ilinardilar. Ovchi bekingan joyidan chiqib kelar, kabutarlarning har biri o‘z jonini qutqarish uchun harakat qilib, to‘rga yanada mahkamroq o‘ralar edilar. SHunda kabutarlarning boshlig‘i CHinkabutar hammani osmonga baravar ko‘tarilishga chaqiradi va shu tariqa to‘r bilan uchib ovchidan qutuladilar. CHinkabutar do‘sti Sichqonni topib, birgalikda do‘stlarining oyoqlarini banddan xa-los qildilar. (Sichqon to‘r iplarini qirqadi.) Bu voqealarni kuzatib turgan Qarg‘aning Kabutar va Sichqon do‘stligiga havasi keladi. Sichqonga kelib do‘st bo‘lishni taklif qiladi. Sichqon Qarg‘a bilan uning orasida hech qanday yaqinlik yo‘qligini, kimki o‘z tengi bilan bo‘lmasa, uning boshiga Kaklikning kuni tushishini aytadi. Qarg‘a uni aytib berishini so‘raydi. Bir kuni tog‘ etagidagi sayroki Kaklikning ovozini Lochin eshitib, u bilan do‘stlashgisi kelib qolibdi. Lochin har qancha harakat qilmasin, Kaklik unamabdi. Lochin ontlar ichibdi. Oxiri Kaklik ko‘nibdi. Ular Lochin uyasida inoq yashay boshlabdilar. Lekin bu inoqlik uzoq cho‘zilmabdi. Bir kuni ochiqqan Lochin bir bahona bilan Kaklikni shart ikkiga bo‘lib eb qo‘yibdi.
Qarg‘a Sichqonning dalil uchun keltirgan hikoyasiga qarshi uni ranjitish xayoli yo‘qligini, uni egan bilan qorni to‘ymas-ligini, xayolida samimiy do‘stlikdan boshqa narsa yo‘qligini aytadi. Sichqon yana dalil keltiradi. Do‘stlik da’vosini qilgan dushmanning so‘ziga ishongan odamning boshiga ilonni qutqarib baloga qolgan tuyakashning ahvoli tushishini aytadi. Bu mashhur hikoya shu munosabat bilan o‘rtaga chiqadi.
Uning mazmuni quyidagicha:
Tuya mingan bir kishi yo‘lda ketardi. Oldidan o‘t ketgan dasht chiqibdi. Katta bir ilon olovlar ustida to‘lg‘anardi. U qo‘z yosh to‘kib, tuyakashdan qutqarishni iltijo qiladi. Tuya mingan kishining rahmi keladi. To‘rvasini nayza uchiga bog‘lab, ilon tomonga uzatadi. Ilon to‘rva ichiga kiradi. Xaloskor bir ozdan so‘ng to‘rva og‘zini ochib uni chiqarib yubormoqchi bo‘ladi. Ilon to‘rvadan chiqqach, xaloskorini va uning tuyasini chaqmasdan ketmasligini aytadi. Ular orasidagi yaxshilikka yaxshilik qaytmasligi haqidagi bahs ancha davom etadi. Ilon yaxshilikka yomonlik qayta-rish odamzodlar mazhabida borligi haqida guvohlar topadi. Tasodifan shu erdan o‘tib qolgan tulki tuyakash joniga ora kiradi. Ustamonlik bilan ilonni to‘rvaga kiritib, tuyakash qo‘liga tutqazadi.
Qarg‘a va Sichqon mojarosi shu taxlit davom etadi. Ilon va tuyakash masali do‘stu dushmanni farqlash, dushmanning makru hiylalariga uchmaslik, zarurat tufayli beradigan ontu va’dalariga aldanmaslik haqidadir. Hikoya SHarq adabiyotida keng ishlangan Toshbaqa va CHayon masalini esga tushiradi.
Almaiy «Kalila va Dimna»ni o‘zbekchaga tarjima qilar ekan, uni o‘zbek yozuvchisining didi va qarashlariga moslashga harakat qildi. Ko‘pchilik tafsilotlarni qisqartirdi. Boblardagi sarlavhalarni o‘zgartirdi. Mavzuni sarlavhaga chiqardi. Hikoyalarni she’riy parchalar bilan ziynatlashga, xulosa – hissalarni 2-4 misrali ixcham baytlar bilan berishga harakat qildi. Hind eposi «Kalila va Dimna»ni chindan ham «Kalila va Dimnai turkiy»ga aylantirdi. Xalqimizni jahon adabiyoti durdonalari bilan tanishtirishda, o‘zbek va hind xalqlarini bir-birlariga yaqinlashtirishda muhim xizmat qildi.
Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish