2-rasm. Asinxron mashinaning ishlash rejimlari
Agar asinxron mashinaning rotorini birorta mexanizm yordamida stator magnit maydoni aylanish chastotasidan katta (n > n1) bo‘lgan chastotada aylantirilsa rotor chulg‘ami o‘tkazgichlaridagi EYK, tokning aktiv tashkil etuvchisi va sirpanishlar o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradilar. Bunda elektromagnit moment M ham o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib tormozlovchi bo‘ladi, ya’ni asinxron mashina generator rejimiga o‘tadi. Asinxron mashina generator rejimda birlamchi motordan mexanik energiya olib, uni elektr energiyaga aylantirib tarmoqqa uzatadi. Bunda sirpanish 0>s> – oraliqda o‘zgaradi.
Agar asinxron mashinaning rotori boshqa motor bilan stator magnit maydoni aylanishiga teskari yo‘nalishda aylantirilsa, rotor chulg‘ami o‘tkazgichlaridagi EYK va tokning aktiv tashkil etuvchisi motor rejimidagi singari yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni mashina tarmoqdan energiya oladi. Lekin bu rejimda elektromagnit moment rotor aylanishiga teskari yo‘nalib, tormoz-lovchi bo‘ladi (6.3,s-rasm). Bu rejim – asinxron mashinaning elektromagnit tormoz rejimi deyiladi. Bunda rotorning aylanish yo‘nalishi aylanuvchi magnit maydonnikiga nisbatan teskari bo‘lgani uchun rotor aylanish chastotasi n<0, sirpanishi esa 1< s < oraliqda o‘zgaradi. Bu rejimda asinxron mashina rotor tomonidan mexanik energiya, stator tomonidan esa elektr energiya oladi.
Asinxron mashinaning elektromagnit tormoz rejimi amaliyotda kranlarda va ko‘targich mexanizmlarda yukni tushirish jarayonida uning tezligini kamaytirish yoki zarur bo‘lganda ularni tezda to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Bu maqsadda stator chulg‘amiga tarmoqdan ulangan xohlagan ikki faza simining o‘rnini almashtirib ulash kerak bo‘ladi. Bu holda statorning aylanuvchi magnit maydoni o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi va tormoz momentini hosil qiladi. Bu rejimda sirpanish katta (s =1) bo‘lganligidan, rotor chulg‘amidagi EYK, demak, tok ham katta bo‘ladi. Bu tokni kamaytirish uchun faza rotorli motorda rotor chulg‘amini aktiv qarshilikka – tormozlovchi reostatga ulaydilir.
Sanoatda qo‘llanilayotgan asinxron motorlar nominal yuklama bilan ishlaganda sirpanish sN 35 % ni, maxsus asinxron motorlarning ayrimlarida esa sN 1215% ni tashkil qiladi.
Rotori qo‘zg‘almas bo‘lgan asinxron mashina ishlash rejimi transformator ishlash rejimidan farq qilmaydi. Rotori qo‘zg‘almas bo‘lganda (bunda, s = 1) mashinaning stator va rotor chulg‘amlarida chastotalari teng (f2f1) bo‘lgan EYKlar induktivlanadi va ular quyidagicha aniqlanadi:
E1 4,44 f1w1kch.1 Fmax;
E2 4,44 f1 w2kch.2 Fmax ,
bunda: kch.1, kch.2 – stator va rotorning chulg‘am koeffitsientlari; w1, w2 – stator va rotor chulg‘ami bitta fazasining o‘ramlar soni; Fmax – magnit oqimning maksimal qiymati.
.
E1/ E2 = w1kch.1/ (w2kch.2) = kE
-rotori ko‘zg‘almas asinxron mashinada kuchlanish transformatsiyalash koeffitsienti deyiladi.
Agar faza rotorli asinxron mashinaning rotor chulg‘ami ochiq bo‘lsa undan chulg‘amda tok oqmaydi va bu holatni yuksiz ishlash rejimi deyiladi. Bunday rejim statorda bo‘ladigan elektromagnit jarayonga ta’sir qilmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
УММ Элмаш
Do'stlaringiz bilan baham: |