Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

FRANSUA MARI VOLTER
(1694  1 778)
Fransuz adabiyotida ma’rifatparvar shoir sifati­
da shuhrat qozongan bu adib Parijda tugMlgan.
Ilk  ijodini  hajviy  asarlar yozishdan  boshlab, 
Filipp  va  uning  qiziga  bagMshlaydi.  1717-yiIda 
qamoqxonaga  tushgan  adib  Genrix  IV  haqida 
poema  va  «Edip»  tragediyasini  yozadi.  «Edip» 
tragediyasi  1718- yilda sahnalashtirilgandan so‘ng 
Volter  nomi  tezda  ko‘pchilikka  ma’lum  boMadi. 
Keyinchalik  Angliyadagi  uch  yillik  hayoti 
davomida bu  mamlakatdagi adabiy hayot bilan ya­
qindan  tanishadi.  Yozgan  asarlari:  «G‘aroyib o‘g‘ib> 
(1736),  «Falsafa  lug‘ati»,  «Ozod  fransuz»  (1656),  «Lyudovik  XIV 
asri»,  «Lissabon  halokati  haqida»  (1756),  «Vavilon  malikasi» 
(1768),  «Brut»,  «Zaira»,  «Zadig»,  «Mikromegas»,  «Kandid  yoki 
xayoliyot», «Soddadil».  Ijodiy  faoliyati  davomida  ellik  ikkita  sahna
www.ziyouz.com kutubxonasi


asari  yozadi.  Volter hayotligidayoq  butun  Yevropaga  mashhur boMgan 
edi.
Volter  ayni  chog‘da  faylasuf,  tarixchi,  adabiyotshunos  va  teatr 
tanqidchisi  hamdir.  «Falsafa  lug‘ati»  asarida juda  ko‘plab  asarlarni 
tarixiy va  falsafiy jihatdan  tahlil  qilib  bergan.  0 ‘z davrida  hajviyotda 
hech kim Volteming oldiga tusholmagan.
0 ‘z  davrining  ma’rifatparvar  adiblari  Deni  Didro,  De  Alamber 
Voltemi juda hurmat qilar, «ustoz» deya tan olib,  murojaat etar edilar.
Rus shoiri A. S.  Pushkin ham haqli  ravishda Volter ijodidan  bitmas- 
tuganmas  zavq-shavq  olganini  qayd  qilib  o‘tgan  edi.  «Meni  ijod  sari 
yetaklagan  Volter  boMadi»,  degan  fikrni  aytib,  ustozi  nomini  shon- 
sharaflar bilan bezab o‘tgan edi Jan Jak Russo.
Moskva  universitetiga  asos  solgan  М.  V.  Lomonosov  Volterning 
ilm-fan  sohasidagi  yutuqlari  bilan  qiziqib,  uning  nazariy  taMimotini 
yuksak  baholab,  buyuk  olimi  Nyuton  bilan  tenglashtiradi.  М.  V. 
Lomonosov  taklifi  bilan  Volter  Rossiya  akademiyasining  a ’zoligiga 
qabul  qilinadi.
1734-yilda  Angliyadan  o ‘z  vataniga  qaytib  kelgan  shoir  Ruana 
shahrida  «Angliya  haqida  maktublar»  asarini  chop  etadi.  U  «Brut» 
(1730), «Zaira» (1732) tragediyalarini Angliyada yozib tugatgan edi.
Volter Fransiyada  «Muhammad»  (1740),  «Мегора» tragediyalarini 
yozadi. «G‘aroyib o‘gMl» (1736), «Nanin» (1749) komediyalari, «Zadig 
yoki Taqdir» (1748) nomli falsafiy ruhdagi asarlari yuzaga keladi.
1749-yilda Volteming qalbiga eng yaqin boMgan, uni chuqur insoniy 
tuyg‘u  bilan  sevadigan,  yaqin  suyanchiq  do‘sti  go‘zal  Emiliya vafot 
etadi.  Bu mash’um voqea shoimi chuqur qayg‘uga soladi.
Shundan  so‘ng shoir Prussiyada,  Shvetsariyada yashab,  ogMr hayot 
kechiradi, o‘z vatani  Fransiyaga qaytish sogMnchi bilan yashaydi. Biroq 
Fransiyada uni yana ta’qib va qamoqxonalar kutib turganidan xavfsirar 
edi.
Volter Fransiya ma’naviyati va ma’rifatini namoyish etuvchi ramzga 
aylanib qoldi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish