Fayzulla boynazarov



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/126
Sana01.01.2022
Hajmi8,27 Mb.
#280518
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
Bog'liq
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

FRANSUA RABLE
(1494-1553)
Fransuz  Uyg‘onish  davri  adabiyotining yirik 
vakili  Fransua Rable  Turen  viloyatining  Shinon 
shaharchasida,  advokat  oilasida dunyoga  keladi. 
Dastlab  Shinon  shahri  yaqinidagi  ruhoniylar tay- 
yorlaydigan 
mahalliy 
maktabga 
boradi. 
Monastirda  faoliyat  ko‘rsata  boshlagan  Fransua 
man  qilingan  antik kitoblarni  o‘qishni  boshlaydi. 
Lotin,  grek  tillarini  o‘rganadi.  Homer  asarlarini 
qiziqish  bilan  o‘qiydi.  1530-yilda  Manpelega 
kelib,  qadimgi  dunyo  hakimi  Hippokratning 
«Aforizm»larini  izohlab  beradi.  Lion  shahrida 
kasalxona  tabibi  boMadi.  Uch  marta  Italiyaga  borib,  qadimgi  Rim 
madaniyatini  hamda  lotin,  arab  tillarini  o‘rganadi.  «Gargantyua  va 
Pantagryuel» epopeyasining birinchi  kitobi  1533-yilda Alkfribas Naze 
taxallusi  bilan  «Ulkan  pahlavon  Gargantyuaning  o‘gMi  Dipsad  qiroli 
ajoyib  Pantagryuelning dahshatli  va g‘oyat qo‘rqinchli  harakatlari  va 
qahramonliklari» nomi ostida yoziladi. Besh kitobdan iborat bu asarni u 
20  yildan  ziyodroq  vaqt  mobaynida  yozadi.  Ikkinchi  kitobi  «Pan­
tagryuelning  otasi  Gargantyuaning  vahimali  hayoti  haqida»  (1534), 
uchinchi  kitobi  «Olijanob  Pantagryuelning qahramonona harakatlari» 
(1546), to‘rtinchi  kitobi  «Jasur Pantagryuelning qahramonona harakat­
lari  va qimmatli  gaplari  haqida»  (1552),  beshinchi  kitobi  «Olijanob 
Pantagryuelning qahramonona harakatlari  va qimmatli  fikrlari  haqida 
so‘nggi  kitob»  (1564)  nashr qilinadi.  Fransua  Rable  nomini jahonga 
mashhur qilgan «Gargantyua va Pantagryuel» asaridir.
Rable o‘z asarida ikki xil hayotni, ikki xil tarbiyani bir-biriga qiyos- 
lab, o‘zining muhim fikrlarini  ayta olgan.  Bir jamiyatda ikki  xil  hayot, 
bir-biriga  qarama-qarshi  boMgan  taMim-tarbiya  -   biri  sxolastika, 
ikkinchisi gumanizm.
Roble o‘z asarida ilmni  ulugMaydi.  Buning uchun  ikki  xil  toifadagi 
kishilar  obrazini  namoyon  etadi.  Biri  o‘qimishli,  adolatparvar,  odil
www.ziyouz.com kutubxonasi


qirol  Tronzuze  va uning  o‘g‘li  katta bilim  sohibi  bo‘lgan  Gargantyua 
bo‘lsa,  ikkinchisi  savodsiz  Pikroxoldir.  Eski  usuldagi  sxolastika  va 
safsatadan  ta’lim  olgan  Pikroxol  oddiy jumboqlarning ham  mag‘zini 
chaqolmaydi.  U  mustaqil  fikrlashdan,  adolatli  hukm  chiqarishdan 
mahrum bo‘lgan manqurt obrazidir.
«Gargantyua va  Pantagryuel»  asarida  fantastika  nihoyatda kuchli. 
Biroq mana shu bo‘rttirish, o‘xshatish va ayniqsa,  istiora ortida muhim 
hayotiy  voqealar  yashiringan.  Asarda  hajv,  satira,  yumor,  kesatish, 
qochiriq,  kinoya kuchli.  Asarni  o‘qir ekansiz,  kulgingiz qistab  zavq- 
shavqqa toMasiz.  Taomni  yeb  bo‘lgach,  og‘zini  «par yostiqqa artish» 
yoki  «paltoning  mo‘yna yoqasiga  artish»  voqeasini  eslab  ko‘ring.  Bu 
asarda fantastik voqealar hayotiy haqiqatni ta’minlaydi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish