Nayti (Izlash) muloqot oynasini Provodnikdagi Servis menysining «Nayti» (Izlash) buyrug`i yordamida ham ochish mumkin.
KATALOG (PAPKA) HOSIL QILISH
Windowsda kataloglar papkalar deb ataladi. Yangi papka hosil qilish uchun Moy kompyuter yoki Provodnik oynalaridan foydalanib quyidagi ishlarni bajaramiz:
– Yangi papka hosil qilmoqchi bo`lgan qurilmaga yoki papkaga o`ting.
– Fayl menysining Sozdat-Yaratish buyrug`ini tanlang.
– Ochilgan qism menydan Papka qatorini tanlang. Ekranda yangi papka belgisi paydo bo`ladi.
– Papkaga nom bering.
Agar papkani yanglishib boshqa joyda yaratgan bo`lsangiz, uni Provodnik yordamida kerakli joyga ko`chirishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |