259
Ochiq maydondagi og‘irligi 300 tonnagacha bo‘lgan paxta xom ashyosi
saqlanadigan shtabellarning o‘lchami uzunasiga 22 metr, kengligi 11 metr va
balandligi 8 metrgacha bo‘lishi lozim.
Paxta tolalari
faqat toy holatida saqlanadi, ochilib ketgan toylar (uringan
toylar) alohida shtabellarga joylashtirilishi lozim.
Yopiq turdagi omborlarda paxta tolalari yonmaydigan materialdan
tayyorlangan taglik ustiga joylashtiriladi, bunda o‘rtadan uzunasiga 2 metr
kenglikda yo‘lak qoldiriladi, va har bir eshik qarshisida ham hududi shunday
kenglikdagi ko‘ndalang yo‘laklar qoldiriladi ishi kerak.
Paxta tolasi taxlanganda
uning yuqorigi qismidan ombor tomidagi yonuvchan konstruksiyalarigacha
bo‘lgan masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi zarur.
Ochiq maydonda saqlanadigan paxta tolalari shtabellari brezentlar bilan
yopiladi va ular yerga qoqilgan qoziqlarga mahkamlab qo‘yiladi. Ochiq
maydondagi to‘plab yig‘ilgan paxta tolalari ham brezentlar bilan yopiladi va ular
yerga qoqilgan qoziqlarga mahkamlab qo‘yiladi. Paxta tolalarini yong‘indan
saqlash oraliqlarida to‘plash, yig‘ish va saqlash man qilinadi.
Har qanday holatda ham mashinalar, avtodrezina,
avtokran, mototsikl va
poyezd tortadigan mashinalarning (motovoz) paxta tolalari saqlanadigan, bostirma
va paxta tolasi shtabellariga 3 metrdan kam bo‘lgan masofaga yaqinlashish man
etiladi, traktorlar uchun oraliq masofa 10 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Paxta tolalari saqlanadigan yopiq turdagi ombor, bostirma va paxta shtabellari
oldiga avtomashina va traktorlar tutun chiqarish quvurlariga uchqunni tutib
qoluvchi moslama o‘rnatilgan holatdagina yaqin kelishi mumkin. Bunda transport
vositasi tutun chiqarish trubasi bostirma yoki shtabeldan qarama-qarshi tomonda
bo‘lishi kerak.
Paxta tolalari saqlanadigan
maydonlarda chekish, ochiq olovdan foydalanish
man etiladi. Chekish alohida ajratilgan xona yoki joylarda ruxsat etiladi. Yopiq
turdagi ombor, shiypon, bostirmalar va shtabellar yaqinida «Chekish man etiladi»
yozuvi bo‘lishi shart. Chekish ruxsat etilgan joylarda esa «Chekish uchun joy»
yozuvi bo‘lishi kerak.
Ochiq maydonlardagi toy paxta saqlanayotgan shtabellardan paxta chigitini
saqlash omborlariga qadar bo‘lgan yong‘inga qarshi masofa QMQ 2.10.01-96
«Qishloq xo‘jaligi korxonalariing bosh tarxlari» 3.22 bandi 4-jadvalda quyidagicha
qabul qilinadi.
4-jadval.
t/r
Paxta chigitini saqlash oborining turi
Yong‘inga qarshi masofa, olov
bardoshlik darajasiga qarab, m.
I, II
III
IV, V
1.
I-II
darajadagi yopiq omborlar
10
12
16
2.
III darajadagi yopiq omborlar
12
16
16
3.
IV-V darajadagi yopiq omborlar
16
18
20
4.
Ochiq maydonda saqlanayotgan joy
8
10
12
260
Izox:
Paxta xom ashyosi saqlanayotgan buntlardan paxta chigiti
saqlanayotgan yopiq va ochiq omborlarga qadar bo‘lgan masofa 30 metrdan kam
bo‘lmasligi kerak.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng paxta xomashyosini saqlashga
va qayta ishlashga bo‘lgan talablarning o‘sganligi hamda mavjudlari rekonstrksiya
qilinishi munosabati bilan QMQ 2.10.01-96 «Qishloq xo‘jaligi korxonalariing bosh
tarxlari» meyoriy hujjatining talablariga mos keltirilishi
paxta xomashyosini
yong‘indan saqlab qolishga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: