Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish hamda tizimni takomillashtirish



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/153
Sana13.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#784707
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   153
Bog'liq
2 5197559303229150350

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Ishlab chiqarish va yongʻin oʻchirish avtomatikasi fanidan maʼruza 
matnlar toʻplami O.A.Toʻlaganov 
2. Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasiningyongʻin xavfsizligi 
qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 649-soonli qarori. 
3. 2.04.09-2007 Пожарная автоматика зданий и сооруженийю. 
* * * 
TAʼLIM MUASSASASINING MAJMUAVIY XAVFSIZLIGINI 
TAʼMINLASH BORASIDAGI DOLZARB MASALALAR 
Mayusupov Yaxyo, Uzoqov Farrux
(O’zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi 5-bosqich kursantlari)
 
archamizga maʼlumki bugungi kunga kelib respublikamizda taʼlim 
tizimiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Shu munosabat bilan 
soʻnggi yillarda yangi institut va universitetlar hamda nodavlat 
taʼlim muassasalari tashkil etildi. Bunday rivojlanish kelajak 
avlodning yangi marralarni zabt etishi uchun zamin boʻlib 
hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri, bu taʼlim 
muassasalarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻlib hisoblanadi. Quyida 
taʼlim muassasalarining yngʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tushunchalarni 
koʻrib chiqamiz. 
Taʼlim muassasasining majmuaviy xavfsizligini taʼminlash tizimi — qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar va xodimlarning faoliyati majmui , 
boshqaruv organlari rahbarligida amalga oshiriladigan taʼlim muassasasi va oʻzini 
oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, yordamchi xizmatlar 
va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda taʼlim muassasalarining xavfsizligini 



212 
taʼminlash shuningdek, xodimlar va talabalarning favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri
va oqilona harakat qilish. 
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishning maqsadi, taʼlim muassasasining
umumiy xavfsizlini, real hamda prognoz qilinadigan xavflar va tahdidlarga qarshi 
himoyalanganlik darajasini aniqlashdan iborat. Taʼlim muassasasining majmuaviy 
xavfsizligini taminlashda quyidagi asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak: 
1. Obekt va hududni jismoniy muhofaza qilishni tashkil etish (uning 
vazifalari: taʼlim muassasasini nazorat qilish, xavflarni aniqlash va oldini olish 
uchun xavfsizlik holatini taʼminlash, xavfli namoyishlar va vaziyatlarni bartaraf 
etish, yongʻin nazoratini amalga oshirish, tashkilot obyektga ruxsat etilmagan 
kirishlarni oldini olish, fuqarolar va texnikalar, xodimlarni himoya qilish va 
oʻquvchilarni zoʻravonlik harakatlaridan himoya) uchun qoʻriqlash otryadlarini 
tashkil etish.
2. Muhandislik-texnik mustahkamlikni taʼminlash (toʻsiqlar, metall eshiklar, 
panjaralar, toʻsqichlar (antitaran — transport vositalarining ruhsatsiz kirishiga chek 
qoʻyish uchun moʻljallangan vosita) va boshqalar). 
3. Muhandislik-texnika asbob-uskunalarini tashkil etish (qoʻriqlash 
signalizatsiyasi tizimi, xavf-qoʻngʻiroq signalizatsiyasi (mahalliy yoki "01" da 
koʻrsatiladi), televizion videokuzatuv, kirishni cheklash va nazorat qilish, yongʻin 
signalizatsiyasi, radiatsiya va kimyoviy nazorat). 
4. Taʼlim muassasalarida terrorizmga qarshi himoya qilish boʻyicha rejaviy 
ishlar tashkillashtirish. 
5. Nazorat oʻtish rejimini tashkillashtirish 
6. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. 
7. Mehnatni muhofaza qilish va elektr qurilmalaridan foydalanishda 
xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. 
8. Fuqoro muhofazasi rejalarini ishlab chiqish.
9. Huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa 
yordamchi xizmatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatish 
10. Huquqiy va xavfsizlik madaniyatini shakllantirish 
11. Moliyaviy-iqtisodiy chora tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish. 
Taʼlim muassasalarida majmuaviy xavfsizlik tizimi real va sodir boʻlishi 
mumkin boʻlgan xavflar, tabiy va texnogen xarakterga ega favqulodda 
vaziyatlardan toʻliq himoya qilishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun taʼlim 
muassasasining oʻquv-tarbiya jarayonini davomida talabalar, oʻqituvchilar va 
ishchi hodimlarning xavfsizlgi taminlanishi kerek. 
Taʼlim muassasalarida yongʻin xavfsizligini taminlash 
Taʼlim muassasalarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash quyidagilarni oʻz 
ichiga oladi: 
• normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, yongʻin xavfsizligi qoidalari va 
talablariga rioya qilish xavfsizlik, shuningdek, yongʻinga qarshi tadbirlarni 
oʻtkazish; 
• 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2020-yil
20-oktyabrdagi “Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qaroriga 


213 
muvofiq taʼlim muassasalarini birlamchi oʻt oʻchirish vositalar bilan taʼminlanishi 
lozim
• Davlat yongʻin nazorati organlarining talablariga toʻliq javob berish lozim 
• yongʻin signalizatsiyasi va odamlarni evakuatsiya qilish tizimini 
takomillashtirish
• oʻt ochirgichlarni manometr koʻrsatkichlari ruxsat etilgan darajadan past 
boʻlganda (pasportga muvofiq vaqt ichida) toʻldirish. 
• evakuatsiya chiqish joylarining soni, ularning oʻlchamlari, yoritish va 
tutundan himoyalanish taʼminlanganligi sharoitlari, shuningdek, evakuatsiya 
yoʻllarining uzunligi shaharsozlik normalari va qoidalaridagi yongʻin xavfsizligi 
talablariga muvofiq boʻlishi kerak. 
Yongʻinga qarshi muhofaza tizimining yongʻin xavfsizligini taʼminlash 
usullariga qoʻyiladigan talablar 
Yongʻinga 
qarshi 
muhofaza, 
quyidagi 
usullarning 
yoki 
ular 
kombinatsiyalarining biri bilan taʼminlanishi kerak:yongʻin oʻchirish vositalarini 
va tegishli turdagi yongʻin texnikasini qoʻllash;avtomatik yongʻin oʻchirish va 
signalizatsiya qurilmalarini qoʻllash;yongʻin xavfi koʻrsatkichlari meʼyorlangan 
asosiy qurilish konstruksiyalar va materiallarni (shu qatorda konstruksiyalarni 
pardozlash uchun ishlatiladiganlarni) qoʻllash;yongʻinning tarqalishini cheklashni 
taʼminlovchi qurilmalarni qoʻllash;yongʻin haqida xabar berish va odamlar 
evakuatsiyasini boshqarish texnik vositalari yordamida;odamlarni yongʻinning 
xavfli omillaridan kollektiv va individual himoya vositalarini qoʻllash;tutunga 
qarshi himoya vositalarini qoʻllash.Yongʻinni yonish oʻchogʻi chegarasidan 
tashqariga 
tarqalishini 
cheklash, 
quyidagi 
usullarning 
yoki 
ular 
kombinatsiyalarining biri bilan taʼminlanishi kerak:yongʻinga qarshi toʻsiqlarni 
bajarish;texnik-iqtisodiy hisoblar boʻyicha ruxsat etiladigan, lekin meʼyorlarda 
belgilangandagiga zid boʻlmaydigan yongʻinga qarshi otsek va seksiyalarning 
maydonlarini hamda bino va inshootlarning qavatlari sonini bajarish;qurilma va 
kommunikatsiyalarni avariyaviy oʻchirish qurilmalarini qoʻllash;yongʻin vaqtida 
suyuqliklarning toshishi va yoyilib ketishining oldini oluvchi yoki cheklovchi 
qurilmalarni qoʻllash;jihozlarda olov toʻsqich qurilmalarini qoʻllash.Har bir 
maskan shunday hajmiy-rejaviy va texnik jihatdan bajarilgan boʻlishi kerakki, 
unda, yongʻinni xavfli omillarining oxirgi darajagacha yoʻl qoʻyilishi mumkin 
boʻlgan koʻrsatkichlari taʼsir etishining boshlanguniga qadar, maskandan 
odamlarni evakuatsiya qilish tugatilishi kerak, evakuatsiyaning maqsadga 
muvofiqmasligida esa maskanda odamlar himoyasi taʼminlanishi kerak. 
evakuatsiyani taʼminlash uchun quyidagilarni bajarish zarur: evakuatsiya yoʻllari 
va chiqish joylarining sonini, oʻlchamlari va mos keladigan konstruktiv 
bajarilishini oʻrnatish; evakuatsiya yoʻllari orqali odamlarning erkin harakatlanish 
imkonini taʼminlash; zarurat tugʻilganda evakuatsiya yoʻllari orqali odamlar 
harakatini boshqarishni tashkillashtirish (yorugʻlik koʻrsatkichlari, tovushli va 
nutqli xabar berish vositalari va h.k.).Kollektiv va individual himoya vositalari 
yongʻinning xavfli omillarini taʼsir etishining boshidan to oxirigacha boʻlgan 
davrda odamlar xavfsizligini taʼminlashi kerak. 


214 
Kollektiv himoyani yongʻindan xavfsiz hududlar va boshqa konstruktiv 
yechimlar yordamida taʼminlash lozim. Individual himoya vositalarini yongʻinni 
oʻchirishda qatnashayotgan yongʻin oʻchiruvchilar uchun ham qoʻllash lozim. 
Maskanlarning tutunga qarshi himoya tizimlari odamlarni evakuatsiya qilish uchun 
yetarli boʻlgan vaqt davomida evakuatsiya yoʻllarida tutun toʻlmaslikni, haroratni 
pasaytirishni va yonish hamda termik parchalanish mahsulotlarini ketkizishni va 
(yoki) 3.6 band talablariga muvofiq odamlarning kollektiv himoyasini va (yoki) 
moddiy boyliklarning himoyasini taʼminlashi kerak. Xalq xoʻjaligining har bir 
maskanida yongʻinning boshlangʻich bosqichida texnik yoki tashkiliy vositalar 
bilan yongʻin haqida odamlarga oʻz vaqtida xabar berish va (yoki) signalizatsiya 
taʼminlangan boʻlishi kerak. Maskanlarda yongʻin haqida xabar berish va (yoki) 
signalizatsiya vositalarining roʻyxati va ular samaradorligining yetarliligini 
asoslash belgilangan tartibda kelishiladi. Bino va inshootlarda yongʻinda 
chidamlilikka va odamlarni qutqarish hamda yongʻinni oʻchirish uchun zarur 
boʻlgan vaqtdan past boʻlmagan konstruksiyalarning olovga bardoshliligiga ega 
boʻlgan texnik vositalarni (zina kataklari, yongʻinga qarshi devorlar, liftlar, tashqi 
oʻt oʻchirish narvonlari, avariya lyuklari va h.k.) koʻzda tutish zarur. Yongʻin 
oʻchirish texnikasi uchun quyidagilar belgilangan boʻlishi kerak: oʻt oʻchirish 
vositalarini berishning jadalligi va tezkorligi; ruxsat etiladigan oʻt oʻchirish 
vositalari (shu qatorda yonayotgan modda va materiallar bilan birga boʻla olishlik 
va ekologiya talablari nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda);yongʻinni oʻchirish 
uchun oʻt oʻchirish vositalarini berish vositalari va manbalari; maxsus oʻt oʻchirish 
vositalarining (kukunli, gazli, koʻpikli, aralash) normativ (hisobiy) zaxirasi;tezkor 
yongʻin oʻchirish xizmatlarining transport vositalari yordamida oʻt oʻchirish 
vositalarini berishning zaruriy tezligi; yongʻinning xavfli omillariga va uning 
ikkilamchi taʼsirlariga bardoshlilikka qoʻyiladigan talablar xavfsizlik texnikasi 
talablari. 
Taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalarini 
favqulodda vaziyat sodir boʻlganda harakat qilish va fuqaro muhofazasi sohasida 
tayyorlash 
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari — doimiy ravishda 
maktabgacha taʼlimning davlat talablari va oʻquv dasturlariga muvofiq taʼlim-
tarbiya jarayonida muammoli-vaziyatli oʻyinlar va mashgʻulotlar tazida amalga 
oshiriladi. 
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari — oʻquv yili davomida, 
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq 
oʻqish jarayonida darslarda, sport oʻyinlari va musobaqalarida, shuningdek, 
maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va hududiy markazlarning favqulodda 
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashgʻulotlarda oʻrgatilib 
borilishi lozim. 
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari va oliy taʼlim 
muassasalari talabalari — oʻquv yili davomida, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim va 
oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻqish 
jarayonida darslarda, sport oʻyinlari va musobaqalarida, shuningdek, hududiy 


215 
markazlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi 
mashgʻulotlarda tayyorgarlikdan oʻtkaziladi. 
ADABIYOTLAR 
1 O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasiningaholini favqulodda 
vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini 
takomillashtirish toʻgʻrisida 754qarori. 
2 O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasiningyongʻin xavfsizligi 
qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 649-sonli qarori. 
3.2.04.09-2007 Пожарная автоматика зданий и сооруженийю. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish