Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi


Xavfli kimyoviy moddalar nomi



Download 6,59 Mb.
bet9/34
Sana21.04.2022
Hajmi6,59 Mb.
#569215
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
S.Ruziyev

Xavfli kimyoviy moddalar nomi

Havodagi REMK (mg/m3)

Ishchi zona

Aholi punktlari

Bir martalik

Kunlik

1

Azot kislotasi (kons.)

5,0

0,4

0,15

2

Ammiak

20

0,2

0,04

3

Vodorod xloridi

5,0

0,2

0,01

4

Vodorod sianidi

0,3



0,01

5

Etilen oksidi

1,0

0,3

0,3

6

Xlorid kislotasi (kons.)

5,0

0,2

0,2

7

Formaldegid

0,5

0,035

0,003

8

Fosgen

0,5





9

Xlor

1,0

0,1

0,03

10

Xlorpikrin

0,7

0,007

0,007

Kimyo sanoati tarmoqlarida avariyalarni 2 toifaga boʻlinadi:
1-portlashlar natijasida kelib chiqadigan va texnologik sxemalarning va muhandislik inshootlarining buzilishiga olib keladigan, oqibatda mahsulot ishlab chiqarishning vaqtincha yoki toʻliq toʻxtashiga sabab boʻluvchi va uning qayta tiklanishi uchun yuqori tashkilotlarning maxsus moliyaviy yordamini talab qiladigan avriyalar.
2-portlashlar natijasida asosiy yoki yordamchi va muhandislik inshootlarining buzilishiga olib keladigan, buning natijasida mahsulot ishlab chiqarishning qisman yoki toʻla toʻxtashi, hamda ishlab chiqarishni qayta yoʻlga qoʻyish uchun rejadagi kapital taʼmirlash normativ xarajatlaridan koʻp mablagʻ talab qiladigan, ammo yuqori instansiyalarning moliyaviy koʻmagini talab qilmaydigan avariyalar.
II.1.2. Kimyoviy xolatni baholash bo‘yicha masala yechish uslublari va bosqichlari.
Hisoblashlar xavfli kimyoviy moddaning ekvivalent miqdori boʻyicha amalga oshiriladi. xavfli kimyoviy moddaning ekvivalent miqdori deganda shunday miqdor tushuniladiki, inversiya paytida uning zararlash koʻlami atmosferaning maʼlum bir darajadagi vertikal barqarorligi darajasida birlamchi (ikkilamchi) bulutga oʻtgan xavfli kimyoviy modda miqdoriga teng boʻladi.
1. Birlamchi bulutda avariya yuzaga kelish natijasida xavfli kimyoviy moddalarning ekvivalent miqdorini (tonna hisobida) aniqlaymiz:
  tonna (1)
bu yerda   (  - xavfli kimyoviy moddalarni saqlash sharoitlariga bog’liq koeffitsient (1-jadval); siqilgan gazlar uchun   = 1);
  - (xlorning toksik dozasi va boshqa xavfli kimyoviy moddalarning chegaraviy toksik dozasiga nisbatiga teng koeffitsiyent (1-ilovaning 2-jadvalli);   - (havoning vertikal barqarorlig darajasini hisobga olgan koeffitsient: 1 teng bo’lsa teskari, 0,23da - izotermik va 0,08da - konveksiya uchun);   - (havo harorati birlamchi bulut hosil bo'lish tezligiga ta'sirini hisobga olgan holda koeffitsient
(1-ilovaning 2-jadvalli); siqilgan gazlar uchun u 1 ga teng).
2. Ikkilamchi bulutga oʻtadigan xavfli kimyoviy moddalarning ekvivalent miqdorini (tonna hisobida) aniqlaymiz:
  tonna (2)
bu yerda   = (xavfli kimyoviy moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog’liq koeffitsient (1-ilovaning 2-jadvalli);   = shamol tezligini hisobga olish koeffitsient (1-ilovaning 3-jadvalli);  = avariya sodir bo'lganidan keyin o'tgan vaqtga (N) ga bogʻliq boʻlgan va qoʻyidagi shartdan aniqlanadigan koeffitsiyent:
  (3)
bu yerda T – xavfli kimyoviy moddalarning zaharlash taʼsirining davomiyligini hisoblaymiz, u toʻkilish maydonidan bugʻlanish vaqti orqali aniqlanadi (soat hisobida) uning qiymati (4) formula yordamida aniqlanadi.
  (4)
T<1 soat boʻlganda   1 soat deb qabul qilinadi;
  – ikkilamchi bulutning shakllanishi tezligiga havo haroratining taʼsirini hisobga olish koeffitsiyenti;
h – xavfli kimyoviy moddalarning qatlami qalinligi, m;
d – xavfli kimyoviy moddalarning zichligi, t/m3 (1-ilova, 2-jadval).
3. 2-ilovaning 4-jadvaliga binoan, xavfli kimyoviy moddalarning birlamchi (G1) va ikkilamchi (G2) bulutlari bilan zaharlangan zonaning chuqurligini moddaning
ekvivalent miqdoriga va shamol tezligiga bogʻliq ravishda aniqlaymiz va (GΣ ) km xavfli kimyoviy moddalar bilan zaharlangan zonasining umumiy chuqurligini (5) formula boʻyicha hisoblaymiz:
  (5)
bu yerda   – G1 va G2 oʻlchamlarning eng kattasi, km; G″– G1 va G2 oʻlchamlarning eng kichigi, km.
4. Zaharlanish zonasining umumiy chuqurligini havo massalari siljishi chuqurligining mumkin boʻlgan maksimal qiymati bilan taqqoslaymiz:
  (6)
bu yerda: N - voqea sodir bo’lgandan keyin o’tgan vaqti, soat;
V – zaharlangan havo buluti old qismining maʼlum bir shamol tezligida va havoning vertikal barqarorligi darajasida siljish tezligi, km/soat (1-ilova, 5-jadval).
Zaharlanish zonasining yakuniy hisoblangan chuqurligi qiymati qilib oʻzaro solishtiriladigan ikkita qiymatdan kichikrogʻi olinadi (kilometrda hisoblanadi):
  (7)
bu yerda: G – xavfli kimyoviy moddalar bilan zaharlanish ehtimoli boʻlgan zona chuqurligi, km:
  - havo massasining o'tish chuqurligining maksimal mumkin bo'lgan qiymati:
  - zaharlangan zona chuqurligining qiymatlari   va shamol tezligining hisoblangan qiymatiga koʻra  havo massalarini siljish chuqurligining mumkin boʻlgan maksimal qiymati bilan taqqoslanadi. Zaharlanish zonasining yakuniy hisoblangan chuqurligi qiymati qilib oʻzaro solishtiriladigan ikkita qiymatdan kichikrogʻi olinadi.
Eslatma: Kimyoviy xavfli moddalar (KXM) to'liq yo'q qilingan taqdirda, zaharlangan havo bulutidagi xavfli kimyoviy moddalarning ekvivalent miqdori quyidagi meteorologik sharoitlarda erkin toʻkilish paytida ikkilamchi bulut uchun quydagi usul bilan aniqlanadi: inversiya, shamol tezligi 1 m/s.
Bunday holda, xavfli kimyoviy moddalarning umumiy ekvivalent miqdori quyidagi (8) formula boʻyicha hisoblanadi:

bu yerda:   – i- xavfli kimyoviy moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bogʻliq koeffitsiyent;
  – xavfli kimyoviy moddalarning chegaraviy toksik dozasi (8- jadval);
i - xavfli kimyoviy moddalarning chegaraviy toksik dozasiga nisbati koeffitsiyenti;
  – obyektning vayron boʻlishidan keyin oʻtgan vaqtga bogʻliq koeffitsiyent (8- jadval);
  – xavfli kimyoviy moddalar uchun haroratni tuzatish koeffitsiyenti (8- jadval);;
 –obyektdagi i- xavfli kimyoviy moddalarning miqdori tonna;
 – xavfli kimyoviy moddalarning zichligi, t/m3 (8- jadval);

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish