Yong'in xavfsizligi qoidalari
YOng’in - maxsus joydan boshqa joyda yonuvchi, moddiy zarar keltiruvchi va nazorat qilib bo’lmaydigan yonish jarayonidir.
YOng’inning odam va hayvonlarga ta’sir qiluvchi xavfli va zararli omillari: ochiq yong’in, atrof-muhit va narsalarning yuqori harorati, toksik moddalarni yonishi, tutun, havo tarkibida kislorod konsentrasiyasining kamayishi, qurilish konstruksiyalarining qulayotgan qismlari; portlashdagi to’lqin zarbi, otilayotgan qismlar va zararli moddalar hisoblanadi.
YUqorida qayd qilingan omillarning xavfliligi yong’inni davom etish vaqtiga (Tyo) bog’liq bo’ladi va quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
Tyo=N/ , (19.1.)
bu yerda N-yonuvchi modda miqdori, kg/m3; -moddani yonish tezligi kg/m3soat. Agar binoda har xil qattiq va suyuq moddalar bo’lsa hamda bino maydonining dyeraza maydoniga nisbati 4:10 atrofida bo’lsa yong’inni davom etish vaqti.
Tyo=Sr/6S0 (g1/n1+g2/n2+...+gn /nn) (19.2.)
formula bo’yicha topiladi.
bu yerda g1..gn-har bir yonuvchi modda miqdori (kg/m2); n1…nn-moddalarning yonish tezligini hisobga oluvchi koeffisient (qabul qilinadi:benzin uchun-15, rezina, organik shisha uchun-35, avtomobil shinalari uchun- 40, yog’ochlar uchun-65 va boshqalar).
YOng’inni o’chirishdan ko’ra uning oldini olish osondir. SHu sababli korxonalar, ishlab chiqarish uchastkalari rahbarlari yong’in chiqish sabablarini bilishi va uni oldini olish bo’yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirishikerak.
2. YOng’inni o’chirish moddalari va ularning xossalari
YOng’inni o’chirishning keng tarqalgan moddalari: suv, suv bug’i, uglekislota, namlangan materiallar kimyoviy va havo-mexanik ko’pik, poroshokli tarkiblar, brom etil birikmalar, inyert gazlar va boshqalar hisoblanadi.
YOng’inni o’chiruvchi moddalar quyidagicha klassifikasiyalanadi:
-yong’inni to’xtatish usuli bo’yicha-sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota); -elektr o’tkazuvchanligi bo’yicha-elektr o’tkazuvchi (suv, suv bug’i va ko’pik), elektr o’tkazmaydigan (gazlar va poroshoklar);
-toksikligi bo’yicha - toksik bo’lmagan (suv, ko’pik va poroshoklar), kam toksik (uglekislota va azot), toksik bo’lgan brometil, freonlar;
Is gazi yoki uglyerod ikki oksidi rangsiz gaz bo’lib havodan 1,5 marta og’ir. U yonish zonasiga kislorodni kirishini oldini oladi ya’ni yong’inni kisloroddan izolyasiya qiladi. Kimyoviy ko’pik yonish zonasida kislorod miqdorini 14 % gacha kamaytiradi, yonayotgan moddiy yuzini qoplaydi, sovutadi va yong’inni to’xtatadi.
Ko’pikning karraligi - ko’pik hajmini u olingan butun suyuqlik hajmiga nisbatidir 5 dan 100 karralikkacha ega bo’lgan ko’piklar kam va o’rtacha ko’pik karraligiga, 100 dan ortiqlari esa yuqori karralikka kiradi.
Inyert gazlar (azot, argon, geliy) gazli payvandlash ishlarida idishlarni, balonlarni to’lgazishda ko’llaniladi.
3. YOng’inga qarshi suv ta’minoti
YOng’inga qarshi suv zahirasi yilning istalgan vaqtidakerakli bosimda 3 soat yong’inni o’chirishga etadigan bo’lishikerak. Ishlab chiqarish korxonasida har biri 100 m3 va undan ortiq sig’imli suv hovzasi bo’lishikerak. Bitta suv hovzasining xizmat ko’rsatadigan radiusi yong’in vaqtida suv uzatish uchun avtonasos va avtoidishlardan foydalanganda 200 m, uzatma nasoslardan foydalanganda 100 m, bir o’nli prisep motopompalaridan foydalanganda 150 m ga teng qabul qilinadi. Bitta idishda 100 m3 sig’imgacha bo’lgan suv zahirasi dahlsiz saqlanadi. Tashqi va ichki yong’inlarni o’chirishda suv sarfi (m3/soat) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Qyo=3,6 g Tyo nyo , (19.3.)
bu yerda g-tashqi va ichki yong’inlarni o’chirishda solishtirma suv sarfi jadvaldan qabul qilinadi; Tyo-yong’in vaqti (3 soat qabul qilinadi yoki formula bo’yicha aniqlanadi).
nyo-bir vaqtdagi yong’in soni (qurilish maydoni va mahalliy sharoitga bog’liq ravishda 1...3 qabul qilinadi).
YOng’in hovzasidagi daxlsiz suv zahirasi (m3)
, (19.4.)
formula bo’yicha aniqlanadi:
Qt-texnologik maqsaddagi suv sarfi, m3/soat; Qx-xo’jalik maqsaddagi suv sarfi, m3/soat;
Suv hovzasidan suvni olish uchun nasosga so’ruvchi 160...200 mm diametrdagi quvur biriktiriladi. Suvni va suv-ko’pikli suyuqlikni uzatish uchun bosimga ishlashga mo’ljallangan quvurlar qo’llaniladi.
Butun oqimi yoki purkalgan suvli ko’pikli va poroshokli oqimni hosil bo’lishiga RS-50 va RS-70 yong’in stvollarini, SVP havoli-ko’pikli stvolini yoki olib yuriladigan (PLS-N-20) bosim quvuriga biriktirilgan lafet stvollarini ko’llanilishi bilan yerishish mumkin.
YOng’in stvolidan suvni oqimi tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (19.5.)
bu yerda N-stvoldagi suv bosimi, m; g=9,8 m/s2.
Havoning qarshiligi hisobga olinganda suvli oqimni uzatishning nazariy uzoqligi
, (19.6.)
tenglamadan aniqlanadi.
bu yerda a~30...35°-stvolni kiyalik burchagi. Bitta stvol orqali sarflangan suv miqdori quyidagiga aniqlanadi.
Qcn = , (19.7.)
bu yerda -purkash diametriga bog’liq suv sarfi koeffisienti (0,5...0,9); S-stvol teshigining kesimi maydoni, m2,
4. YOng’in xavfsizligi sistemasiga talablar
YOng’inni oldini olish sistemasi - yong’in sodir bo’lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda iloji boricha yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan foydalanish texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizasiyalash va avtomatlashtirish, yong’in xavfi bo’lgan qurilmalar o’rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqa xonalardan ajratish yoki bunday qurilmalarni mumkin qadar tashqarida o’rnatish, yonuvchi moddalar uchun gyermetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosining tarkibidagi yonuvchi gaz, bug’ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to’g’ri foydalanish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Har qanday ishlab chiqarishda yong’inga olib keluvchi manbaning hosil bo’lishini oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong’in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to’liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o’z-o’zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong’inga qarshi tadbirlarni to’liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
YOng’inga qarshi himoya sistemasi - yong’in o’chirish jihozlari va texnikalaridan foydalanish, yong’inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan foydalanish, yong’in xabarini beruvchi va yong’in o’chirish sistemasining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, ob’ektning konstruksiyalari va materiallarigaa yong’indan himoyalovchi tarkibli bo’yoqlar bilan ishlov berish tutunga qarshi himoya sistemalari, evakuasiya yo’llari bo’lishini taminlash, binoning yong’in mustahkamliligi darajasini to’g’ri tanlash kabi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
YOng’in tarqalishini oldini olish sistemalari esa, yong’inga qarshi to’siklarni o’rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o’chirish va ko’shish jihozlaridan va yong’indan to’suvchi vositalardan foydalanish, yong’in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to’qilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Tashkiliy - texnik tadbirlarga esa, yong’indan himoyalanish xizmatini tashkil etish, uni texnik jihozlar bilan taminlash, yong’in xavfsizligi bo’yicha ob’ektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong’in muhofazasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o’kitish, yong’in xavfsizligi bo’yicha instruktajlar va aholi o’rtasida turli xil tadbirlar o’tkazish, yong’inga qarshi ko’rsatmalar (instruksiyalar) ishlab chiqish va boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
YOng’in va portlashning sabablari. YOng’in kelib chiqishini asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish, yong’in xavfsizligi bo’yicha texnologik jarayonlarni buzish yoki ularga amal qilmaslik, materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik, statik elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik, atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan foydalanmaslik (yashin vaqtida 2 V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok kuchi miqdorida elektr zaryadlari hosil bo’lishi mumkin), ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik, elektr jihozlari va qurilmalarini noto’g’ri o’rnatish yoki ularni zo’riqtirish, isitish sistemalaridan noto’g’ri foydalanish, bug’ qozonlari va issiqlik genyeratorlaridagi avtomatik qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto’g’ri o’rnatilishi, ishlab chiqarish binolari havosi tarkibidagi gaz, bug’ va changlarni me’yorlashtirilmaganligi va hakoza.
Do'stlaringiz bilan baham: |