2. Moda industriyasi taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Moda industriyasining taraqqiyoti nufuzli iste'mol qilish va “ommaviy iste'mol qilish jamiyati”ning parallel rivojlanishi bilan boğliq. XIX asr oxirigacha moda industriyasi mavjud emas edi, ammo modaning ijtimoiy fenomen sifatida antik davrlardan boshlab mavjud bơlganligi bizga ma'lum. Gap shundaki, bu vaqtgacha aholi asosiy qatlamining hayoti past darajada edi, shunga kơra aholi, birinchi navbatda, faqat zaruriy, funktsional mahsulotlargagina ehtiyoj sezardi.
Moda mahsulotlari (zargarlik buyumlari, shoxona kiyimlar) kam sonli zodagonlar va boylar tomonidangina sotib olinardi. Moda kiyimlarini ommaviy ishlab chiqarish ommaviy ơrta sinfni vujudga kelganidan boshlab yơlga qơyildi.
Moda industriyasi taraqqiyotining bosqichlarini moda kiyim ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish misolida yaqqol kơrish mumkin.
Taxminan 1890-1960 yillarda moda kiyimlari va aksessuarlarini ishlab chiqarish kichik biznesdan ommaviy ishlab chiqarishga va moda industriyasiga aylandi. XIX asrning ơrtalaridan boshlab maxsus moda jurnallari paydo bơla boshladi, ularda joriy mavsumning yangiliklari va magazinlardagi assortiment haqida hikoya qilinardi ( ya'ni ulardan “Parijda nima kiyishayapti?” savoliga javob topish mumkin edi).
1950-1960 yillarda rivojlangan mamlakatlarda ommaviy iste'mol jamiya tining shakllanishi munosabati bilan modani prognoz qilish sistemasi ham rivojlanib bordi.Moda rivojining tendentsiyalari tahlili bilan shuğullanuvchi firmalarning paydo bơlishi tayyor kiyimni ommaviy ishlab chiqarish bilan boğliq edi, chunki endi bu borada “masshtabli” va uzoq muddatli qarorlar qabul qilish talab qilinardi. Shuning uchun ommaviy tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi nafaqat dizaynerga, balki mato ishlab chiqaruvchisiga ham boğliq bơlib qoldi. Chunki mato ishlab chiqaruvchi unga bozorda hozirgi paytda mavjud bơlgan xom-ashyo va iplar asosida tayyorlangan mahsulotlarnigina taklif qilishi mumkin edi. Bozorda modadagi rangda, aktual faktura va original bichimdagi kiyimni paydo bơlishi uchun, 3 yil oldin paxtani ơstirish texnologiya siga va bir vaqtning ơzida bơlğuvsi matoni bơyash uchun kerakli bơladigan bơyoq ishlab chiqarish formulasiga ơzgartirish kiritish lozim bơlardi. Shuning uchun modani oldindan prognoz qilish sistemasi vujudga keldi, ushbu sistema yordamida ayni vaqtdagi moda tendentsiyalarini ơzgarib borishi kuzatilardi.
1960-1980 yillarda moda iqtisodiyoti ikki darajaga bơlindi: “kutyurlar mahsuloti” ( elita uchun individual buyurtmalar) va “pret-a-porte” (ơrta sinf uchun ommaviy ishlab chiqarish). Aynan shu yillar parijlik mashhur kutyuryelar – Koko Shanel , Kristian Dior, Iv Sen Loran, Yuber Jivanshilarning davri bơldi.
1990 yillarda moda industriyasida “plyuralizm” ustunlik qildi, bu davrda biror bir uslubni hukmron bơlgan deb aytish qiyin edi, chunki moda tendetsiyalari bir nechta trendlarga bơlinib ketdi. Bu bilan paralell ravishda ơzgarishlar tezligi ơsib bordi, chunki yangi uslublar haqidagi ma'lumotlar qulay kommunikatsiya vositalari yordamida bir zumda tarqala boshladi. Agar oldin moda industriyasi katta yoshdagi boy insonlarga mơljallangan bơlsa, asr oxiriga kelib moda sezilarli darajada “yoshardi”. Nihoyat, iqtidorli stilistlarning roli pasayib, moda poytaxtlari (Parij, London va Nyu -York )ham emas, balki taniqli brendlarni ishlab chiqarayotgan mahsulotlari modani belgilab berishi kuzatildi. Modadagi boshqa mahsulotlarning bozorida ham shu tendentsiya kuzatildi, yagona hukmron standartdan standartlarning kơp miqdorliligiga ơtildi.
Moda industriyasi Ğarbiy Evropa tsivilizasiyasining fenomeni sifatida shakllandi, XX asrning ohirigacha modaga ơzga madaniyatlarning ta'siri bơlmagan. XX asr globallashuvi nafaqat Evropa modasining butun dunyo bơyicha kơrsatilishiga , balki bu industriyaga Sharq mamlakatlarining ta'sir kơrsatishiga ham sabab bơldi. Yaponiyada halqaro miqyosdagi moda mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar paydo bơldi (Issi Mike, Yoshi Yamamoto va b.). Shuningdek, parijlik Kutyurye Kenzo Tokada butun dunyoga mashhur bơldi. XXI asrda sharq madaniyatining modaga ta'siri ơsishi munosabati bilan moda industriyasining ơzgarishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |