4.Marketing ma'lumotlarini yiğish.
Bozorni ơrganish va kerakli ma'lumotlarni olish kompaniyaga ơz imkoniyatlarini yaxshiroq baholashga va maqsad qilib qo’yilgan segmentlarni aniqroq topishga, qiziqarliroq takliflarni ơylab topishga, hamda marketing rejalashni amalga oshirishga yordam beradi. Har bir firma marketologlarni ularga zarur bơlgan ma'lumot bilan ta'minlashlari lozim. Shuning uchun kompaniyaning maxsus xodimlari turli mansabdagi rahbarlarga bozor holati haqidagi qaysi ma'lumot zarurligin i aniqlaydi va marketing ma'lumotlar tizimini rejalashtiradi. Marketing ma'lumotlar tizimi (MMT) marketing qarorlarini qabul qilishda ishlatiladigan dolzarb va aniq ma'lumotni yiğish, ajratish, tahlil qilish, baholash va taqsimlash uchun odamlar, asboblar va jarayonlar majmuasi.
MMT asosi — firmaning ichki hisob kitob tizimi. Unda buyurtmalar, savdo, narxlar, chiqimlar, zahiralar, debitorlik va kreditorlik qarzi va boshqalar haqida ma'lumotlar kơrsatilgan. Ichki ma'lumotlar tahlili menejerga marketing bo’yicha kompaniyaning imkoniyatlarini va muammolarini aniqlashda qơl keladi. Ichki hisob kitob tizimi asosi — “buyurtma – to’lov”tsikli. Savdo vakili, dilerlar va haridorlar buyurt- malarini kompaniyaga yo’llaydilar. Savdo bơlimi buyurtmachilarga schet - fakturalar beradi, ularning nushalarini boshqa bơlimlarga boradilar. Haridorlar va savdo vakillari ơz arizalarini faks yoki elektron manzil bo’yicha boradilar. Keyin, buyurtmalar kompyuterlashtirilgan omborxonaga kelib tushadi va ogohlantirishsiz bajariladi.
Savdoni tekshirish tizimi. Marketing menejerlar olib borilayotgan savdo haqida ma'lumotlarni vaqtida olishlari lozim.
Ma'lumotlar bazasi, omborxonalar va ma'lumotlarni topish. Zamonaviy kompaniyalarda ma'lumotlar bazasi kơrinishida jamlangan, masalan, haridorlar, maxhsulot, savdo ishchilari va boshqalar haqida ma'lumotlar bazasi. Xaridorlar ma'lumotlar bazasida xaridorning ismi, manzili, xaridlari tarixi, bir hil holatlarda esa har bir xaridor haqidagi demografik va psixografik ma'lumotlar bor.
Marketing kuzatuv tizimi - hozirgi paytdagi bozor ahvoli haqida ma'lumotlarni yiğish. Marketolog kitob, gazeta, publikatsiya ơqish, xaridorlar, ta'minlovchi, boshqa menejerlar va kompaniya xodimlari bilan gaplashish orqali bozor jarayonlari rivojlanishini kuzatadi.
Doimiy o’zgaruvchan global dunyoda kompaniya olti asosiy guruh, omillarini kuzatishi kerak;
demografik, iqtisodiy, ommaviy madaniy, tabiiy, texnologik va siyosiy (xuquqiy). Demografik muhitda marketologlarni aholi ơsish sur'atlari, yoshi, etnik tarkibining ơzgarishi, aholining bilim darajasi, odamlarning geografik kơchishlari(migratsyai ) va ommaviy bozordan mikrobozorga ơtish kiziqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |