takroriy fe’llar
ham deyiladi. Takroriy fe’l qismlari
ham chiziqcha bilan yoziladi:
ishlay-ishlay, kuta-kuta, o’yladi-o’yladi
kabi.
43.
Fe’lning ma’noviy guruhlari
. Fe’llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra
nutqiy,
aqliy, jismoniy faoliyat fe’llari, holat fe’li
kabi ma’no guruhlariga ajraladi.
44.
Fe’llarning munosabat shakllari.
Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida
qo’llanilishiga xoslovchi shakllar fe’llarning
munosabat shakllari
hisoblanadi. Fe’llarning
zamon, mayl, shaxs-son qo’shimchalari
munosabat shakllari
sanaladi. Bu shakllarga ega
bo’lgan har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma’no shakllardan xoli
bo’lgan fe’l asosi fe’lning noaniq shakli hisoblanadi va bu shakl
-moq
qo’shimchasi
yordamida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |