Ruxsat so‘rash odobi
ziz bolalar, biron joyga borishdan oldin
ota-onadan ruxsat so‘rash kerak. Ularn-
ing ruxsatisiz yoki aytmasdan ketib qolish du-
rust emas. Chunki ota-onamiz bizlardan xavotir
olishadi. Yana ular biz bilmagan narsalarni bi-
ladilar. Agar biz boradigan joy xatarli bo‘lsa, u
yerga borishdan qaytarishadi. Shuning uchun
har doim ularning ruxsati bilan ko‘chaga chiq-
ish kerak. O‘z uyimizdan boshqa uylarga, hatto
qo‘ni-qo‘shni yoki qarindoshlar uyiga kirishdan
oldin ham albatta ruxsat so‘rash kerak. Eshik
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
460
tirqishidan mo‘ralash yoki chaqirmasdan to‘g‘ri
uyga bostirib borish odobsizlikdir. Tashqarida
chaqirgach, oldiga odam chiqishini kutib tu-
riladi. Agar ruxsat berilsa, ichkariga kiriladi.
Shuningdek, ota-onamiz o‘z uylarida bo‘lgan
vaqtlarida ham oldilariga kirishdan avval “Ota
yoki ona, kirsam maylimi”, deb ruxsat so‘rash
kerak. Ruxsat olmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri oldi-
lariga kirib borish odobli bolaga yarashmaydi.
Bundan tashqari, oila davrasida katta yo-
shlilar suhbat lashayotganlarida biron fikr ay-
tmoqchi bo‘lsang, oldin “Men ham gapirsam
bo‘ladimi?” deb ruxsat so‘rab, ruxsat bo‘lsa,
gapirish kerak. Ammo kattalar so‘zini bo‘lish
yo ularning suhbatiga iznsiz aralashish aslo
to‘g‘ri emas.
Bolalar lug‘ati
Ruxsat so‘rash
– izn so‘rash,
biron ishni qilish uchun rozilik ol-
ish.
Mo‘ralash
– to‘siq, tirqish yoki
teshik orqali ichkariga qarash.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
461
ojiz odamlarga mehribonlik qilish
y farzand, Alloh kuch-quvvat va tan-
sog‘lik ato etgan yoki mol-dunyo va shon-
shuhrat bergan kishilar mana shu ne’matlar
evaziga shukr bajo qilishlari uchun ojiz va zaif
kishilarga yordam berish lozim. Shuni unutma:
1. Agar ota-onang yoshlari ulg‘ayib, senga
muhtoj bo‘lib qolsalar, ularga mehribonlik
ko‘rsat va ehtiyojlarini qondiradigan darajada
ularga pul berib tur. Chunki ular ham sening
baxtli bo‘lishing uchun o‘zlarini ko‘p hayot la-
zzatlaridan mahrum etganlar.
2. Agar odamlar ko‘p chiqqan avtobusda
bo‘lsang va biron keksa, kasal, zaif kimsa yoki
bir ayol o‘tirishga joy topa olmasa, sen o‘tirgan
bo‘lsang, darhol o‘rningdan turib ularga joy
ber.
3. Agar sening xizmatkoring bo‘lsa, unga to-
qatidan ortiq ish yuklama, haqoratlab va xor-
lab unga ozor berma, uni yetarli ovqat yey-
ishidan mahrum etma va uni urib azoblama.
4. Agar uyda uy hayvonlari bo‘lsa, ularni
qiy nama, yetarli taom va suvini ber.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |