309
KiRiSH
ssalomu alaykum, aziz bolajonlar! Ota-
bobolarimiz bolalarga yoshligidan olim
bo‘lma, odam bo‘l, inson bo‘l, deb uqtirib
kelishgan. Bu pand-nasihat zamirida ulkan
ma’no mavjud. Ko‘pchilik bolalar olim bo‘lish
qiyinligini yaxshi bilishadi, ammo odam
bo‘lish ham og‘ir ekanmi, deb o‘ylashi mum-
kin. Chunki olim bo‘lish uchun ko‘p kitob
o‘qib, tunlarni bedor o‘tkazish kerak. Bunga
hammaning ham toqati yetmaydi. Keling-lar,
insoniy qadr-qiymat nima bilan o‘lchanadi,
degan savolga javob izlab ko‘raylik. Bunga
bir bola boylik bilan o‘lchanadi, desa, yana
biri chiroyli, qad-qomatli bo‘lish kifoya, deb
javob beradi. Yana bir bola libosni va yana
biri boshqa narsani insoniy qadr-qimmatga
o‘lchov deb biladi.
Donishmand zotlar insoniy qadr-qimmat
asosida odob-axloq, go‘zal xulq va muomala
turadi, deb aytib ketganlar. Navoiy bobomiz
insoniy sharafni adab va hayo belgilaydi, dey-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
310
di. Chunki odob-axloq bo‘lmasa, insonni hay-
vondan farqlab bo‘lmaydi. Olim bo‘lish uchun
ko‘p kitob o‘qish kifoya, ammo odam bo‘lish
uchun faqat ilmning o‘zi yetarli emas.
Agar ota-ona farzandiga yoshlik paytidan
to‘g‘ri ta’lim-tarbiya bermasa, u dangasa va
yalqovga aylanib, ilm olishga harakat qilmaydi
va kasb-hunar o‘rganmaydi. Natijada bu bola
yengil-yelpi hayot kechirishni o‘ylaydi, ye-
tarli ta’lim-tarbiya olmagani uchun adabsiz va
ilmsiz holda voyaga yetadi. Shu bois u hayot
yo‘lida ko‘p qoqiladi va jamiyatda o‘z o‘rnini
topa olmaydi. Shuning uchun siz aziz bola-
lar bilan olib boradigan suhbatimizni “Bola –
odobi bilan aziz”, deb nomladik. Zero, har bir
bola o‘z ota-onasi uchun aziz. Ammo bola ning
chiroyli odob-axloqi uni ota-onasiga ham va
boshqalarga ham suyukli qiladi. Shunday ekan,
suyukli bola bo‘lish uchun ilm olish qatorida
odobli va tarbiyali bo‘lishga intilish katta sa-
mara berib, olingan ilm ham kelajakda katta
foyda keltiradi.
Qadrli bolalar! Mazkur kitobimizda odob-
axloq haqida suhbatlashsak, bunga hamma
o‘g‘il-qizlar qo‘shilsa kerak. Jumladan, uyda
va maktabda o‘zini tutish odoblari, ko‘chada
yurish odoblari, ota-onaga muomala qilish va
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
311
boshqa muhim odoblar mavjud. Bularning
har biri haqida ushbu kitobimizda bolalar-
ga kerakli ma’lumotlarni berishga harakat
qilamiz. Siz bu kitobni mutolaa qilish orqali
hayotning mohiyati, insoniy odob-axloq va
odam bir-biri bilan qanday muomala qilishi
lozimligi haqida kerakli bilimga ega bo‘lasiz,
degan umiddamiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |