Foydali nasihatlar
1. Hasad va g‘azab ikki qanot
bo‘lib harakatga kelsa, toza va chi-
royli hayotlarni xira qilib yuboradi.
2. Olov o‘zidan o‘zi yonib kul
bo‘lgani kabi hasadchining jasadi
hasad o‘tidan erib, barbod bo‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
594
3. Odamzot hasad qilmasligi kerak, havas qili-
shi kerak. Havas qilgan odam murodiga yetadi.
4. Hasadchida rohat yo‘q.
ota-bobolarimiz o‘gitlari
urmatli bolalar, mana kitobimizning
ox i riga ham yetib keldik. Siz ushbu
kitobni o‘qish orqali o‘zingizga kerakli ko‘p
ma’lumotlarni bilib oldingiz, shundaymi? Endi
ota-bobolarimizning qimmatli pand-nasihat-
laridan bir qanchasini keltiramiz. Ularni yod-
lab olishga harakat qiling:
– Ikki toifa odam doimo boydir, hech
kambag‘al bo‘lmaydi: biri – olim, ikkinchisi –
qanoat egasi.
– Ikki narsa borki, ozi ham ko‘pdir: birin-
chisi – adovat, ikkinchisi – chaqimchilik.
– Ikki narsa qalbni buzadi: biri – ko‘p ovqat
yeyish, ikkinchisi – ko‘p uxlash.
– Ikki narsa insonni tez ado qiladi: biri –
ahmoqlik, ikkinchisi – axloqsizlik.
– Ikki narsani kishi o‘zidan quvishi qiyin:
biri – soya, ikkinchisi – badfe’llik.
– “Nima desam ekan” deb andisha qil-
ish “nega aytdim” deb pushaymon bo‘lishdan
yaxshiroq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
595
– Uch narsani unutgan odam aqlli emas: du-
nyoning o‘tkinchiligini, undan qachondir ajral-
ishini va o‘limdan hech kim qutulib qola olmas-
ligini.
– Hakimlarning aytishicha, odamlar uch gu-
ruhga, ya’ni aqllilarga, yarim aqllilar va nodon-
larga bo‘linadilar. Aqlli shunday kishiki, biron
voqea yuz bermasdan avval undan qutulish-
ning chora-tadbirini o‘ylab ish tutadi. Odamlar
oxirida qiladigan ishni u oldindan qilib qo‘yadi.
Yarim yoki o‘rta aqlli shunday kishiki, biron
hodisa yuz bersa, esankirab qolmaydi, undan
qutilish chorasini qidiradi va shu tufayli bu
balo domidan ozodlikka erishadi. Nodon shun-
day kishiki, biron noxush voqea yuz bersa, un-
dan qutilish yo‘llarini qidirish o‘rniga dod-voy
qilish bilan cheklanadi.
– Uch sifat uch xil natija keltiradi: muloy-
imlik – ulug‘ martaba, qanoat – rohat, tavoze’
– e’zoz keltiradi.
– Uch narsa inson uchun juda zarur: qahru
g‘azab vaqtida o‘zini tuta bilish, boshga kul-
fat tushganda betoqat bo‘lmay sabr qilish va
xayrli ishlarga shoshilish.
– Uch ne’mat qadriga uch toifa odam yeta-
di: yoshlik qadriga qarilar, salomatlik qadriga
bemorlar va xotirjamlik qadriga g‘am-tashv-
ishli kishilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |