341
inson jism va ruhdan iborat
ziz bolalar, inson jism va ruhdan ibo-
rat. Bizning o‘z tanamiz oldidagi vazi-
famiz bo‘lgani kabi ma’naviyatimiz – ruhiyat-
imiz oldidagi vazifalarimiz ham bor. Bularning
har ikkisini barobar olib borilmasa, birini qilib,
ikkinchisini o‘z holiga tashlab qo‘ysak, komil
inson bo‘la olmaymiz. Shu sabab o‘z tanamiz
oldidagi vazifalarni bilib olishimiz lozim. Maz-
kur kitobda biz bolalarning moddiy va ruhiy
olami bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlarni
keltiramiz.
Uxlash odoblari
nson har kuni ishlab, uyiga charchab qayt-
ganidan so‘ng dam olishni istaydi. Xuddi
shunday bolalar ham kunduzi o‘ynab char-
chaydilar. Kech bo‘lganda ko‘chada qorong‘i
tushguncha sang‘ib yurmasdan darhol uyiga
kiradilar. Kechki ovqatdan keyin darsini qilib,
boshqa ishlari bo‘lmasa, maza qilib uxlab, dam
oladilar. Ertangi kun uchun kuch to‘playdilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
342
Bolalar uxlaganlarida charchoqlari chiqib ket-
adi. Ular uyqudan tursalar, yana avvalgiday
kuchli bo‘lib qoladilar.
Uyquga tayyorgarlik
olalar kech bo‘lganda “men ertaroq yo-
tishim kerak”, degan fikrni xayollariga
keltirsalar, yaxshi bo‘ladi. Chunki ertaroq yo-
tish yaxshi odatdir. Erta yotgan bola quyosh
chiqib ketgunga qadar uxlab yotmaydi. Odobli
bolalar kechki ovqatdan keyin dars tayyorlab,
undan keyin boshqa zarur ishi bo‘lmasa, har
xil keraksiz o‘yinga berilmasdan uxlaydilar.
Chunki erta yotgan bola barvaqt uyg‘onadi.
Kechqurun soat 9:00da hamma bolalar uyqu-
ga yotgan bo‘lishlari kerak. Ba’zi bolalar uzog‘i
bilan kech soat 10:00 da uxlashlari ma’qul.
Ma’lumki, bir ishga kirishishdan avval unga
tayyorgarlik ko‘riladi. Biz quyida uxlashdan
oldin qilinadigan amallar haqida ma’lumot be-
ramiz.
Uyquga yotishdan oldin mana bu ishlarni
bajarish lozim:
– eshiklarni qulflash;
– ovqatlar ustini yopish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
343
– texnika asboblarini (kompyuter, televizor
kabilarni) o‘chirish;
– tishlarni yuvish;
– olov va chiroqni o‘chirish.
Texnika asboblari ishlab turgan paytda
ulardan ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlar taraladi.
Bu nurlar inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi.
Shuning uchun ularni ishlatib bo‘lib, darhol
o‘chirish kerak. Yotishdan avval tishlarni va
yuz-qo‘lni yuvishning foydasi juda ko‘p. Shun-
day qilgan bola tinch uxlaydi, yomon tushlar
ko‘rmaydi.
Uyqu odoblari
ringa yotish oldidan qilinadigan amal-
lar:
– o‘rinni tayyorlash va tekshirish;
– uyqu kiyimida bo‘lish.
– o‘ringa yotgan paytda qilinadigan amallar:
– o‘ng tomonga yonboshlab yotish;
– o‘ng kaftni o‘ng yuzga qo‘yib yotish.
Uyquga yotgan paytda mana bu ishlarni
qilish noma’quldir:
– avratlarini yopmasdan yotish;
– qornini yerga qaratib yotish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |