odob oltindan qimmat
nson tabiati boylik, pul va oltinni juda yax-
shi ko‘radi. Chunki boylik ko‘p narsani hal
etadi, boy-badavlat odam ko‘p narsani oson-
gina qo‘lga kiritadi. Shu bois ayrim bolalar
boy odamga havas bilan qaraydi, boy bo‘lishni
orzu qiladi. Hayotda kamchilik ko‘rmay, or-
zu-istaklariga osongina erishish haqida shirin
xayollar suradi. To‘g‘ri, boy-badavlat kishi
yaxshi yashab, nimani istasa, shunga osongina
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
316
erishayotganini ko‘ramiz. Ko‘pchilik nazdida
shu narsa katta baxt. Ammo katta va ulkan
boylikka ega bo‘la turib, baxtli bo‘la olmagan
yoki o‘zini baxtsiz his etadigan boylar qancha.
Ular kambag‘al va faqir kishilarga qaraganda
ko‘proq iztirob chekib yashaydi.
Haqiqatda baxtli bo‘lish uchun dast-
lab iymon, ilm, yaxshi amal va odob suv va
havodek zarur. Buni ko‘pchilik bolalar yax-
shi bilmaydi, bilsa ham bu to‘g‘rida chuqur
o‘ylab ko‘rmaydi. Qanday bo‘lmasin, boy
bo‘lish kerak, deb katta xatoga yo‘l qo‘yadi.
Baxtli bo‘lish uchun odob bo‘lishi kerak, deb
aytdik. Bu bizning gapimiz emas, balki asrlar
davomida tajribada sinalib, donishmand bo-
bolarimiz tomonidan aytilgan. Odobning kat-
ta foydasi shuki, qayerda odob bo‘lsa, o‘sha
joyda tartib va intizom bo‘lishi aniq. Tartib
va intizom har bir ishni o‘z vaqtida va puxta
bajarishni talab etadi. Bunga amal qilgan bola
doimo maqtovga loyiq. Nega biz boshqa yurt
odamlaridan orqada qolganmiz, nega turli
kompyuter va boshqa asbob-uskunalar ham-
da o‘yinchoq turlarini ulardan sotib olamiz,
deb o‘ylasak, bunga ular yoshligidan ilm va
odobni yuksak darajada egallagani sababdir.
Ilmli va odobli bo‘lishning foydasi juda katta.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Farzand tarbiyalashda maslahatlar
317
Odamlar ham odobli bolani yoqtirib, uning
ota-onasiga rahmat aytishadi va iloyo, baxt-
li bo‘lgin, aslo kam bo‘lmagin, deya haqiga
xayrli duolar qilishadi. Alloh intizomli bola
uchun nomai a’moliga alohida savoblar yozdi-
radi, rizqini ko‘paytirib, umriga umr qo‘shadi.
Odob ana shunday ajoyib fazilatdir. Shuning
uchun dono xalqimiz “odob oltindan qimmat”,
deb bejiz aytmagan. Buni to‘g‘ri tushunib ol-
gan bola aslo adashmaydi, hayotda qoqilmay-
di va ota-onasiga ko‘pdan ko‘p rahmat kelti-
radi. Mana bu rivoyat adab boylikdan afzal
ekanini tushunishda yordam beradi: Asmaiy
degan zot shunday hikoya qiladi:” Men bilan
suhbatlashib turadigan arab bolalaridan biri
fasohati va malohati bilan lol qoldirdi. Men
sinamoqchi bo‘lib, yuz ming dirham evaziga
ahmoq bo‘lishni xohlaysanmi”, dedim unga.
U savolimga yo‘q, deb javob berdi. Nima
uchun deb so‘radim. “Ahmoqligim tufayli bir
jinoyat qilishim va bor-budimdan ayrilib, ke-
yin shu ahmoqligim yana o‘zimda qolishidan
qo‘rqaman”, dedi. Qarangki, yosh bola o‘z aq-
liga suyanib boylik hech narsani hal qilmas-
ligini anglab yetdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |