Hayit namozining vaqti
Hayit namozining vakti quyoshning bir yoki ikki nayza bo‘yi (uch
yo to‘rt metr) ko‘tarilishidan boshlab to zavoligacha bo‘lgan
vaktdir.
Hayit
namozlarini o‘qish tartibi
Hayit namoziga niyat qilib, takbiri tahrima aytiladi. So‘ngra qo‘llar
bog‘lanib sano o‘qilgach, uch marta takbir aytiladi va har birida
qo‘llar ko‘tariladi, birinchi va ikkinchi takbirlarda qo‘lni pastga
qo‘yib yuborib, uchinchisidan so‘ng bog‘lanadi.
So‘ngra xufya "Auzu" va "Bismillohni aytgach, jahran Fotiha va
zam sura o‘qiydi va ruku qiladi. Hayit namozlarining dastlabki
rakatida A’lo surasini o‘qish mandubdir, ikkinchi rakatni "Bismillah"
bilan boshlab Fotiha va zam sura o‘qigach, birinchi rakatda
bo‘lganideq, qo‘llarni ko‘targan holda, uch marta ziyoda takbir
aytiladi. Uchala takbirda ham qo‘llar ko‘tarilgach, yoniga qo‘yib
yuboriladi va to‘rtinchisida rukuga boriladi). Namoz o‘qib
bo‘lingach, xatib xutba o‘qiydi va unda fitr sadaqasining hukmini
tushuntiradi. Hayit namozini imom bilan birga o‘qiy olmagan kishi
(so‘ngra) qazosini o‘qimaydi. Hayit namozini o‘qish biror uzr
tufayli, faqatgina iyukinchi kunga kechiktirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |