Farmoni xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida



Download 22,91 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi22,91 Kb.
#274040
1   2
Bog'liq
ПФ-5538

Oldingi tahrirga qarang.

(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)

2019-yil 1-martdan boshlab davlat umumta’lim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tumanlar va shaharlar kesimida bolalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirsin.

3. Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq ta’limi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama ko‘maklashish, xususan:

tegishli hududda umumta’lim muassasalariga yordam ko‘rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shu jumladan o‘qituvchilar va ushbu soha xodimlarining maqomini yaxshilashga va oshirishga yordam berish;

xalq ta’limi muassasalariga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitish;

nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga berish uchun bo‘sh yer uchastkalari (har bir hududda yiliga 50 lotdan kam bo‘lmagan) ro‘yxatini tasdiqlash va ulardan doimiy foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilish;

xalq ta’limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani (trotuarlar, yo‘llar va boshqalar) zarur holatda saqlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;

xalq ta’limi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash;

tumanlar (shaharlar) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq ta’limi muassasalarini o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga o‘z vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;

umumta’lim muassasalarining xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan hududlar atrofini o‘rash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimlarini, kirish yo‘llarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni o‘rnatish chora-tadbirlarini ko‘rish;

xalq ta’limi muassasalari hududining va ko‘chmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda ta’minlash;

umumta’lim muassasalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni va homiylik yordamini jalb qilishga ko‘maklashish;

xalq ta’limi muassasalaridagi mavjud muammolarni tez va samarali hal qilish bo‘yicha boshqa choralar ko‘rilishini tashkil etish uchun shaxsan javob beradi.

4. Vazirlikning:

2018-yil 1-oktabrdan boshlab umumta’lim muassasalarining vasiylik kengashlarini tugatish;

tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qo‘shishga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvchilar, homiylar va boshqa shaxslar kiritiladigan, yuridik shaxs maqomisiz umumta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

Quyidagilar umumta’lim muassasasi kuzatuv kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:



Oldingi tahrirga qarang.

(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 06/20/6108/1483-son)

umumta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

umumta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;

umumta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish;

o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, umumta’lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish;

ta’lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda bir oy muddatda Umumta’lim muassasasining kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomni va uning namunaviy tarkibini tasdiqlasin.

5. Davlat inspeksiyasi Vazirlik bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda:

tegishli fanni o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikma darajasini — pedagoglar malakasini aniqlashning asosiy mezoni sifatida belgilab, umumta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqsin;

pedagogik mahorat va bilim darajasini doimiy oshirib borishga ko‘maklashuvchi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, xalq ta’limi tizimi xodimlarining bilim darajasiga oid malaka toifalari va talablarini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin;

umumta’lim muassasalari reytingini tuzish maqsadida ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlansin;

o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar) umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining ishtirokini tashkil etsin.

6. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:

xalq ta’limi muassasalarining ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin — xalq ta’limi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladi;

umumta’lim muassasasi rahbariga xalq ta’limi muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘larini erkin tasarruf etish, shu jumladan jamg‘arma daromadlarining jami summasidan 10 foizini o‘z moddiy rag‘batlantirishi uchun yo‘naltirish huquqini taqdim qilgan holda xalq ta’limi muassasalari uchun jamg‘arma mablag‘laridan ustuvor ravishda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun foydalanish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda xalq ta’limi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

7. Davlat inspeksiyasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli organlarning qat’iy ro‘yxatini, tekshiruv tayinlash va o‘tkazish mezonlari hamda huquqiy asoslarini nazarda tutgan holda tekshirish tartibini belgilaydigan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Bunda umumta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirish davriyligi ularning reytingda egallab turgan o‘rniga bog‘liq bo‘lishi belgilansin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlik choralarini qo‘llagan holda umumta’lim muassasalari faoliyatini noqonuniy tekshirishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirsin.

Nazorat qiluvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik ishlarida har tomonlama ko‘maklashsin.

9. Vazirlik:

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli, mintaqaviy va maqsadli rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasini” o‘z ichiga olgan Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

b) Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda yetakchi loyiha institutlarini jalb qilgan holda, umumta’lim muassasalarini qurishning xalqaro tajribasini o‘rgansin va 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini kiritsin:

ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish;

maktablarni, shu jumladan o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash;

v) uch oy muddatda o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovatsion, shu jumladan, masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu jarayonning samaradorligini butunlay oshirishni nazarda tutgan holda umumta’lim muassasalarining rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqsin.

10. Davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Vazirlik va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ta’lim sifatini ta’minlashda Davlat inspeksiyasining rolini kuchaytirish, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyasini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.

11. Vazirlik Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,



2018-yil 5-sentabr,

PF-5538-son
Download 22,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish