Farmoni inflatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘G‘risida


-BOB. VAZIRLAR MAHKAMASI VA MARKAZIY BANKNING INFLATSIYA DARAJASINI



Download 155,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi155,11 Kb.
#318626
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maruza 3.

3-BOB. VAZIRLAR MAHKAMASI VA MARKAZIY BANKNING INFLATSIYA DARAJASINI

PASAYTIRISh BO‘YIChA BIRGALIKDAGI ChORALARI

Narxlar barqarorligini ta’minlash va inflatsiyaning sezilarli darajada o‘sishi xavfining oldini olish

maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  va  Markaziy  banki  soliq-budjet  va  pul-

kredit  siyosatlarini  muvofiqlashtirish  hamda  iqtisodiyotdagi  tarkibiy  islohotlarni  amalga  oshirish

borasida birgalikdagi harakatlarni olib borishi zarur.

Soliq-budjet siyosati sohasidagi chora-tadbirlar:

umumiy  fiskal  balans  taqchilligini  2022-yilda  1,5  foizdan  oshirmaydigan  darajagacha

bosqichma-bosqich qisqartirib borish;

qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  tomonidan  budjet  intizomiga  rioya

etilishi ustidan samarali nazoratni ta’minlash;

taqchillikni  moliyalashtirishning  tashqi  manbalarini,  shu  jumladan  inflatsiya  xavfini

tug‘dirmaydigan  resurslar  hisobiga  jalb  qilish  tartibini  belgilash  va  uni  qonun  yo‘li  bilan

mustahkamlash;



ijtimoiy-iqtisodiy  maqsadlarga  yo‘naltirilgan  markazlashgan  investitsiyalar  samaradorligini

oshirish;

soliq  ma’muriyatchiligi  tizimida  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy

etish;


soliq  intizomiga  o‘z  vaqtida  rioya  qilish  bo‘yicha  javobgarlikni  oshirish  va  soliq  to‘lashdan

bo‘yin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash.

Tarkibiy siyosat sohasidagi chora-tadbirlar:

a) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish:

ishlab  chiqarish  quvvatlarini  kengaytirish  va  yoqilg‘i-energetika  kompleksini,  shu  jumladan

xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali modernizatsiya qilish;

avtomobil  yo‘llarini  qurish  va  xizmat  ko‘rsatishda  davlat-xususiy  sherikchilik  mexanizmini

qo‘llash;

temir yo‘l va havo transporti orqali yuk tashish sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning yangi

mexanizmlarini ishlab chiqish;

ko‘rsatilayotgan  transport  xizmatlari  tarif  va  narxlarini  asosiy  tashqi  savdo  hamda  sayyohlik

yo‘nalishlari o‘tadigan boshqa davlatlar darajasidan oshmaydigan darajagacha tushirish;

logistika xizmatlari, ulgurji savdo va tovarlarni saqlash infratuzilmasi sifatini oshirish;

b) raqobat muhitini yaxshilash va biznes yuritishning teng imkoniyatlarini yaratish:

mulk huquqi va tadbirkorlik faoliyati kafolatlarining institutsional asoslarini mustahkamlash;

raqobatbardosh  tovar  va  moliya  bozorlarida  faoliyat  yurituvchi  korxonalar  ustav  kapitalida

davlat  ulushini  kamaytirish,  shu  jumladan  tabiiy  monopoliyalarning  asosiy  faoliyatiga  xos

bo‘lmagan obyektlarini xususiy sektorga sotish;

monopol  korxonalarning  narx  belgilash  bo‘yicha  shaffofligini  ta’minlash,  inflatsiyaning

maqsadlarini hisobga olgan holda o‘rta muddatli istiqbolda tartibga solinadigan narxlarni (tariflar)

erkinlashtirish muddatlarini o‘rnatish;

individual soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, preferensiyalar va imtiyozli kreditlar berish

amaliyotini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish;

davlat  xaridlari  sohasida  bozor  mexanizmlarini  rivojlantirish,  ularning  shaffofligi  va

hisobdorligini oshirish;

narxlarni  erkinlashtirish  bo‘yicha  islohotlarning  mohiyati,  maqsadi,  amalga  oshirish

bosqichlari va erishilgan natijalarni tushuntirish va asoslash bo‘yicha faol kommunikatsiya siyosatini

yuritish;

v) xususiy investitsiyalar oqimining o‘sishi va moliya bozorining rivojlanishi:

qarzlarni moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish;

mahalliy korxonalar aksiyalarini jahon fond maydonlarida birlamchi va ikkilamchi joylashtirish

jarayonlarini faollashtirish;

aksiyadorlik kompaniyalarini tashkil etish va tugatish mexanizmini soddalashtirish;

elektr  va  gaz  ta’minoti  sohasiga  xususiy  investorlar  hamda  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  xorijiy

investitsiyalarni raqobat asosida kirishiga imkoniyat yaratish va ularni faol jalb etish;

g) ishlab chiqarish omillari unumdorligini oshirish:

ishlab  chiqarish  unumdorligini  oshirishga  va  energiya  sarfini  pasaytirishga  qaratilgan

modernizatsiyalash va texnologik yangilash tarmoq dasturlarini amalga oshirish;

unumdorlikni rag‘batlantirish hamda sifatni oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga

oshirish va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun

yer ajratish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini samarali amalga oshirish;

mehnat  unumdorligini  oshirish  va  mehnatga  munosib  haq  to‘lash  orqali  tarmoqlar  tayyor

mahsulotlari tannarxi tarkibidagi xarajatlarni optimallashtirish;



xalqaro  standartlar  va  normativlarni  joriy  etish  orqali  energiya  samaradorligini  oshirish

bo‘yicha maxsus tarmoq dasturlarini amalga oshirish;

davlat  ulushiga  ega  korxonalar  faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazoratini  oshirish  maqsadida

ularning samaradorlik reytingini e’lon qilib borish;

asbob-uskunalarning  samaradorligi  va  unumdorligi,  shu  jumladan  foydalanish  muddatlari

bo‘yicha talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.




Download 155,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish