Farmoni ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘G‘risida


T/r Xarajatlarning nomlanishi



Download 82,13 Kb.
bet9/9
Sana26.02.2022
Hajmi82,13 Kb.
#467416
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
farmon innovotsiya

T/r

Xarajatlarning nomlanishi

Valyuta turi

Jami*

shu jumladan yillar bo‘yicha:

2018 g.

2019-y.

2020-y.

2021-y.

2022-y.




Jami xarajatlar

mln so‘m

116 019,4

26 500,0

27 262,0

32 352,1

29 905,3

-

ming. AQSh dollari

32 270,74

900,0

1 650,0

8 201,3

8 713,1

12 806,3




shu jumladan:






















1.

Ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash

mln so‘m

116 019,4

26 500,0

27 262,0

32 352,1

29 905,3

-

2.

Ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash**

ming. AQSh dollari

30 375,27

900,0

1 650,0

8 201,3

8 201,3

11 422,7

3.

Zarur butlovchi buyumlar, sarflash materiallari va reaktivlar bilan ta’minlash**

ming. AQSh dollari

1 895,47

-

-




511,8

1 383,67

* Xarajatlar qiymati joriy narxlarda ko‘rsatilgan va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda o‘tkaziladigan tender (tanlov) savdolarining yakunlariga ko‘ra aniqlashtirilishi lozim.
** Mablag‘ ajratish Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar kelib tushishiga qarab amalga oshiriladi. Bunda Jamg‘arma mablag‘larining yetishmayotgan qismi bo‘yicha xarajatlar ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan va uning doirasida amalga oshiriladi.
Izoh. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning qo‘shma takliflari asosida, ajratilayotgan mablag‘lardan rejali va ratsional foydalanishni ta’minlashni inobatga olgan holda Dastur parametrlariga o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3416-son qarorida:
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Vazirlikka quyidagi maqsadlar uchun shartnoma asosida, jumladan xorijiy konsultantlar va ekspertlarni, shuningdek texnik ko‘mak va grantlarini jalb qilishga ruxsat etilsin:
innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va ilm-fan sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va tatbiq etish, shuningdek vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalar va topshiriqlarni bajarish;
vazirlik va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ilmiy-innovatsion rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish;
xorijiy mamlakatlarning tegishli vazirliklari va idoralari bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish”;
v) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqa vazirlik va idoralar statistik axborot byulletenlarini majburiy tarqatish ro‘yxatiga kiritilsin”;
g) 1 — 6-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-3674-son qarorining 2-bandi quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Markaz faoliyati, shu jumladan tijoratlashtirish, ilmiy tadbirkorlik va biznes bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha pulli to‘lov asosida o‘quv va trening kurslarini tashkil etish”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3682-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2018-yildan boshlab har yili xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes-inkubatorlarning faol ishtirokida Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” (keyingi o‘rinlarda — haftalik) o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin”;
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni” so‘zlari “Haftalikni” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “innovatsiyalar yarmarkasini” so‘zlari “haftalikni” so‘zi bilan almashtirilsin;
g) 4-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalarini” so‘zlari “haftalikni” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalarini o‘tkazishning” so‘zlari “haftalikni o‘tkazish joyi,” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 5 va 7-bandlardagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni” so‘zlari “haftalikni”so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 8-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarda” so‘zlari “haftalikda” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarning” so‘zlari “haftalikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarning” so‘zlari “haftalikning” so‘zi bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3683-son qarorida:
a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “xulosasiga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligining qarori bo‘yicha” so‘zlari “qaroriga binoan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5708-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning bo‘linmalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”;
v) 4 — 6 va 8-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 7-banddan beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 12-banddagi “Innovatsion rivojlanish” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3697-son qarorida:
a) 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “davlat-xususiy sheriklik shartlarida” so‘zlari “davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘larini, xalqaro moliya institutlarining grant va/yoki kreditlarini, xorijiy investorlarning mablag‘ va sarmoyalarini jalb qilgan holda hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirokida tashkil etiladigan innovatsiya markazlari aksiyadorlik va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda ham tuzilishi mumkin. Bunday hollarda ta’sis hujjatlarida uning tashkiliy-huquqiy shakli, ishtirokchilarning shartlari va vazifalari aniq ko‘rsatiladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 3-bandda:
birinchi xatboshidagi “davlat-xususiy sheriklikning” so‘zlari “markazlar tashkil etishning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “davlat sherigi” so‘zlari “mahalliy hokimiyatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“markaz tashkil etish bilan bog‘liq kelishuv tomonlarining huquqlari va majburiyatlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi roziligi bilan tuziladigan kelishuvlarda belgilanadi”;
v) 4-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat va jamiyat maqsadlari uchun yangi, innovatsion mahsulotlar yaratish, ishlab chiqarish va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat tashkilotlar hamda xususiy tadbirkorlar markazlar faoliyatini moliyalashtirishlari mumkin”;
g) 5-bandda:
uchinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidan “markazlarni tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “davlat-xususiy sheriklik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda markazlarni tashkil etishga xorijiy davlat vakillarini jalb qilish, shuningdek, grantlar va homiylik xayriyalarini ajratish maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishni;”;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “mazkur qarorning mazmun-mohiyatini” so‘zlari “markazlar faoliyatini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi “tuman (shahar)larda” so‘zlaridan keyin “xorijiy investorlar yoki homiylar ishtirokida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 8-banddagi “davlat va xususiy sheriklarning” so‘zlari “tashabbuskorlar” so‘zi bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-son qarorida:
a) 1-banddan uchinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
b) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi “lavozimga tayinlash” so‘zlaridan keyin “va lavozimidan ozod etish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining tegishli o‘rinbosari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kichik startap loyihalarni moliyalashtirishga”;
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 6-bandning birinchi xatboshisidan “o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan foydalangan” so‘zlari “faoliyat natijalarini qo‘llagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni uchinchi shaxslarga o‘tkazish va mazkur obyektlardan foydalanish huquqini royalti to‘lovlariga asoslangan litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, shu jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi”;
b) 7-banddagi va 9-bandning “v” kichik bandidagi “bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “va tashqi savdo vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yaratilgan intellektual mulk obyektlari bo‘yicha axborotning doimiy asosda ularni keyinchalik tijoratlashtirilishini choralarini ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin”.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3876-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda Qoraqalpog‘iston va Navoiy bo‘limlari ma’muriy-boshqaruv xodimlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda Qoraqalpog‘iston, Navoiy bo‘limlari ma’muriy-boshqaruv xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4387-son qarorida:
a) 19-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) beshinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 1-ilovaning 4, 5, 6, 14-pozitsiyalari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnik dasturlarini” so‘zlari “Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4433-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “vazirining birinchi” so‘zlari “vaziri tomonidan uning tegishli” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash” so‘zlari “Yoshlar salohiyatini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
g) 15-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 3-ilovaning 13-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020-yil 15-sentabr” so‘zlari “Tadbir doirasida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Download 82,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish