Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi



Download 12,4 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi12,4 Kb.
#700288
Bog'liq
NB 2 st


O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta ta‘lim sohasidagi islohotlar strategiyasi va uning o‘ziga xosliklarini aniqlash
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida 2017 – 2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishdan to'rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.
Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o'quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo'llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, shart-sharoitlarini tubdan yaxshilash, pedagog va mutaxassislarning malakasini yuksaltirish, maktabgacha ta'limga bolalar qamrovini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Xalq ta'limi vazirligi jismonan sog'lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, teran fikr va qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, jamiyatda ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni bajarishni rejalashtirmoqda.
Birinchidan, mavjud me'yoriy-huquqiy hujjatlarni zamon talablari asosida takomillashtirish lozim. Ya'ni, ta'lim tizimiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablardan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi hamda "Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi nizom"ning yangi tahrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birgalikda Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmalari hamda ta'lim muassasalariga metodik xizmat ko'rsatish tizimi yanada takomillashtiriladi.Umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatiga oid amaldagi me'yoriy hujjatlar ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirish nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqilib, mazmunan boyitiladi.
Ikkinchidan, o'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik, qonunlarga hurmat ruhida o'stirish, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi ma'naviy immunitetini mustahkamlash, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega qilib tarbiyalash borasida qator ustuvor vazifalar amalga oshiriladi.
Shu maqsadda o‘qituvchilar, hayotiy tajribaga ega keksalar, mahalla faollari ko'magida o'quvchilar va ota-onalar o'rtasida kitobxonlikni, mutolaaning inson kamolotidagi beqiyos o‘rnini targ‘ib etishga alohida ahamiyat beriladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ta'lim muassasalarida taniqli yozuvchi, shoirlar bilan onlayn muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etiladi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari keng miqyosda portallarga joylashtirib boriladi. Umumta'lim maktablaridagi kutubxonalar va axborot-resurs markazlarining kitob fondi yangi badiiy va ensiklopedik adabiyotlar bilan boyitiladi.
Bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga keng jalb etish, turli nufuzli musobaqa va bellashuvlar, xususan, "Umid nihollari"da qatnashuvchi sportchi-o‘quvchilarning safini kengaytirish, ularning xalqaro tanlovlarda samarali ishtirokini ta'minlash choralari ko‘riladi.
Uchinchidan, umumta'lim muassasalarida fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish asosida ta'lim-tarbiya sifati tubdan takomillashtiriladi. Bu yo‘nalish nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, uzviylik, uzluksizlik hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida umumiy o'rta ta'limning yangi davlat ta'lim standartlari (DTS) amaliyotga joriy etiladi.
Aytish joizki, ayni paytda uzluksiz ta'lim tizimida chet tillarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o'rgatish tajribasidan kelib chiqib, umumta'lim fanlarining o'qitilishini takomillashtirish, darslik va o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish maqsadida umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumta'lim fanlarining takomillashtirilgan davlat ta'lim standartlari tayyorlandi. Mazkur muassasalarda uzviy o'qitiladigan 18 ta fan bo'yicha darslik va o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini bosqichma-bosqich ishlab chiqish ko'zda tutilmoqda.
Tavsiya etilayotgan yangi mazmundagi DTSga asosan ta'lim umumta'lim fanlarini o'rganishning boshlang‘ich darajasi – A1 dan to umumta'lim fanlarini o'rganishning ixtisoslashtirilgan darajasi – B1+ gacha bo'lgan bosqichlarda amalga oshiriladi.
Ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarda kommunikativ, axborot bilan ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy hamda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan foydalanish kompetensiyalari shakllantirib boriladi.Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi "2017–2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilangan vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil qiladi. Jumladan, qishloq aholi punktlarida 50 ta yangi maktabgacha ta'lim muassasasini qurish, mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta'mirlash hamda ularni zamonaviy talablar asosida inventar, o'quv-metodik qo'llanma va zarur anjomlar bilan ta'minlash orqali jami 2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.
Ta'lim-tarbiya jarayoniga xalqaro tajribalar asosida yangi dasturlar joriy etilib, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasi sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tariladi. MTMlarni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017 – 2021-yillarga mo'ljallangan dastur doirasida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruh ochiladi. 3-6 yoshdagi maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlanadi.
Oltinchidan, xalq ta'limi boshqaruvi idoralari va ta'lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash muhim vazifa sifatida belgilanadi. Xalq ta'limi boshqaruvi idoralari rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushiriladi, joylarda aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda tizimda interaktiv xizmatlar ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi.
Umuman olganda, Prezidentimizning mazkur farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xalq ta'limi tizimini jadal rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Farzandlarimizning har tomonlama yetuk, sog'lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi esa yurtimizdagi minglab ota-onalarni quvontirishi barobarida davlatimizning kelajakdagi yuksak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lishi shubhasiz.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TA’LIM TO‘G‘RISIDA QONNI
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa;
davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;
malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi;
nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;

ta’limning uzluksizligi va izchilligi;


o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Download 12,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish