Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Moxov kasalligi 
Moxov kasalligi-savdoning butun badanda yoyilishidan paydo bo`ladigan yomon 
bir  illatdir  
Moxov: 
- a`zolar mizojini 
 -a`zolarning ko`rinishini 
 -a`zolar uzluksizligini  buzadi 
 -hatto a`zolar yeyilib, yaralanish tufayli tushib ketadi 
Moxov kasalligining eng birinchi ta`sir etuvchi sababi jigar mizojining juda issiq 
va  quruqlikka  moyil  bo`lib  buzilishidir.  Bunda  qon  kuyib  savdoga  aylanadi  yoki 
butun badan mizojining buzilishidir, ya`ni bu ikkala mizoj shu  darajada buziladiki,  
u tufayli qon sovib quyiladi.  
Moxovning  moddiy  sababi  esa,  savdoni  tug’diradigan  ovqatlardir:  balg’am 
tug’diradigan ovqatlar ham, agar ularni iste`mol qilganda ustma-ust me`da buzilsa, 
ularda harorat ta`sir qilib, suyuq qismini tarqatadi va quyug’idan savdo ko`payadi.  
Moxov  kasalligini  keltirib  chiqaruvchi  yordamchi  sabab:  teri  teshiklari  to`silib, 
tug’ma haroratning bo`g’ilishi va qonning sovib quyulishi, ayniqsa, taloqning qonni 
torta  olmaydigan  va  uni  savdo  xiltidan  tozalashga  quvvati  yetmaydigan  darajada 
kuchsiz bo`lishidir.  
Moxov avvalo, qo`l-oyoqlar va yumshoq a`zolardan boshlanadi, shu  a`zolarning 
mo`yi  to`kilib,  rangi  o`zgaradi,  ba`zan  esa  yaralanadi,  so`ngra  esa  moxov  butun 
badanga yoyiladi.  
Belgilari: 
-badan rangi qoralikka moyil bo`lib qizaradi  
-kuzda qizg’ish xiralik paydo bo`ladi  
-nafas qisiladi  
-o`pka va o`pka nayining zararlanishi tufayli tovush bo`g’iladi  


378 
 
-aksirish ko`payadi  
-burun do`nqillab manqalanadi  
-burunda tiqilma paydo bo`lib, hid sezmaydi  
-mo’y siyraklashib kamayadi  
-ko`krak va yuz atrofi terlaydi  
-badan sassiq hidli bo`ladi  
-tentaklik va kishilarni ko`rolmaslikdan iborat savdoyi xulq paydo bo`ladi  
-savdoga tegishli tushlarni ko`p ko`radi.  
Quvvatning  zaiflashishi,  haroratni  so`ndirishga  bo`lgan  ehtiyojning  kamligi 
sababli,  moxov  kasalligiga  uchragan  kishining  tomir  urishi  zaif  bo`ladi,  chunki 
moxov sovuq mizojdan kelib chiqadigan kasallikdir.  
Davolash 
1.Kasallik  og’irlashishidan  oldin  organizmni  bo`shatish,  tozalash  tadbirini 
qo`llash 
2.Kasalga qon ko`pligi aniqlansa, uning ikkala qo’lidan bo`lsa ham tezda yetarli 
darajada  qon  olish  kerak.  Tomirdan  qon  olingandan  so`ng  kasalga  bir  hafta  dam 
berish, keyin Abu Jahl tarvuzining etidan tayyorlangan iyoraj bilan bo`shatish lozim. 
3.Ichishga:  af `o  ilonidan tayyorlanadigan kulchalardan elgil o`zidan hargal bir 
misqoldan olib, yo 1 uqiya quyuq sharob yoki tilo sharobi ichiladi. 
4.Bunday  kasallarga  beriladigan  ovqatlar  esa  tezda  hazm  bo`ladigan  yaxshi 
kaymusli  narsalar,  masalan,  ma`lum  qush  go`shtlarining  qaynatma  sho`rvasi  va 
go`shti yengil hazm bo`ladigan yangi baliqdir, bularga zarur dorilar qo`shib beriladi. 
Baxak  -  terida  yuzaga  kelib,  terida  chuqur  botadi,  lekin  go`sht  va  suyakgacha 
bormaydi. Oq peslik esa teri, go`sht va suyakgacha boradi. 
Kasallik  sababi:  quvvatning  zaifligi  bo`lib,  u  ozuqani  moslashtirib  o`zgartira 
olmaydi. 
Ikki xil baxak farqlanadi: 


379 
 
-oq baxak 
-qora baxak 
Ikkala baxakda ham: 
-modda suyuq 
-haydovchi quvvat kuchliroq bo`lib u moddani teri yuzasiga haydaydi 
Peslikda esa: 
-modda quyuq 
-haydovchi  quvvat  kuchsiz  bo`lib,  uning    ta`sirisiz  tufayli  modda  ichkarida 
o`rnashib qoladi va  ichkaridagi narsaning mizojini buzadi. 
-o`zgartiruvchi quvvat o`rnashgan moddani moslashtirib o`zgartira olmaydi. 
Izoh:  modda  o`rnashib  olganda  o`ziga  kelayotgan  ozuqani  o`z  tabiatiga 
aylantiradi.  Yaxshi  mizoj  buzuq  moddani  yaxshi  va  moslashgan    moddaga 
aylantiradi. Bu esa daraxtlar bir joydan boshqa joyga ko`chirilganda ularning mevasi 
zaharlikdan  yeyiladigan  holatga  va  yeyish  mumkin  bo`ladigan  holatdan  zaharli 
holatga o`tishiga o`xshaydi. 
Jolinusning  fikricha,  Lobah  deb  nomlanadigan  mashhur  bo`lgan  daraxtning 
mevasi  Eronda  zaharli  bo`lib,  u  Misrga  ko`chirilgach  uning  mevasi  yeyiladigan 
bo`lgan. Shuningdek a`zolar moddalar uchun go`yo mamlakat bo`lib sanaladi. 
Ikkala baxak o`rtasidagi farq shundaki: 
-oq baxak – balg’am moddasi tufayli yuzaga keladi 
-qora baxak -savdo moddasi tufayli yuzaga keladi 
Qora  peslik  -  oq  peslikdan  tubdan  farq  qiluvchi  kasallik  bo`lib,  po`st 
tashlaydigan  temiratki  deb  ataladi.  Bu  temiratki  juda  dag’al,  tangali  bo`lib, 
qichishish belgilari kuzatiladi. 
Kasallikda  teri  xiltni  o`ziga  yondosh  turgan  jismdan  ta`sir  qilish  darajasidan 
ortiqroq ravishda suradi. Qora peslik oq peslikdan ko`ra bexavotirroq. 
Oq va qora baxak, peslik, vazax belgilari: 


380 
 
-vazax ustida mo`y qora yo qizg’ish bo`lib o`sadi 
-peslikda mo`ylar doim oq bo`lib o`sadi 
-peslikda teri va pastroq va cho`kkanroq bo`ladi 
-vazax teri sohasiga igna sanchilganda qon chiqadi. 
-peslikda  teri sohasiga igna sanchilganda qon chiqmaydi, balki suvsimon rutubat 
chiqadi,  ishqalanganda  qizarsa,  sog’ayishga  umid  degani  va  u  baxak  bo`lishi 
mumkin. 
-Qora peslikda po`st tashlash, terining tanga-tanga bo`lishi, sopolsimon bo`lishi 
kuzatiladi. 
-Qora peslikda teri dag’al yoki silliq bo`lishi mumkin. 
-ikkala oq dog’ning silliq xili xavflidir. 
-ikkala qora dog’ning silliq xili xavfsizdir, chunki u baxakdir. 
-chuqur  o`rnashib,  qizarmaydigan  va  qonamaydigan  juda  keng  joyni  oladigan 
qora peslikda sog’ayishga umid yo`q. 
Davolash 
Qora baxakda: 
-dastlab, tomirdan qon olish 
-kuygan xilt va savdoli xilt devpechak va daraxt po`kagi, qora xalila, chilpoya va 
Rum  rayhoni  kabilarning  qaynatmalariga  mayiz  va  anjirni  qo`shib  ichirish  orqali 
bo`shatiladi 
-goho yaxshi kaymusli ovqatlarni iste`mol qilish tavsiya etiladi. 
-hammomga tushib turish buyuriladi 
Izoh: 
Agar bemorda talog’i kasallangan bo`lsa, bu a`zo savdoni tortishda zaiflashadi.       
Shuning uchun ham biz taloqni tuzatish bilan shug’ullanishimiz lozim. 
Taloq tuzatilgach, po`st ko`chirilib, bemorga kuchli tozalovchi va sog’lom qonni 
tortuvchi dorilar buyuriladi. 


381 
 
Suvli qavarchiq terida paydo bo`lsa, teri tushib ketguncha bemorga dam beriladi. 
Agar  dori  qavarchiq  hosil  qilmasdan  terini  achishtirsa,  u    bosilguncha  dori  olib 
qo`yilib, so`ngra yana qo`yiladi. 
Sog’lom qonni tortuvchi dorilar quyidagilardir: 
Tog’ gazago’tining yelimi,  murch, hardal, indov, yattu` suti, chakamug’, isiriq, 
turp urug’i  va kovul ildizining po`sti 
Kuchli tozalovchi dorilar esa: tunbosh suvi va Abu Jahl tarvuzi qaynatmasidan  
tayyorlangan suyuq surtma dorilardandir. 
Qora baxakda qo`llaniladigan yaxshi surtma tarkibi:  
-turp  urug’i  yetmak  bilan  qo`shib  yanchiladi  va  hammomda  surtiladi  (baxak 
sohasiga) 
-turp urug’i  xardal urug’i sirkada qaynatilgan anjir bilan qo`shiladi va surtiladi 
Vazax va peslikni davolash: 
-tomirdan qon olish va hammomga tushishdan saqlanish lozim 
-sharob ichishdan ham saqlanish lozim 
-agar  badan  toza  bo`lsa,  hammomda  terlash  foydali  bo`lib,  unda  qusish  tadbiri 
ham qo`llaniladi. 
-agar  badan  toza  bo`lmasa,  balg’amni  bo`shatuvchi  dorilar,  so`ngra  siydik 
haydovchi  va  ichni  suruvchi  katta  iyoraj  (ayniqsa,  tarkibiga  Abu  Jahl  tarvuzi  eti 
qo`shilgan iyoraj) iste`mol qilinadi. 
-iyorajlarni  xalila,  devpechak,  chilpoya  va  mayiz  yoki  tuz  qaynatmasiga  solib 
ichish yaxshi foyda qiladi. 
-peslik hajmi kichik bo`lsa uni dog’lash kifoya. 
-badan toza va badan mizoji mo`tadil bo`lsa ichiriladigan dorilar ichirilmaydi,  
chunki  bu  dorilar  biror  ofatga  sabab  bo`lib,  ko`p  qon  ketishga  va  ruhning 
kamayishiga olib keladi. Bu ikki narsa davolashda eng zaruriy manbalardandir. 


382 
 
-peslik  a`zoni  davolashda  peslikka  xos  suyuq  surtmalardan  foydalanish  bilan 
davo cheklanishi lozim 
Vazax va peslikda doimo: 
-yopishqoqligi kam, yog’siz, tez hazm bo`ladigan ovqat buyurilishi shart 
-bemor sabzavotlar, halim va unga o`xshash ovqatlardan saqlanishi darkor 
Vazax va peslikda qo`llaniladigan dorilarning ta`siri: 
-tozalovchi 
-toza qonni kuchli tortuvchi 
-Shu  a`zoni qattiq qizdiruvchi 
-oxirida yara qilib po`st tashlattiradigan xususiyatga ega bo`lishi kerak 
Peslikda dorilarning eng afzali bu : 
Yaralantiradigan  yoki  suvli  qavarchiq  paydo  qiladigan  dorilardir,  ya`ni  ular 
moddani oqizib, peslikni tuzatadi va o`sha sohaning o`z rangini qayta tiklaydi. 
Peslikda qo`llaniladigan kuchli dorilar: 
Tog’  mayizi,  cho’l  qovog’i  ildizi,  Gentiana  ildizi,  archa,  sanavbar  yelimi, 
Ro’yan, zok, yashil zok, zangor, oltingugurt kabilar. 
Peslikda qo`llaniladigan surtma dorilar: 
-kirmdona va sirka 
-oltingugurt va Nargiz piyozi 
-tuxum yog’i, chayon o`t  ildizi yaxshi foyda qiladi. 
Vazax uchun yaxshi surtma dorilar: 
-Nilufar ildizi, po`st tashlagan qora ilon qoni, quruq anjir bargi, qora andiz  
kabilar. 
Peslikda qo`llaniladigan suyuq dorilar: 
-sirka, maxsar, sariq tunbosh suvi, dasht piyozi suvi, dengiz piyozi suvi, samsoq 
suvi (ular   qortiq izidan bo`lgan peslikda foydalaniladi) qora andiz shirasi va af `o  
iloni etining sho`rvasi kabilar juda foydalidir. 


383 
 
Davoning oxirida peslikda quyidagi bo’yoqli dorilar tavsiya etiladi: 
-sho`ra tuzi, murr, sharob quyqasi, qizil kesak, ro`yan, achchiqtosh kabilar 
Yoki 
-yong’oq  po`sti, xina va o`sma kabilar o`z isbotini topgan buyoqdir. 
Baxak,  vazax  va  peslik  xastaliklari  bir-biriga  o`xshash  bo`lib,  ular  ma`lum  bir 
dalillarga  asosan  tashxislanib,  to`g’ri  davolansa  ijobiy  natijaga  erishish  imkoniyati 
tabib uchun juda yuqori saviyada bo`ladi. 
 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish