Qovuq toshi
Qovuq toshi - qattiqroq, ancha kattaroq, qoramtir, kulrang yoki oqish bo`ladi.
Siydik ajralgandan keyin ajralib qoladi va siydik bilan birga qamalib qolgan siydik
cho’kmasidan iborat bo`ladi. Ko`pchilik bemorlar oriq bo`ladi.
Bolalar va yigitlarda qovuq toshi ko`proq uchraydi. Haydovchi quvvat ularda
kuchli bo`lib, xiltni badan yuqorisidan tubanga haydaydi. Ularda xiltlar suyuq
bo`lgani uchun u xiltlar buyrakdan tez o`tib ketadi. Bolalar serxo`rak bo`lib, to`q
qoringa harakat qiladilar va sut ichadilar, shuningdek qovuq yo`li ularda tor bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |