Yoqadigan yoki yoqmaydigan va zarar keltiradigan narsalardan dalil
olinishiga kelsak, bunda me`daga sovutuvchi narsalar yoqadimi yo qizituvchi
narsalarmi, yoki qurituvchi va ho’llovchi narsalar yoqadimi uni kuzatish kerak.
Me`dadagi mavjud sezishdan dalil olinishi: me`dada achishish emas, balki
og’irlik sezilsa, modda shishasimon shilliqdan iborat bo`ladi, agar achishish va
alangalanish sezilsa, modda achchiq, yoki sho’r bo`ladi. Alangasiz achishish
moddaning nordonligini bildiradi me`da yengilligi bilan birga achishish sezilsa,
modda siyrak yoki oz bo`ladi lekin achishish bilan birga og’irlik ham sezilsa, modda
quyuq yoki ko`p bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |