Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Ibn Sinoning tibbiyotga oid asarlari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Ibn Sinoning tibbiyotga oid asarlari: 
  
1. "Urjuza fi-t-tib" tabobat ilmining nazariyasi va umumiy masalalarini o`rganish 
to`g’risida bo`lib, bu asar rajaz vaznida she`riy usulda yozilgan. 
Bu  asarning  asl  arabcha  matni  Kal'kuttada  (1829y),  Laqnav  (1845y),  Parij 
(1956y) da nashr etilgan. 1972 y Toshkentda ham nashr etilgan. 
2.  "Al-adviyat  al-Qalbiya"  ("Yurak  dardlari")  asarining  arabcha  matni 
Istambulda  1937  y,  lotin  tilida  1482  y,  turk  tilida  1937  y,  o`zbek  tilida  1966  y 
Toshkentda nashr qilingan. 
3. "Daf`-al-madorr al-kulliya an-al-abdan al-insoniya" ("Inson badaniga etishgan 
barcha zararlarni yo`qotish") 
Bu  asar  xifz  assiqa,  ya`ni  sog’likni  saqlash  (gigiena)  va  parhez    masalalariga 
bag’ishlangan  bo`lib,  lotin  tilida  1547  yilda,  arab  tilida  1837  y  Qoxirada,  1978  yil 
o’zbek tilida Toshkentda chop etilgan. 
4. "Kitob al-Qulanj" - yo`g’on ichakda bo`ladigan kolit kasalligiga bag’ishlangan 
asar  bo`lib,  bu  risola  nashr  etilgan,  uning  qo`lyozma  nusxasi  kutubxonalarda 
saqlanadi. 
5.  "Maqola  fi-n-nabz"  ("Tomir  urishi  haqida  maqola")  asari  fors  tilida  yozilgan 
bo`lib, Tehronda 1937 y, 1952 yillar nashr etilgan . 
6. "Urjuza fi-t-tibb ("Fil-l fusul al-arba`")- yilning 4 fasliga oid tibbiy urjuza- bu 
asar  yilning  har  bir  faslida  nima  qilish  kerak,  qanday  ovqat,  ichimlik  va  dorilarni 


21 
 
iste`mol  qilish  kerakligi  haqida  fikr  yuritgan.  Bu  kitob  ham  chop  etilgan, 
qo`lyozmasi kutubxonalarda saqlanadi. 
7.  "Urjuza  fi-l-  mujarrabot"  ("Tajribadan  o`tgan  davolar  haqida  urjuza"),  chop 
etilmagan. 
8.  "Risola  fi-l-box"  ("Shaxvoniy  quvvat  haqida  risola")  -yosh  o`tishi  bilan  bu 
quvvatning  kamayishi  va  uni  qo`zg’atuvchi  dorilar  haqida  gapiriladi.  Chop 
etilmagan. 
9.  "Risola  fi  tadbir  al-musofirin"  ("Safarda  yuruvchilarning  tadbiri  haqida 
risola").  Bu  asar  dengizda  safar  qilgan  vaqtda,  qordan  ko`z  qamashib  og’rigan 
vaqtda,  qattiq  sovuqdan  qo`l-oyoqlar  og’riganda  qo`llanilishi  lozim  bo`lgan  chora-
tadbirlarni o`z ichiga oladi. Turk tilida chop etilgan nusxasi mavjud. 
10.  "Risola  fi  xifz  as-siqqa"  ("Sog’liqni  Saqlash      haqida  risola").  Bu  asar  13 
bobdan  iborat  bo`lib,  unda  umumiy  shaxsiy  gigiena  qoidalari  haqida  to`liq 
ma`lumotlar berilgan. Chop etilmagan. 
11.  "Risola  fi-s  -  sikanjubin"  ("Sikanjubin  haqida  risola")  sikanjubinni 
tayyorlanish  usullari  va  uning  foydalari  haqida  so`z  boradi.  O’rta  asrda  lotin  tilida 
chop etilgan. 
12. "Risola fi-l-fasad" ("Qon olish haqida risola") turk tilida chop etilgan. 
13.  "Risola  fi-l-xindibo"  ("Sachratqi  haqida  risola")  bu  asarning  arabcha  matni 
va turk tilidagi  tarjimasi 1955 y Istambulda chop etilgan. 
Olimning falsafaga oid muhim asarlari quyidagilar:  
"Kitob ash-shifo" - eng yirik falsafiy asar bo`lib, 4 qismdan iborat:  
1) mantiq 
2) tabiiy fanlar (minerallar, o`simliklar, hayvonot olami haqida) 
3) matematika, riyoziyot ilmi 
4)  metafizika  yoki  ilohiyot.  1887-1888  y  Texronda  ,  1952  y  Qohirada  chop 
etilgan. 


22 
 
II. "Kitob an-najot" - ("Najot" kitobi). Bu kitobda kitob ash-shifoning mazmuni 
qisqartirib  bayon  etilgan.  Arabcha  matni  1593  y  Rimda  ,  1913    -1933  y  illar 
Qohirada chop etilgan. 
III.  "Al-  ishorat    va  tanbixot"  ("Ishoralar  va  tanbixlar")  eng  so`nggi  yirik  asari 
bo`lib,  falsafaning  asosiy  masalalari  qisqacha  bayon  etilgan.  Arabcha  matni 
Leydenda  1892  y  ,  Qohirada  1947  y,  Texronda  1864  y,  Istambulda  1873  y  nashr 
etilgan. Fransuz tilida 1951 y fors tilida 1937-1954 yilda nashr etilgan.   
IV.  "Donishnoma"  -  ("Bilim")  kitobi  -  fors-dariy  tilida  yozilgan  falsafiy  asar. 
Forscha  matni  Xaydarobod  1891  y,  Tehronda  1897,  1952  y.  Ruscha  matni 
Dushanbeda 1957 y nashr etilgan. 
             Ibn  Sino tog’larning  paydo bo`lishi  to`g'risida  ajoyib  2 fikrni  bildirgan:  
Birinchidan,  kuchli  yer    qimirlash  hisobidan  yer    qobig’ining  ko`tarilishi, 
ikkinchidan,  suv  oqimi  va  havoning  asta-sekin  ta`siri  natijasida  chuqur  jarliklar 
paydo  bo`lib,  natijada  ularning  yonida  balandlik  hosil  bo`lib  qolishi  sabab  bo`ladi 
degan  nazariyani  ilgari  surgan.  Mineralogiya  va  geologiya  faniga  qo`shgan  hissasi 
tufayli, 1956 yilda O`zbekistonda topilgan yangi mineral Avisennit deb ataldi. 
         Mashhur  shved  botanigi  Karl  Linney  (1707-1778)  Ibn  Sinoning  botanika 
sohasidagi xizmatlarini taqdirlab, tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o`suvchi 
va doimo yashil holda qoladigan bir daraxtni Avitsena deb ataydi. Poeziya sohasida 
ham  ibn  Sino  sezilarli  iz  qoldirdi.  U  o`zining  ayrim  ilmiy  asarlarini  rajaz  vaznli 
she`rda  yozgan.  Olimning  falsafiy  qissalari  fors-tojik  adabiyotiga  chuqur  ta`sir 
ko`rsatdi.  Masalan,  ibn  Sinoning  "At-tayr"  ("Qushlar")  nomli  she`riy  risolasi  bilan 
Fariduddin  Attor  (1142-1224)ning  "Mantiq  at  -tayr"  ("Qushlar  so`zi")  dostoni 
orasida  ma`lum  darajada  bog’liqlik  bor.  Olimning  fors  tilida  yozilgan  bir  nechta 
g'azal  va  qit`alari,  40  dan  ortiq  ruboiylari  mavjud.  Bundan  tashqari  ibn  Sinoning 
tibbiyot va kimyo fanining taraqqiyotiga qo`shgan ulkan hissasi beqiyosdir. 


23 
 
            Ma`lumki,  tabobat  ya`ni  meditsina  fani  eng  qadimiy  fanlardan  bo`lib, 
Misr,  Hindiston,  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarida  asrimizdan  2  ming  yil  oldin 
taraqqiy  topa  boshlagan.  Keyinchalik  bu  fan  qadimgi  Yunoniston,  so`ngra  Rim 
(imperiyasiga qarashli) yerlarida rivoj topadi.   
Qadimgi  Yunon va Rim tabiblaridan quyidagilarni zikr etish mumkin:  
Buqrot, ya`ni Gippokrat (asrimizdan oldingi 460 -355 yillar), Dioskorid (1 asrda 
yashagan)  ,  Jolinus  ,  ya`ni  Galen  (129-200  yillar),  Oribaziy  (325-402  yillar),  Pavel 
(615-690yillar). 
Hindiston  tabiblaridan  Kushon  podshosi  Kanishka  davrida,  ya`ni  1  asrda 
yashagan  Charakaning  tibbiy  asarlari  juda  mashhur  bo`lib,  bu  kitob  Abbosiylar 
davrida arab tiliga tarjima qilingan.  
O`rta  va  Yaqin  Sharq  mamlakatlarida  esa  xalq  orasidan  yetishib  chiqqan  tib 
olimlari quyidagilar: 
-Abu Jurayj - taxminan 8 asrda yashagan, nasroniy tabib. 
-Mosarjavayx  -Umaviylar  davrida  Basrada  yashagan, uni  ko`pincha  al-Yaxudiy 
deb ataydilar.  
-Masix  ad  -Dimashqiy  -  Xorun  ar-Rashidning  (786-809  yillar)  shaxsiy  tabibi 
bo`lgan. "Kunnosh al Kabir" nomli katta asar muallifi. 
-Ibn  Mosavayx    (777-857y)  -  Eronning  ilmiy  markazlaridan  bo`lgan 
Jundishopurda  tug’ilgan,  Bog’dodda  istiqomat  qilgan  va  birinchilardan  bo`lib  ko`z 
kasalliklari haqida ilmiy asar yozgan. 
-Sobur  ibn  Saxl  (869  y  vafot  etgan)  avval  Jundishopurda,  so`ngra  Bog’dodda 
kasalxonani  boshqargan.  Sharqda  birinchi  bo`lib  farmakopiyani  ("Kitob  al- 
aqrabodin al -kabir") yaratgan. 
-Saxorbuxt – Bog’dodda yashagan bo`lib, sodda dorilar haqida kitob yaratgan.  
            Tib  olimlaridan  Abu  Bakr  Roziyning  (865-925y)  nomini  alohida  qayd 
qilish  lozim.  U  O`rta  asrning  eng  buyuk  tabiblaridan  biri  va  ulug’  kimyogari 


24 
 
hisoblanadi.  Abu  Rayxon  Beruniy  o`zining  dorishunoslikka  bag’ishlangan 
"Seydana"  nomli  asarini  yozishda  Roziyning  asarlariga  keng  tayangan.  Roziyning 
tabobatga oid eng yirik asari "Kitob al  -xoviy" ("Qamrab oluvchi kitob") bo`lib, bu 
kitob Roziygacha tib ilmi sohasida ma`lum bo`lgan barcha ma`lumotlarni o`z ichiga 
oladi va hajm jihatdan "Tib Qonunlari"dan  ham katta. Biroq , bu kitobning qat`iy bir 
reja  asosida  bob  va  qismlarga  ajratilmaganligi  undan  foydalanishni  qiyinlashtiradi. 
Shuning  uchun  ham  kitobning  arabcha  nusxalari  ko`p  tarqalmagan  va  hatto  nashr 
ham etilmagan.  
         Ibn Sinoning ustozlari quyidagilar: 
Ali  ibn  Rabban  at-Tabariy  (Marv  shahrida  tug’ilgan)  "Firdavs  al  -  hikma" 
(Xikmat bog’i) nomli katta asarni yozgan. 
Rabi`  ibn  Axmad  al-  Axavayniy  al-Buxoriy  (Abu  Bakr  Roziyning  buxorolik 
shogirdi),  "Hidoyat  al-Mo’tallimin  fit  -  tibb"  ("Tabobatni  o`rganuvchilar  uchun 
qo`llanma)  fors-dariy  tilida  yozilgan  kitobi  mavjud  bo`lib,  1965  y  Eronda  nashr 
etilgan. 
-Abu Mansur al -Xasan ibn Nux al-Qumriy (999 y Buxoroda vafot etgan) ning 2 
ta  katta  asari  bizgacha  yetib    kelgan:  "Kitob  al  -qino  val  -  muno"  ("Mukammal  va 
maqsadlarga yetishtiruvchi kitob"), "Kitob at-tanvir fil istiloxot at -tibbiya" ("Tibbiy 
istiloxlarni yorituvchi kitob").  
              Bulardan  birinchisi,  inson  a`zolarida  bo`ladigan  barcha  kasalliklarni 
davolashga qaratilgan bo`lsa, ikkinchi asar o`sha davr tabobatida qo`llanilgan tibbiy 
terminlarning izohli lug’ati deb ataladi. Ibn Sino bilan yaqindan muloqotda bo`lgan 
tabiblarning  biri  Xorazmda  yashab  ijod  etgan  Abu  Saxl  al-Masixiy  ham  tabib 
sifatida mashhurdir. Uning tabobatga oid ilmiy asari "Kitub al - mi` - a fis - sinoat  at 
- tibbiya" ("Tib san`ati bo`yicha 100 kitob") nomli bo`lib, unda tibbiyotga oid barcha 
sohalar mufassal bayon etilgan. 


25 
 
Umuman  Ibn  Sino  oldida  turgan  asosiy  vazifa  turli  xalq    namoyandalari 
tomonidan  asrlar  davomida  tib  ilmi  sohasida  to`plangan  ma`lumotlarning 
muhimlarini  2-darajadagilardan  ajratib,  ularni  muayyan  bir  tartibga  solish  va  o`z 
tajribalari  bilan  boyitilgan  holda  ma`lum  nazariy  va  qonun  -  qoidalar  asosida 
umumlashtirishdir. 
            Nihoyatda  murakkab  va  mas`uliyatli    vazifani  ibn  Sino  katta  mahorat 
bilan  amalga  oshirdiki,  uning  "Tib  Qonunlari"  asari  jahon  tib  ilmi  tarixida  tutgan 
mavqei yorqin guvohlik beradi. 
                "Tib Qonunlari" kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili 
Rimda,  keyinchalik  u  hozirgi  Qohira  (1873,1877,1879),    Tehron  (1889),      Laknav 
(1906)  va  Loxur  (1906)    shaharlarida    chop  etildi.  Ispaniyaning    Toleda  shahrida 
1130  yilda  tarjimonlar  kollegiyasi    tashkil  qilinadi  va    Kremonalik  Gevard  (1114  - 
1187  y)  "Tib  Qonunlari"  ni    arab  tilidan  lotin  tiliga  tarjima  qilishga  kirishadi. 
Shundan  boshlab  "Tib  Qonunlari"  kitobi  Yevropa    vrachlari  qo`lidagi  asosiy 
qo`llanmaga  aylanadi  va    universitetlarda  meditsina  fani  shu    asar  bo`yicha  
o`qitilgan. 
 
             O`zbekistonning  sharqshunos  olimlari    Toshkentdagi  shifokorlar  bilan 
hamkorlikda  1954-1961yillar  mobaynida    "Tib  Qonunlari"  ning      besh  kitobini 
arabchadan o`zbek va rus tillarida tarjima qilib nashr etdilar.   
Umuman, 
"Tib 
Qonunlari" besh kitobdan iborat va ular quyidagilar:  
            Birinchi  kitob  -  tabobatning  nazariy  asoslari  hamda  amaliy  tabobatning 
umumiy  masalalari  haqida  ma`lumot  beradi.  Tabobat  ilmining  ta`rifi,    uning 
vazifalari,  xilt  va  mizoj  haqidagi  ta`limot  bayon  qilinadi.  Keyin  odam  tanasining 
"oddiy"  a`zolari  -  suyak,  tog’ay,  asab,  arteriya,  vena,  pay,  mushaklar  haqida 
qisqacha  anatomik  ocherk    keltiriladi.  Kasalliklarning  kelib  chiqish  sabablari, 
ko`rinishlari,  turkumlari  hamda  ularni  davolashning  umumiy  usullari    keltiriladi.


26 
 
  Ovqatlanish,  hayot  tarzi  va  hayotning  hamma    bosqichlarida  Sog’liqni  saqlash 
tadbirlari haqidagi ta`limot batafsil bayon qilinadi.    
          Ikkinchi    kitob  -  o`sha  davr  tabobatida  qo`llanilgan  dori  -  darmonlar 
haqida  zaruriy  ma`lumotlar  bayon  qilingan  mukammal    majmuadir. Unda o`simlik, 
hayvon va ma`danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori - darmonlar ta`rifi,  ularning 
davolik xususiyatlari va qo`llanish  usullari bayon qilingan. Muallif O`rta Osiyo va 
Yaqin Sharq hamda O`rta Sharq mamlakatlaridan  chiqadigan - dori - darmonlardan 
tashqari  Hindiston,  Xitoy,  Yunoniston,  Afrika,  O`rta  yer    dengizining  orollari  va 
boshqa joylardan keltiriladigan ko`plab dorivor o`simliklarni ham ko`rsatib o`tadi. 
          Uchinchi kitob - Inson tanasining boshidan tovonigacha bo`lgan a`zolarida 
yuz  beradigan  "Xususiy"  va  "Mahalliy"  kasalliklar  haqida  ma`lumot  beradi.  Ya`ni, 
bu  kitob  xususiy  patologiya  va  terapiyaga  bag’ishlangan.  Unda  bosh  miya,  ko`z, 
quloq, burun, og’iz bo`shlig’i, til, tish, milk, lab, tomoq, o`pka, yurak, qizilo`ngach, 
oshqozon    kasalliklari,    jigar,  o`t  pufagi,  ichak,  buyrak,  qovuq,  jinsiy  a`zolar 
kasalliklari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan. 
           To`rtinchi kitob - inson a`zolarining birortasiga xos bo`lmagan "umumiy"  
kasalliklarga bag’ishlangan. Masalan, turli isitmalar (buxronlar), shishlar, toshmalar, 
yara - chaqalar,  kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli xil jarohatlar kiritilgan.  
  
 
           Shuningdek  mazkur  asarda  o`ta  yuqumli  kasalliklar:  chechak, 
qizamiq,  moxov,  vabo  va  quturish  kasalliklari  haqida  so`z  boradi.  Shuningdek, 
toksikologiyaning  ham  asosiy  masalalari  bayon  qilinadi.  Kitobning  maxsus  bo`limi 
inson  husni  va  chiroyini  saqlashga  va    pardoz  -  andoz  vositalariga  bag’ishlangan, 
sochni to’kilishdan saqlaydigan, haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning 
oldini oladigan dori-darmon va tadbirlar haqida so`z yuritilgan.    
           Beshinchi  kitob  -    farmakopiya  bo`lib,  unda  murakkab  tartibli  dori  - 
darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish  usullari bayon qilingan. Kitobning 1-
qismida  turli  taryoqlar  (ziddi  -  zaharlar),  ma`junlar,    kulchadori,  elaki    dori, 


27 
 
sharbatlar, qaynatma, sharob, malham  va boshqalar  tavsifi  berilsa, 2- qismida esa 
muayyan a`zolar - bosh, ko`z, quloq, tish, tomoq, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig’i 
a`zolari,  bo`g’imlar  va  teri  kasalliklarini  davolash  uchun  ishlatiladigan  dori 
darmonlar keltiriladi.  
          Xulosa  qilib  aytganda,  Abu  Ali  ibn  Sinoning  eng  mashhur  va  durdona 
asarlaridan biri "Kitob al -Qonun fit-tib" (Tib qonunlari) kitobi hisoblanadi. Bu asar 
o`z zamonasidagi tabobat ilmlarining  mufassal  qomusi  sifatida  inson sog’ligi va 
kasalliklarga  oid  bo`lgan  barcha  muammolarni  mantiqiy  tartibda  to`la  mujassam 
etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e`zozlaydi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish