232
buni ham tiqiladi ham surtiladi, yoki asal va sirka bilan qaynatilgan zanjabilni,
bu nihoyatda foydali yoki qatron bilan anguzani, yoki darmana bilan anguzani,
yoki anguzaningo’zini, uning oqib tarqalmasligi uchun mum qo’shib qaynatiladi;
bu tish og’riqini qoldirishda kuchli,anbarning o’zini yoki uni dorilar bilan
qo’shib yoki zok bilan huzazni tiqiladi. Kofurni tiqib sinalganda, g’oyat darajada
foydali bo’ladi, yeyilishning ko’payishiga to’sqinlik qiladi va tish og’riqini
to’xtatadi. Yana tish og’riqi bobida aytilib o’tgan dorilardan ham foydalanish
kerak.Tishlarning yeyilishida goho qunduz qiri, nazla o’ti, afyun va gal'ban
yelimidan barobar bo’laklar olib, yoki asal, murch va hil, yo asal, nazla o’ti va
murr yoki asal bilan saqich daraxtining urug’i yoki ustiga qaynatilgan sirka
quyilgan toza tuproq, kaltakesak jigari, o’ziga barobar huzaz bilan qo’shilgan
o’ldirilmagan oltingugurt yoki yattu' suti bilan qo’shilgan murch, nazla o’ti bilan
qo’shilgan buraq, mingdevona urug’i bilan qo’shilgan gal'ban yelimi va afyun
bilan qo’shilgan may'a yelimini surtiladigan dori qilib ishlatiladi. Tishlarning
yeyilishiga qarshi yaxshi dorining tarkibi: buraq va mingdevona har biridan ikki
bo’lak, nazla o’ti va murchning har biridan bir bo’lak va afyundan uch bo’lak
olib, tishning yeyilgan kovak joyiga qo’yiladi. Yana bir tarkib: anor dumi, murch
va archa bujurining har biridan bir bo’lak, tog’ mayizi, qichitqio’t va afyunning
har biridan yarim bo’lak olib ishlatiladi. Goho tiqiladigan va surtiladigan
dorilarni birgalikda ishlatiladi. Goho kovak tishga kuchli falfandiyun, yo
savrinjon, yoki ohakdan ikki bo’lak, navshadil, achchiqtosh, murr, mozi, arab
akatsiyasi shirasi va gulsapsar ildizidan bir bo’lakdan, kuydirilgan arpa
va dengiz
ko’pigidan iborat murakkab dori qo’yiladi. Ba'zan o’sha tarkibga gal'ban yelimi
qo’shiladi. Og’izga olib turiladigan og’iz chayiladigan dorilarning juda foydalik-
laridan biri kovulni sirka bilan to sirkaning yarmi ketgunicha qaynatilib, og’izga
olib turishdir. Goho yeyilgan joyning o’ziga tomiziladigan dorilar ishlatiladi,
233
masalan, zaytun yog’ida qaynatib eritilgan zirnixni yeyilgan joylarga tomiziladi.
Og’izning yeyilgan tish tomoniga bodom yog’ini tomizilsa ham foyda qiladi.
Tishlarning uvalanishi va sinishi
Ko’pincha bunga tish mizojining qo’lga aylanishi sabab bo’ladi.Tish mizoji
goho juda quruq bo’lib ham qoladi. Ularning orasidagi ayirma tishning ozg’inligi
yoki buning aksicha bo’lishligidir. Agar tishda rang o’zgarganlik yoki
yeyilganlik belgisi bo’lsa, bu narsa moddali ho’l mizojga dalolat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: