Davolash tadbirlari:
1.Moddani kamaytirish.
2.Sababchini yo`qotish, bartaraf etish.
3.Oqishni to`xtatish yoki uni mo`tadil darajaga keltirish yoki boshqa tanaga
yuborish.
Asosiy tadbir: me`da buzilishidan, ovqat va ichimliklar bilan to`lib ketishdan
saqlanish kerak. Kunduz kuni uxlamaslik kerak, mumkin qadar tashna, och va
uyqusiz bo`lish kerak.
Davolash:
1.Umuman avval qon olish
2.Keyin surgi qilish
-uyqusizlik bo`lsa, ko`knor sharobi, bo`lmasa agar unga shakar qo`shib iste`mol
qilish
-tashnalik bo`lsa: ko`knor sharobiga suv qo`shib ichish
-chopish va quyi a`zolarni harakatga keltirish moddani quyi keltiradi
-nazla paydo bo`lishidan oldin tezlikda hammomga tushish
Issiq nazlada: tomirdan qon olish, issiq xiltlarni chiqarish uchun surgi dori va
moddani quyiga tortuvchi huqna dorilar buyuriladi.
Sovuq nazlada: shilliq xiltni boshdan surib chaqiruvchi, ichiladigan va hukna
qilinadigan dorilar tavsiya etiladi.
Nazlani keltirib chaqiruvchi sabablarga qarshi:
Issiqlikdan bo`lsa - naxorda har kun hammomga tushish va shirin suvda
cho`miltirish, bosh, ho’l- oyoq va kindik orqa teshigiga binafsha yog’i surtiladi.
203
-Arpa, ko`knor, binafsha, bobunadan tayyorlangan dorilarni buyurish.
-sovituvchi dorilar boshga qo`yiladi. Yengil, ho’llovchi, sovo’tuvchi ovqatlar
beriladi.
-Yantoq shakar, skanjubin beriladi
Sovuqlikdan bo`lsa:
-boshni isitishga harakat qilinadi, paxtadog’ yoki tuz va tariq bilan ba`zan juda
issiq suv bilan kompress qilinadi.
-qo’l- oyoqlarga ukrop yog’i, bobuna, sarimsog’yog’i surtiladi. Kuchli yog’lar -
gazako`t, dafna, bom daraxti, gulsapsar yog’lari
- boshga va peshonaga xardal, qust va boshqalardan tayyorlangan dorilar
surtiladi.
-qizartiruvchi dorilar tarkibiga kaptar tezagi, hardal, anjir, yalpiz va tog’ gazak
o`tining yelimi kiradi.
Sovuqlikdan bo`ladigan nazlada u etilishidan oldin qonga tushmasligi kerak.
Nazla oqimini to`xtatishga qarshi sovuq dorilar buyuriladi. Masalan, sovuq suv,
gul suvi, yasmiq suvi, kashnich suvi, ko`knor po`sti qaynatilgan suv, yoki anor suvi
bilan tomoq chayiladi.
Issiq nazlada suvlar sovutilib, sovuq nazlada esa isitilib chayqaladi.
Sovuq nazlada:
1.Sharobga murr solib ezib tomoqqa surtiladi.
2.Afyun moyi yelimi, kundur yelimi, za`farondan tayyorlangan qo`li og’izda
shimiladi.
3.Karam sharobi va murr solingan qaynatma iste`mol qilish.
Issiq nazlada: ko`knor sharobi qo`llaniladi.
Sandarak yelimi, sedana, qust, qamo’t kabilar tutatiladi.
Nazlaning quyuq - suyuqligini mo`tadil qilish uchun yalanadigan dorilardan
kotiro, behi urug’i olib shimish kerak.
204
Dorilarni burunga ishlatish yo`llari:
1.Tutatiladigan.
2.Hidlanadigan.
3.Aksirtiradigan (dorilar suyuq bo`lib ular burunga tomiziladi).
4.Tortiladigan (ular ham suyuq bo`lib havo orqali tortiladi).
5.Puflanadigan dorilar (quruq bo`lib, burunga puflanadi naycha orqali).
Do'stlaringiz bilan baham: |