G’ayritabiiy balg’am xiltining ortib ketishdan yuzaga keladigan alomatlar:
Yuzda oqlikning ortiqchaligi, gavdaga tegib sezilganda shalpayganlik, tashnalik,
namlik, ovqatni hazm qilish jarayonida nordon kekirish, siydikning rangsizligi, ko`p
uxlash, yalqovlik, asablarning bo`shashganligi, tomir urishining yumshoqligi
sekinlik va siyrakligi belgilari kuzatiladi.
G’ayritabiiy safro xiltining ortib ketishdan yuzaga keladigan alomatlar:
Yuz va ko`zning sariq tusliligi, og’izning achchiqligi, tilning g’adir-budir
bo`lishi va quruqligi, burun ichining qurishi, salqin shamoldan lazzatlanish, qattiq
tashnalik, tomir urishining tezlashishi, sariq yoki ko`k safro qayt qilish, ichning
achituvchi ketish, xuddi igna sanchilayotgandek badan tuklarining tik turishi
belgilari namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |