Yurakni davolashning umumiy qoidalari
Ammo bu yerda faqat tib kitoblarida aytilishi kerak bo`lgan qoidalarga amal
qilib o’tamiz: yurak boshqaruvchi a`zo va hamma boshqaruvchi a`zolarning eng
birinchisi va eng muhimi bo`lgani uchun uni dorilar bilan davolashdagi dadillik,
yurak xiltini bo’shatmoqchi bo`lsak ham yoki mizojini almashtirmoqchi bo`lsak ham
ehtiyotlik bilan ish olib borish kerak.
Tomirlardan qon olib bo’shatishga kelsak, biz u bilan davolashga
kirishganimizda tozalovchi boshqa tadbirlar bilan qo’shib qilishga ehtiyoj
sezmaymiz, balki bizga ko`proq lozim bo`ladigan narsa unday bo’shatishni haddan
tashqari qo’llab, kasalning quvvatini tushirib yubormaslik va agar quvvat ozgina
susayib yurakning sovuq yoki issiq mizoji sababli kuchsizlanganda uni ko’taruvchi
narsalar bilan kuchaytirish lozimdir.
274
Bu faqatgina qon olishgagina tegishli emas, balki qon olishda garchi qattiqroq
ehtiyot qilinsa ham, boshqa hamma bo’shatish tadbirlariga ham tegishlidir.
Qon olishdan boshqa tadbirlarni ishlatishga ehtiyoj qolmasligining sababi qon
olishning yurakka borib to’shadigan dori bilan bo’lmasligidadir; shu bilan birga
yurakda bo`ladigan toliqishlarning ko`pi qon va bug’dan bo`lib, tomirdan qon olish
har ikkalasining ham zararini qaytaradi.
Agar to’liqlik qondan bo`lsa, o’ng bosliqdan, bug’dan bo`lsa, so’l boslikdan qon
olinadi.
Dorilar bilan bo`ladigan bo’shatishlarga kelsak, bunda yuqorida aytilgan tadbirga
boshqa tadbirlarni ham qo’shish kerak, chunki bo’shatuvchi dorilarning ko`pi
badanga qarama-qarshi bo`lganidan, ularni yurak dorilari bilan birgalashtirish kerak,
yurak dorilari esa o’z xossalari bilan yurakka quvvat beradigan dorilardir.
Yurak xiltini bo’shatishda ishlatiladigan dorilarga yurakka munosib bo`lgan
taryoqlik va bodzahrlik dorilar aralashtiriladi. O’sha dorilarning ko`pi, hatto juda
ko`pchiligi, boshqa tomondan ham foyda yetkazadi: ular bo’shatuvchi dorilarni
yurakka o’tkazadi va yurakdan boshqaga o’tishdan qaytaradi.
Yurak mizojini almashtirishda sovuq, yo issiq, yo ho’l, yoki quruq mizojga
almashtirish tadbiri ishlatiladi. Sovuq mizojni almashtirmoqchi bo`lsak, issiqlik
dorilarni yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatamiz; shu bilan birga shu
dorilarning yurak xiltini qattiq qo’zgatib yubormasligi ko’zda tutiladi, aks holda xilt
yurak tanasini yel yoki shish paydo qiluvchi modda va boshqa narsalar bilan
tortishtiradi.
Issiq mizojni almashtirmoqchi bo`lsak, sovutuvchi dorilarni ishlatish bilan
chegaralanmaymiz. Chunki yurakning yaratilishiga sabab bo`lgan modda, ya`ni
yurakka quyiladigan ruh moddasi issiq modda bo`lib, uning issiqligi badanga zararli
haroratdan boshqa bo`lgan tug’ma haroratdir.
275
Yurak mizojining issiqda aynib buzilishi sababli shu ruh moddasida kamayish,
tarqalish, tutunsimon bo`lish va xiralanish paydo bo`ladi; shu paytda yurak tanasiga
o’zining issiqligi bilan, to’g’rirog’i issiqlik birgalashib keluvchi alohida xususiyati
bilan tug’ma issiqlikni kuchaytiruvchi issiq dorilar bilan aralashmagan biror
so’ndiruvchi dori borib tushaversa, u tarmoq, ya`ni yurak tanasiga foyda qilsa ham
aslga, ya`ni ruhga zarar qilishi mumkin.
Yurak tanasining issig’ini mo`tadillashtirish bilan birga ruhning issiqligi
zararlansa, uning foydasi nima bo’lar edik shuning uchun qadimgi olimlarning
ichida yurakning buzilgan issiq mizojiga va u mizoj sababli paydo bo`ladigan
kasalliklarga davo ishlatishda sovuqlik dorilarni issiqlik dorilarga aralashtirmasdan
ishlatganlari uchramaydi.
Chunki ular, faqat kuchli bo`lsa, sovituvchini isituvchidan ajratib sovituvchi
dorilarni yurakka, isituvchilarni esa ruhga yetkazishiga va natijada, yurakning
harorati mo`tadil bo`lib ruhning harorati oshishiga ishonganlar.
Ular govzabon kabi o’z xossasi bilan ruhni kuchaytiradigan va mo`tadil yoki
mo`tadillikka yaqin dorini uchratganlarida undan ko`p foydalanganlar; ammo tabiat
kuchsiz bo`lsa, hech bir tadbir foyda qilmaydi.
Goho qadimgi tabiblar sovuqlik yurak dorilari moddasining og’irligi,
singishining kamligi, tabiatning singishga emas, to’xtab qolishga moyilligini
bilganliklaridan yurak issiqlik dorilarini ishlatishga muhtoj bo`lganlar, ularni
birgalashtirib olib o’tadigan yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatganlar,
shunda ular tabiatning sovituvchi dorilarni yurakka yetkazishiga yordamlashadi.
Masalan,
ular
za’faronni
kofur
kulchalarining
hamma
tarkiblariga
aralashtiradilar, shunda boshqa qo’shimchalarni za’faron yurakka o’tkazadi.
So`ngra tabiiy kuch za’faronni yurakdan qaytarib, ruh bilan mashg’ul qiladi;
sovutuvchilardan esa yurak mizojini mo`tadil qilish uchun foydalaniladi.
276
Bunday qilish nuqul sovutuvchi dorilarni ishlatib, keyin ularning yo`l boshida
to’xtab qolib o’ta olmay turishlaridan ko’ra foydaliroqdir. O’zi bilmasdan,
qadimgilarning
xatosini
tuzataman
deb,
kofur
kulchalariga
za’faronni
qo’shmaydigan tabiblar kofur kulchalarining foydasini kamaytirib qo’yadilar.
Yurak issiq mizojiga qarshi ho’l mevalarning qaynatib quyultirilgan shiralarini,
ayniqsa shom olmasining va behining suvini ichirish bilan ham davo qiladi; ular juda
yaxshi davo hamda yurakni kuchaytiruvchilarga qo’shiladigan so’ndiruvchi suyuq
va quyuq surtma dorilar bilan davo qilinadi. Agar mizoj buzilishining sababi modda
bo`lsa, bo’shatiladi.
Ma`jun dorilar bilan, rayhoniy sharob, mo`tadil badantarbiyalar, yurakka
ishlatiladigan issiqlik, xushbo’y quyuq va suyuq surtma dorilar bilan va hazm
bo`ladigan miqdordagi issiqlik ovqatlar bilan davolanadi. Mizoj buzilishining sababi
modda bo`lsa, bo’shatiladi.
Yurakning buzilgan quruq. Mizojini ho’llovchi ovqatni ko`p yedirish, so`ngra
hammomga tushirish, vanna qabul qildirish, dam olish kam harakat qilish, tinch
kuyish va sovuq suv ichirish bilan davolash kerak.
Buzilgan mizojda sovuqlik bo`lsa, juda sovuq, bo`lgan suvdan saqlaniladi; ovqat
va ichimliklar mo`tadil miqdorda beriladi, issiq ovqatdan keyin ko`pgina uxlatiladi.
Sabab modda bo`lsa, uni bo’shatiladi.
Yurakning buzilgan ho’l mizojini esa yengil ovqat kirituvchi dorilarni ishlatish,
mo`tadil badantarbiyalarni ketma-ket va ko`p qilish bilan davolanadi; modda sabab
bo`lsa, uni bo’shatiladi; ko`pincha ovqatdan ilgari badantarbiya qildiriladi,
hammomga va issiq buloq suvlariga tushiriladi, issiq suvga ko`p tushib turiladi, surgi
dorilar, siydikni haydovchi dorilar iste`mol qilinadi, kuchli va rayhoniy xushbo’y
sharobdan oz-oz iste`mol qilib turiladi va yaxshi kaymusli ovqatlardan ko`p emas,
oz miqdorda iste`mol qildiriladi.
277
Agar u mizoji issiq bo`lsa, hammomdan saqlaniladi, jinsiy aloqani
cheklanilmaydi. Mizoj buzilishining sababi ho’l yoki issiq. Modda bo`lsa, uni
bo’shatiladi.
Yurakka ishlatiladigan dorilar. Yurakka ishlatiladigan dorilarni to`la-to`kis qilib
oddiy dorilar lavhalarining "Nafas a`zolari" lavhasidan terib olish kerak.
Oddiy dorilarning mo`tadillikka yaqinlari yoqo’t, qora marjon va feruza, oltin,
kumush va gavzabondir. Ularning issiqlari esa dorunak, parpi, mushk, anbar,
yovvoyi zanjabil, ipak va za`farondir; ikkala xil baxman tez foyda qiladi, karanful
esa juda ajoyib dori.
Bunday dorilardan yana limon, rayhon va uning urug’i hamda tog’ rayhoni va
uning urug’i, shohi isfaram rayhoni va uning urug’i, xil, kelindona, tuklik rayhon va
uning urug’i, sitron yaprog’i, hind sodajini kursatish mumkin. Qora andiz ham
ajoyib dorilardandir.
Sovuq dorilar esa marvarid, qahrabo, marjon, kofur, sandal, qizilgul,
taboshir, muhr loyi, olma, quruq va ho’l kashnichdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |