Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Tish og’rig’i 
Tishlar yuqorida aytganimizdek, goho , o’z moddasidagi og’rituvchi biron sabab 
bilan,  goho  tishda    joylashgan  asablardagi  ,  ba’zan  esa  milkdagi  og’rituvchi  sabab 
bilan og’riydi, yana milkdagi shish o’sib chiqqan moddani qabul qiladigan oshiqcha 
et  sababli  yoki  milkning  bo’shashuvi  va    ilvirash  sababli    ham  tish  og’rig’i  yuz 
beradi. Shunda tish milki yomon moddalarni qabul qilaveradi. Va moddalar milkda 
sasib  tishlarga  zarar  yetkazadi  va  ularni  qimirlaydigan  qilib  qo’yadi.  Og’rigan 
tishlardan  alam  chekadigan  kishilarning  og’rigan  va  og’rimagan    tishlarni  ajrata 
bilishi qiyin bo’ladi. 
Tishlarni davolash  turlari ko’pdir. Tish og’rig’ining sababi buzilgan sod mizoj 
bo’lib,  u  sovuq  yoki  issiq  mizoj  yoki  keksalarda  bo’lgani  kabi  ovqat  
yetishmaganlikda bo’ladigan quruq mizoj bo’ldi, lekin, ho’l mizoj bo’lmaydi, bu o’z 
joyida ma’lum bo’ldi. Yoki sabab moddali yelli buzuq mizoj bo’ladi. Modda ba'zan 
tishda  shish  paydo  qiladi,  goho  uni  kovak  qiladi  va  ba'zan  unda  qurt  paydo  qiladi. 
Butun  gavda  modda  bilan  to’lgan  bo’lsa  ham,  tishlarga  keladigan  modda  yo 
me'dadan  yo  boshdan  yoki  ikkalasidan  birgalikda  keladi,  chunki  butun  gavdadan 
tishlarga tomon bo’ladigan yo’l o’sha ikkalasi orqali o’tadi.  
Goho  o’tkir  isitmalarda  tishlar  mizoj  buzilishida  ishtirok  etganligidan  ular 
og’riydi.      Yeyilgan  tishning  tagida      og’riq  va  lo’qillash  paydo  bo’lsa,  uning 
ildizida  yetilmagan  chiqindi  borligi  bilinadi.  Shunda  og’riq  va  shishga  qarshi 
davo qilish, keyin tishni sug’urib tashlash kerak.  
Belgilar: Tish og’rig’i bilan birga milkda yoki milk tevaragida biror kasallik va 
shish  bor  yoki  yo’qligiga  diqqat  bilan  qarash  kerak.  Milkda  shish  bo’lsa, 
ko’pincha  sabab  tishning  o’zida  emasligi  taxmin  etilib,  shunga  hukm  qilinadi. 
Milkning    o’ziga  tegilganda  og’risa  ham,  o’shanday  hukm  qilish  kerak.  Agar 


227 
 
milkning  o’zida shish  bo’lmasa, sabab  yo  tishning  o’zida, yoki  uning ildizidagi 
asabda  bo’ladi.  Tishda  shish  borligi  yoki  uning  yeyilganligi  sezilsa,  sabab 
tishning moddasida bo’ladi, tishning bo’yiga qarab bo’ladigan og’riq sezilsa ham 
shunday.  Ammo  og’riq  faqatgina  tishning  chuqurida  sezilsa,    sabab  tish 
ildizidagi  asabda  bo’ladi,  ayniqsa  tish  ildizidagi  etda  yoki  jag’da  aniq  og’riq 
bo’lsa    va tish qamashgandek sezilsa, shunday bo’ladi.  
Tish  mizojlarining  issiq  va  sovuqligini  bilib  o’tgan  narsalar  bilan  belgilanadi. 
quruqligiga  esa    tishning  xipchaligi  va  qimirlashi,  yel  borligiga  kengaytiruvchi 
og’riqning  ko’chib  yurishi,  xiltning  quyuq  ekaniga  juda  aniq  issiq  va  sovuq 
bo’lmay  turib  og’riqning bir  joyda turishi  belgi  bo’ladi. Xiltning  o’tkirligiga va 
uning  qon  yoki  safro  ekaniga  og’rituvchi  narsadan  tishning  tez  aziyatlanishi, 
sanchib  og’rishi,  milk  rangining  xiltga  hamshakl  bo’lib  qolishi  va  tegilganda 
juda issiq tuyilishi dalil bo’ladi. Xilt kelib chiqayotgan joyning miya yoki me'da 
ekani u ikkalasidan birining yoki ikkalasining to’liqligi bilan bilinadi. 
Og’riqning  sababi  milkda  bo’lsa,  tishni  sug’urib  tashlash  bilan  og’riq 
bosilmaydi va bunday  qilish ham kerak emas. Sabab tishda bo’lsa, uni sug’urib 
tashlash bilan og’riq bosiladi. Sabab asabda bo’lsa, ba'zan sug’urish bilan og’riq 
bosiladi,  ba'zan  bosilmaydi.  Bunda  og’riqning  bosilish  sababi  tishda  bo’g’ilib 
tutilib qolgan va tabiat yoki dori uning tarqatilishini istaydigan modda haydalib 
boradigan keng joy topishidir. 
Davolash: Tish og’rig’i biror a'zoning  hamkorligi bilan bo’lsa, davolash ishini 
tomirdan qon olib yoki surgi ishlatib, o’sha hamkor a'zoni tozalash bilan boshla; 
surgini  iyoraj,  Abu  Jahl  tarvuzining  eti,  saqmuniyo  va  ivitib  ichiladigan  dorilar 
bilan  qilinadi.  Sabab  boshda    bo’lsa,  tomoq  chayiladigan  dorilar    bilan  bosh 
tozalanadi. 
Agar tish milkida va oralaridagi etda sezilarli shish bo’lsa, kasalning quvvati va 
sharoitiga  qarab,  avval  tomirdan  qon  olish  va  surgi  qildirish  kerak.  Dastlab 


228 
 
hamma  tish  og’rig’ida  ham  sovutuvchi  shiralar,  qaynatmalar  va  bularga 
o’xshashlarni  kofur  bilan  kuchaytirib,    lekin  unchalik  burishtiruvchi  qilib 
yubormay,   og’izga   olib   turish lozim. Ko’pincha gul yog’i va mastaki bilan, 
yoki  g’o’ra  zaytun  yog’i,  yoki  mirta  yog’i  bilan  cheklanish  kifoya  qiladi. 
Mayizdan  qilingan  eski  nabiz  sharobi  va  gulning  xom  yog’ini  olib,  nabiz 
sharobini  o’sha  yog’da  yaxshigina  qaynatib  og’izga  olib  turish  ham  tish 
og’riqlariga  qarshi  foyda  qiladi.  Undan  keyin  asta-sekin  yetiltiruvchi  va 
shimiltiruvchi dorilarga o’tiladi. 
Kuchli  dorilarning  ozginasini  ham  ichga  ketishidan  saqlanish  kerak.  So’ngra 
asta-sekin  a'zoning  o’zini  bo’shatishga  o’tiladi;  buning  uchun  tishlarning 
ildizlariga  zuluk  solinadi,  yoki  til  tagidagi  tomirdan  qon  olinadi,  yoki  soqol 
chiqadigan joyning tagini tilib  qortiq qo’yiladi. Og’riq zo’raysa, tishning tagiga 
nazla  o’tini  kofur  bilan  qo’shib  yopishtirish  kerak.  Og’riq  yana  zo’raysa, 
ko’pincha afyunni gul yog’i bilan ko’shib ishlatishga to’g’ri keladi. Agar afyunni 
ishlatmaslikning  iloji  bo’lsa,  uni  ishlatmaslik  yaxshiroq,  aksincha  yetiltiruvchi 
dorilarni ishlatish kerak. 
Tish  og’rishining  sababi  tishning  o’zida  yoki  asablarida  bo’lib,  ularda  modda 
bo’lmasa,  balki  mizoj  buzilganligi  bo’lsa,  uni  qarama-qarshi  mizojlik  ma'lum 
tish  dorilari  bilan  davolanadi.  Tish  mizojining  buzilganligiga  va  uning 
kuchsizligiga  issiq  narsani  chaynaganlik  sabab  bo’lsa,  sovuq  mizojlik  yog’ni 
ilitib  og’iz  chayiladi,  keyin  uni  sovutib  chayiladi.  Mizoj  buzilganligiga  sovuq 
narsani chaynaganlik sabab bo’lsa, sovuq mizojlik yog’ o’rniga Rum sunbulining 
yog’i va bon yog’i kabi issiqlik yog’lar bilan og’iz chayiladi, qovurilgan tuxum 
sarig’ini  issiqligida  yoki  issiq  nonni  tishlab  turiladi.  Yuqorida  aytilgan  ikki  xil 
mizoj buzilishining hamma turlarida o’sha ikkala tadbir aniq foyda qiladi. 
Tish og’rishining sababi quruqlikning o’zi bo’lsa, tishni maska yog’ va o’rdak 
yog’i bilan ishqalash foyda qiladi. Agar mizoj quruqligi qanday bo’lsa ham, biror 


229 
 
modda  bilan  birga  bo’lsa,  u  modda  xoh  issiq,  xoh  quyuq,  xoh  ko’p  bo’lsin, 
baribir  unga  mos  keladigan  qilib  bo’shatish  kerak.  hamma  hollarda  ham  oldin 
boshlab  sovutuvchi  va  qaytaruvchi  dorilarni  ishlatish  kerak;  biroq  modda  issiq 
bo’lsa, bu ko’proq zarur, quyuq bo’lsa, kamroq. Kuydirib sirka bilan ivitilgan va 
o’ziga  barobar  tuz  bilan  qo’shib  mayin  yanchilgan  achchiqtosh,  ayniqsa  sovuq 
moddalarga  nisbatan  kuchli  qaytaruvchi  dorilardan  sanaladi.  Bularni 
ishlatgandan  keyin  sirka  yoki  uzum  sharobi  bilan  og’iz  chayiladi.  Sirka  bilan 
qo’shilgan mozi ham qaytarish uchun yaroqli dorilardandir. 
Modda  issiq  bo’lsa,  sovutuvchi  shiralar  bilan  davolanadi  va  uni 
mo’'tadillashtirish tadbiri qo’llaniladi. U shiralar ta'sir qilmasa, shimiltirish yoki 
uvushtirish tadbiri qo’llaniladi. Agar  modda quyuq yoki ko’p bo’lsa, biz aytgan 
dastlabki  davolashdan  keyin  shimdirish  tadbiri  qo’llaniladi.  Og’iz  chayiladigan 
sirkada gul yog’ining Goho uvushtiruvchn dorilarni ichiriladi. Masalan, filuniyo 
ma'junini tish og’rig’idan shikoyat qilgan kishi ichsa va og’izga olib uxlasa, tish 
kasalining  moddasi  yetilib,  og’rig’i  to’xtaydi.  Qor  bilan  nihoyat  darajaga 
yetkazib  sovutilgan  suv  zarar  yetkazmay  uvushtiradigan  dorilar  to’dasidandir; 
uni  og’izga  ketma-ket  olinsa,  ba'zan  boshlanishida  og’riq  ko’paysa  ham,  keyin 
tish sezgisiz bo’lib og’riq to’xtaydi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish