I-BOB.UMUMIY BO’LIM
Kirish
Ma`lumki tabobat, ya`ni meditsina fani eng qadimiy fanlardan
hisoblanadi. O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida esa tabobat fani ancha
taraqqiy qilgan bo`lib, qator mahalliy olimlar yetishib chiqqan, hamda arab
va fors tillarida tibga oid ilmiy asarlar yaratilgan. Ularning ko`pchiligi
shubhasiz Ibn Sinoga ma`lum edi. Ibn Sino oldida turgan asosiy vazifa -
mana shu turli xalq olimlari tomonidan asrlar davomida tib ilmi sohasida
to`plangan ma`lumotlarning muhimlarini va ikkinchi darajadagilarini
ajratib, muayyan bir tartibga solish va ularni o`z tajribalari bilan boyitgan
holda ma`lum bir nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirishdan
iboratdir.
Nihoyatda murakkab va mas’uliyatli vazifani Ibn Sino katta mahorat
bilan amalga oshiradiki, uning “Tib qonunlari” va bu asarning jahon tibbiyot
ilmi tarixida tutgan mavqei va qozongan shuhrati yorqin guvohlik berib turadi.
“Tib qonunlari” sharq mamlakatlarida shu qadar yuksak ahamiyatga molik
bo`lib ketdiki, tabobat ilmini usiz tasavvur qilib bo`lmas edi. Sharqda e`tibor
qozongan "Tib qonunlari" ko`p o`tmay g’arb mamlakatlarida ham shuhrat
topdi. Ma`lumki o`rta asrlarning to uyg’onish davrigacha Yevropa
mamlakatlarida ilm-fan sharq mamlakatlarga nisbatan ancha orqada edi. XII
asrdan boshlab Yevropada sharq fani, adabiyoti va madaniyatiga bo`lgan
qiziqish orta boradi va sharq olimlarining asarlari arab tilidan lotin tiliga
tarjima qilish ishlari yo`lga qo`yila boshlandi. Umuman sharq madaniyatining
Yevropaga kirib kelishi Ispaniya va Sitsiliya orqali bo`ldi. Tib qonunlari
16
Yevropa vrachlari qo`lida asosiy qo`llanmaga aylangan va universitetlarda
meditsina fani shu kitob bo`yicha o`qitila boshlangan, to 1650 yilgacha
meditsina fakultetlarining o`quv dasturini yarmini Ibn Sinoning "Tib
qonunlari" asari asosida tashkil qigan. Yirik Yevropa olimlarining tabobatga
oid kitoblari ham Ibn Sino asarlari ta`sirida edi. Hatto buyuk Leonardo Da
Vinchi ham shular jumlasidan bo`lib, uning asarlarida qator arab tibbiy
atamalari uchraydi. Qisqacha qilib aytganda "Tib qonunlari" asosiy qo`llanma
va darslik sifatida 600 yildan ortiqroq vaqt mobaynida xizmat qildi va hozirga
qadar o’z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. Bu kitobga bo`lgan talab
shunchalik zo`r ediki, XV asrda kitob chop etish kashf etilgach, birinchi
bosilgan kitoblar ichida "Tib qonunlari" ham bor edi.
O`sha davrda bir necha fanlarni ayniqsa, tibbiyotni o`z
zamonasida yangi va yuqori bosqichga ko`tarilishida Abu Ali ibn Sino
o`zining ulkan hissasini qo`shgan. O`z davridagi fanlarning deyarli barcha
sohalarida chuqur iz qoldirgan entsiklopedist olim Ibn Sino ayniqsa, tabobat
ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Shu bilan birga Ibn Sino o`zining
"Tib qonunlarini puxta kuzatishlari va amaliy ishida qozongan yutuqlari
bilan boyitadi. Ibn Sino o`zi yashagan davrdagi ko`p olimlar singari
chalkash mulohazalar ta`siriga berilmay faqat tajriba va amaliyotgagina
haqiqiy ilmning ob`ektiv asosi bo`la olishini talqin etadi. Ibn Sino yashagan
davrda bunday ilg’or g’oyani ilgari surishga jur`at etgan buyuk olim
insoniyatning katta hurmatiga sazovordir. Ibn Sinoning "Tib qonunlari"
kitobi hozirgi zamon tibbiyotida ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |