Mavzu savollari
1.Umumiy davolash bosqichlari
2.Tanqiya nima, maqsadi
3.Tanqiya turlari, ko’rsatma va moneliklar
4.Qon olinadigan tomirlar nechta va qaysi lar
126
5.Parxez nima va uning davolashdagi ahamiyati
6..Qon olinadigan tomirlar nechta va qaysilar,ibn Sino bo’yicha nomlanishi
2.4. §. Ibn Sino dietologiyasi, parhez taomlar, ozuqa va davo haqida
Sharq tabobati ta`limotining asoschilari bo`lmish Ar - Roziy, Ibn Sino, Ismoil
Jurjoniy va boshqalar inson xastaliklarini sabablarini quyidagi uchta omil bilan
bog’liqligini asoslab berdilar.
1.Tashqi faktorlar bo`yicha: yashash joyining jug’rofiy muhiti, ya`ni ayni
xastalangan bemorlarning yashash joyi mintaqasi, iqlimi, ob -havosi, esadigan
shamol yo`nalishi, ichimlik suvlari shu inson yashayotgan uyning qaysi tomonga
qarab qurilgani, yil fasllari, quyoshning osmon burchlaridagi o`rni, oyning boshi,
oxiri, to`lin oylik va hokazolar.
2.Ichki faktorlar bo`yicha kishining emosional holatlari quvonch, qo`rquv,
hayajon, bezovtalanish, g’amginlik, alam, anduh kabilar bilan birga inson tanasidagi
tabiiy va hayotiy harorat kiradi.
3.Ovqatlanish yoki alimentar faktorlar. Bu omillarga oziq - ovqat mahsulotlarini
yetishtirish, ularni saqlash, ovqatlarni pishirish uslublari, ovqatlanish madaniyati va
odobi, yilning fasli va inson mizojini hisobga olgan holda ovqatlanish kabilardir.
Tashqi ichki faktorlarning ovqatlanish omillarining inson organizmiga mos
kelmasligi natijasida, shu inson tanasida u yoki bu ko`rinishdagi xastalikni keltirib
chiqaradi, bu xastalik inson organizmida oddiy yoki murakkab, yoki bo`lmasa
moddali va moddasiz mizoj buzilishi ko`rinishida kechadi.
Bizlar sharqning hakim olimlari ta`limotini o`rganib borib, shu ta`limotga
asoslanib borib, bemor xastaliklarini sababini o`rganib tashxislaymiz, so`ngra esa
bemor tanasini yot modda va xiltlardan tozalaymiz, ya`ni tanqiya qilamiz.
So`ngra bemorlarni davolashning uchinchi bosqichi bo`lmish, bemorga parhez
taomlarni buyurib, ularni parvarish qilishga kirishamiz. Parhez degan so`z forscha
tildan olingan bo`lib, " o`zini tiya bilish" ma`nosini anglatadi. Tibbiyotda esa
127
sog’liqqa ziyon yetkazadigan oziq - ovqat mahsulotlari iste`molidan tiya bilishga
tushuniladi.
Hozirgi zamon Pevznyer dietologiyasida inson organizmining sutkalik
energetik talabi asos qilib olingan bo`lsa, ibn Sino ta`limotida parhez taomlar
quyidagi to`rtta omilga qat`iy rioya qilgan holda buyurilgan:
1.Bemorning tabiiy mizoji.
2.Bemorning yashash muhiti
3.Mizoj buzilishidagi sabab
4.Bemorga buyuriladigan taomlarning mizoji.
Bunda buyurilgan taomni ayni shu xastalikka qay darajada ozuqa va qay
darajada davo ekanligi hisobga olinadi.
Shu joyda sizlarga aniqlik berish uchun iste`mol mahsulotlarini davo va g’izolik
xususiyati to`g’risida qisqacha so`z yuritishga to`g’ri keladi. Bu ta`limotda iste`mol
qilingan mahsulotlar xoh u ozuqa bo`lsin, xoh davo, uchta tarkibiy qismdan iborat:
1) surat, 2) modda, 3) sifat.
Surat deganda biz mahsulotni shaklini, siymosini, tuzilishini, rangini, hidini ko`z
oldimizga keltiramiz.
Modda qismi deganda uning tarkibidagi modda – borliq va konsistensiyasi
tushuniladi. Sifat yoki kayfiyat deganda, shu mahsulotni rangi, hidi, ta`mi
tushuniladi.
Iste`mol qilingan mahsulot davoli ozuqa sifatida moddadan iborat bo`lib, u
kayfiyat va suratdan tashkil topgan. Modda va surat esa bu ikki javhardir, ammo
kayfiyat shu davoli ozuqaning sifati bo`lib, issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho`llikni
namoyon qiladi. Ozuqa tarkibidagi issiqlik va sovuqlik sifatlari foila, ya`ni ta`sir
qiluvchanlik xususiyatiga ega bo`lib, jumladan issiqlik, a`zoni isitadi, uning
haroratini saqlaydi, xiltlarni eritadi, suyultiradi, oquvchanligini oshiradi,
bug’lantiradi. Sovuqlik sifati esa sovitadi, qotiradi, jamlaydi va hokazo.
128
Ozuqali davo tarkibidagi ho`llik va quruqlik sifatlar munfoila xossasiga, ya`ni
ta`sirni qabul qilib, modda va suratni hosil qiladi va kayfiyatni javharidir.
Bizlar yuqorida iste`mol mahsulotlarini uch tarkibiy qismi va ularning
xususiyatlari to`g’risida so`z yuritdik. Endilikda, Ibn Sino ta`limoti asosida iste`mol
qilingan mahsulot hazmining to`rt bosqichida hosil bo`ladigan mahsulotlari
to`g’risida so`z yuritamiz.
Bu ta`limotning tahlil qilinishicha, iste`mol qilingan mahsulot hazmining
birinchi bosqichida ovqat og’izda ishlov beriladi, ya`ni chaynaladi va so`lak bilan
ho`llanib qizilo’ngach orqali oshqozonga tushadi. U yerda esa oshqozon shirasi
bilan aralashib issiq bo`tqa - ximus hosil bo`ladi va ximus oshqozondan o`n ikki
barmoqli ichakka o`tish jarayonidan hazmning ikkinchi bosqichi boshlanadi, bunda
ximus moddasi ingichka ichakka ishlov olgandan so`ng ikkiga ajraladi, ya`ni bir
qismi ximus masoriqo orqali jigarga o`tadi, 2 - qismi esa yo`g’on ichak orqali
tashqariga chiqarib tashlanadi. Ximus jigarga o`tishidan hazmning uchinchi bosqichi
boshlanadi. Bunda ximus jigarda hazm topib, uchga ajraladi ya`ni ximusni surat va
sifat qismidan xiltlar savdo, safro, qon va balg’am hosil bo`lsa, uning surat va
modda qismidan kaymus hosil bo`ladi. Xiltlar va kaymus tomirlar orqali tana
a`zolariga tarqaladi, qoldiq suv esa buyrak va siydik qopi orqali siydik sifatida
tashqariga chiqarib tashlanadi.
Tana a`zolarida hazmning to`rtinchi bosqichi kechadi, bunda tomirlardagi xiltlar
a`zolarga borib, u yerda hozirgi zamon meditsina tili bilan aytganda muhitni hosil
qilsa, kaymus shu a`zoning qurilish materiali sifatida modda almashinuvi
jarayonida qatnashadi, to`qimalarni oziqlantiradi. Ularni hayotini tiklaydi va
saqlaydi. Bu bosqichda hosil bo`lgan oraliq mahsulot ter va chiqindi yog’
moddalari teri orqali tashqariga chiqadi.
1.Agar iste`mol qilingan mahsulot organizmga o`zining moddasi va surati bilan
ta`sir etsa, u xosiyatli ozuqa bo`lib, organizmning tabiiy haroratini va quvvatini
129
saqlaydi va rohat bag’ishlaydi. Bu iste`mol mahsulotlariga yosh qo`y yoki jo’ja
go`shti, chala pishirilgan tuxum, asal va hokazolar misol bo`ladi.
2.Agar iste`mol mahsulotlari organizmga o`zining surat, modda, kayfiyat, ya`ni
har uchala tarkibiy qismi bilan ta`sir qilib, organizmga ozuqa bo`lish bilan birga
ozgina kayfiyat berib uni yaratadi, quvonch va surur bag’ishlaydi bunda behi, olma
sharbatlari va sharob va maylar misol bo`la oladi.
3.Ozuqali davoga quyidagilar misol bo`ladi: arpa suvi, uzum, bodring, semiz o`t,
qovoq, sholg’om, sabzi, lavlagi, karam, mosh, no`xat, tarvuz va boshqalar. Bu
mahsulotlarni istemol qilganda bular organizmda modda va kayfiyat bilan ta`sir
qiladi, ammo, bunda modda ta`siri kayfiyatga nisbatan ustunligi tufayli, undan biror
xilt hosil bo`ladi. Bu xilt tanani biror qismida bo`lib, u ozgina bo`lsada kayfiyat va
mizojga ega bo`ladi, kayfiyat tananing o`zidagi mizoj va kayfiyatidan ustun kelib,
tananing ho’lligiga o`zgarish berib ozuqali davo bo`ladi.
1.Davoli ozuqa: iste`mol qilingandan so`ng, tanaga kayfiyat va modda orqali
ta`sir qiladi, ammo, moddaga nisbatan kayfiyat ustunlikka ega bo`lganligi sababli,
tanadagi ho’llik, namlik kabi suvlik xususiyatlarini o`zgartiradi, shundan so`ng
tana uni o`ziga singdirib oladi, ammo, undan kam miqdorda xilt hosil bo`ladi. Bu
xilt ozuqa va tana javhari bo`lish qobiliyatiga ega bo`lib, o`z xislatiga yarasha tana
kayfiyati ustidan g’olib keladi. Ko`proq davolik, kamroq ozuqalik xususiyatini
namoyon etadi. Bularga: gandano (piyoz) kabi mahsulotlar, na`no, sachratqi bargi, it
uzum, sarimsoq, olu va umuman mevalar, urug’liklardan: bodring, qovun, tarvuz,
qovoq va shunga o`xshashlar misol bo`ladi.
2.Agar iste`mol mahsuloti, faqat modda qismi bilan organizmga ta`sir qilsa,
ozuqa bo`ladi.
3.Agar iste`mol mahsuloti faqat kayfiyati bilan ta`sir qilsa bu mutloq davo
bo`ladi.
130
Ma`lumingiz bo`lsinkim, g’izo va davolar qizdirish, issiqlikni ajratish, sovitish,
quyultirish, ho`l narsalarni yumshatib, ravon qilish, quritish kabi umumiy
xususiyatlarga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |