V. Badantarbiya tadbiri.
Sog’likni saqlashni asosiy tadbiri badan tarbiya bo`lib, keyin ovqatlanish tadbiri
va undan keyin esa uyqu tadbiri turadi. Badan tarbiya kishini chuqur va ketma-ket
nafas olishga majbur qiluvchi harakatdir. Mo`tadil ravishda va o`z vaqtida
badantarbiya bilan shug’ullangan inson kasal bo`lmaydi. Yeyilgan ovqatni hammasi
ham ozuqa sifatida hazm bo`lmaydi, qandaydir chiqindi qoladi, chiqindilarning
to`planishi paydo bo`ladi. Badantarbiya tug’ma issiqlikni oshiradi, chiqindilarni
chiqarishni yaxshilaydi, bo’gim va paylarni mustaxkamlaydi, organizmni
chiniqtiradi.
Badantarbiya bilan mashg’ul bo`lmay qo’ygan kishi ingichka ichak og’riqiga
uchrashi mumkin. Chunki har bir a`zo uchun hayot quroli bo`lgan tuqma ruhni tortib
keltiruvchi harakatni tark yetishi natijasida uning a`zolari zaiflashib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |