Huqna to`g’risida
Huqna ichaklardan chiqindilarni chiqarishda, buyrak va qovuqdagi og’riq va
shishlarda, qulanj kasalliklarida, yuqorigi boshqaruvchi a`zodan chiqindilarni
tortishda juda yaxshi davodir. Lekin, o`tkir huqna dorisi jigarni kuchsiz qilib, isitma
paydo qiladi. Bo`shashishdan qolgan qoldiqlarni chiqarishda ham huqna yordam
qiladi.
Huqna qildiruvchi kishi chalqancha yotishi zarur. Huqna uchun eng yaxshi
vaqt havoning salqin vaqti, hammom xiltlarni qo`zg’atadi va ularni taqsimlaydi,
huqna esa to`xtab qolgan xiltlarni tortadi, shuning uchun huqnadan oldin hammom
qabul qilish mumkin emas.
Ichaklarda shish yoki yara bor bo`lib, isitma yoki boshqa bir kasallik sababli
huqnaga muhtojlik tug’ilgan kishi, huqnaning to`xtab qolishidan, atrofini qizdirilgan
tariq bilan isitish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |