Erkak va ayollar hamda turli yoshda tomir urishi
Erkaklarda: ularda hayotiy kuch va ehtiyojning ko`pligi tufayli tomir urishi katta
va kuchli bo`ladi, xotinlarga nisbatan sekin va siyrak bo`ladi, xotinlarda esa
aksincha. Bolalarda tomir urishi ularning mizoji ho’l bo`lganligi uchun muloyim va
tezroq bo`ladi, chunki ularda issiqlik kuchli bo`ladi, bolalar gavdasida dudli bug’
ko`p bo`ladi va gavdani yangilab turadi va salqinlatish va bug’ni chiqarish uchun tez
uradi. O`rta yoshli odamlarda hayotiy kuchning zaifligi tufayli tomir urishi hajmi
kichik, sun`iy hajmi ehtiyoji yo’qligi sababli tezlik ham kam bo`ladi. Yoshi
ulg’aygan odamlarda tomir urishi siyrak, sekin, kichik, ba`zan tabiiy bo`lmagan yot
suyuqlik tufayli yumshoq bo`ladi.
Issiq mizoj - so’nishga muhtojlik bo`lib - tomir urishi katta
89
Sovuq mizoj - tomir urishi kam, sekin, siyrak
Ho’l mizoj - tomir urishi to`lqinsimon va keng bo`ladi.
Faslga ko`ra tomir urishining o`zgarishi:
Bahorda tomir urishi har tomonlama mo`tadil kuchi ortiqcha. Yozda
so`nishga ehtiyoj tufayli tez va ketma-ket bo`ladi. Qishda esa tomir urishi siyrak,
sekin, zaif bo`ladi, chunki hayotiy ruh zaiflashadi. Kuzda esa notekis va zaif bo`ladi
chunki araziy mizoj goh issiq, goh sovuqqa almashinib turadi. Kuz buzuvchi fasl
bo`lib, issiqlik zaiflashadi va quruqlik kuchayadi. Fasllar orasida tomir urishi o’rab
turgan faslga bog’liq bo`ladi.
Uyqu vaqtida tomir urishi - uyqu vaqti va hazm qilish holatiga qaraladi.
Uyqu boshida tomir urishi kichik va zaif, chunki bunda issiqlik harakati chuqurga va
siqilishga yo`nalgan, bunda hazm qilish uchun ichkariga yo`nalgan bo`ladi. Ovqat
uyqu vaqtida o`zlashtirilsa, unda tomir urishi yangitdan kuchayadi, chunki hayotiy
kuch ko`payadi va yuzaga chiqadi, o`zining boshlang’ich manbasiga chiqadi.
Uyg’oqlikda tabiiy ravishda uyg’onsa tomir urishi asta sekin ko`payadi,
kuchayadi. Agar biror sabab bilan uyg’otilsa tomir urishi tinib, keyin yana
kuchayadi, katta, ketma-ket, qaltirash darajasida notekis bo`ladi, keyinchalik
mo`tadillashadi.
Jismoniy harakatda bosimda isssiqlikning ko`payishi tufayli tomir urishi
katta, kuchli,
tez,
ketma-ket bo`ladi.
Uzoq vaqt muttasil
ishlaganda
"chuvalchangsimon" bo`ladi.
Og’riq o`zining kuchi va boshqaruvchi bo`lishi, uzoq muddatliligi bilan
tomir urishini o`zgartiradi. Og’riq boshlanishida tomir urishi katta, tez-tez bo`ladi.
Og’riq yana kuchaysa tomir urishi siyraklashadi va o`sishiga olib keladi.
Ruhiy holatlarda, masalan, g’azablanganda: nafsoniy kuch qo`zg’aladi,
tomir urishi katta, tez, ketma-ket, baland bo`ladi, agar g’azabga qo`rquv aralashmasa
tomir urishi notekis bo`lmaydi.
90
Qayg’uda: issiqlik kamayadi, chuqurga botadi, tomir urishi kichik, zaif,
siyrak, sekinlashgan bo`ladi. Qo`rquvda esa to`satdan tomir urishi tez-tez, qaltiroqli,
notekis, tartibsiz bo`lsa, aksincha davomli va sekin bo`ladigan qo`rquvda tomir
urishi o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |