Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   204
Bog'liq
dorivor

Yengil surgi nusxasi retsepti
. Zanjabil bir dirham, murg yarim dirham, 
daraxt po`kagi yarim dirham, mahsar mag’zi ikki dirham, so`zanak ildizi uch dirham 
vaznida; hargal o`n sakkiz qirotdan yigirma to`rt qirotgacha ichiladi. Bu dori kasalni 
olti yoki yetti marta ichini surib foyda qiladi. 


368 
Yana, kirmon zirasi, zanjabil va savrinjonning har biridan bir dirhamdan va 
sabrdan ikki dirham olinadi. Bu doridan ikki yarim dirhamni talqon qilib, ukrop 
qaynatmasi bilan ichiladi, bu shu vaqtning o`zidayoq foyda qiladi. Yana yong’oq 
yog’i va anzirat go`shtxo`r yoki kanakunjut yog’i va anzirat go`shtxo`rni olinib bir 
kun iyoraj fiqro bilan va bir kun tanho holda yetti kun iste`mol qilinadi. Ba`zan bu 
dorini temirtikan va ukrop suvi bilan qaynatib ishlatiladi. Yana: savrinjon, bo`zidon, 
mog’izaqra, murch, zanjabil, Rum arpabodiyoni va yovvoyi sabzidan olib asalga 
qoriladi va bundan har kun ichib turiladi. Yana: savrinjondan o`ttiz dirham va Abu 
Jahl tarvuzining etidan o`n dirham olib, o`n besh ritl suvda uch ritli qolguncha 
qaynatiladi. Bundan har kuni yarim ritlni uch uqiya shakar bilan ichiladi; bu juda 
ajoyibdir. 
Foydali, yengil surgi
. Qizil anzirat go`shtxo`rdan uch dirham va savrinjondan 
uch dirham olib eziladi va yuzta yong’oq yog’i bilan aralashtiriladi, keyin buni 
ukrop suvida ichiriladi. Bu qiynamasdan suradi va quritadi. 
Juda kuchli qustiruvchi dori
. Bu bo`g’im og’rig’i va irqunnaso kasaliga 
yo`liqqan kishilardan ho’l mizojli va savdo mizojlilarga foyda qiladi; uning nusxasi: 
sabrdan bir uqiya, qora harbaq urug’idan bir uqiya, lufodan yarim uqiya, 
saqmuniyodan bir uqiya va farfiyundan yarim uqiya olinib karam shirasiga qoriladi. 
Agar shu dori bilan qustirilsa, u kasallikni tagidan qo`poradi. 
Surgi uchun ichiriladigan dorilar
. Ularga foyda qiladigan dorilardan biri 
quyidagi sifatda bussaddan tayyorlanadigan doridir: bussaddan bir yarim misqol,- 
ba`zi tabiblar bu qizil shabbo`y degan,- qalampirmunchoqdan besh dirham, pion gul, 
murr va ukrop urug’ining har biridan bir uqiya, usulaxdan o`n ikki danaq vaznda, 
ikki xil aristoloxiyaning har biridan ikki uqiyadan olinadi. Bundan bir danaq 
vaznidagisini asal suvi bilan ichiriladi va kasalga to`qqiz soat taom berilmaydi, o`n 
kun shunday qilinadi. 


369 
Yana harvaqt iste`mol qilinadigan dori; bu siydirish bilan tozalaydi. "Yer dubi", 
yer bag’irlab o`suvchi sanavbar va gentiana ildizining har biridan to`qqiz uqiyadan 
va quruq gazago`tdan to`qqiz uqiya olib yanchiladi va elanadi. Oldin yeyilgan taom 
hazm bo`lgandan keyin har kuni och qoringa bir qoshiq shu dorini uch uqiya sovuq 
suv bilan ichiladi. 
Yana bussadni guli qizil shabbo`y deb gumon qiluvchilar so`ziga muvofiq 
tayyorlanadigan dori; buning nusxasi oldinginikiga yaqindir. Dorchin, pion gul, murr 
va sunbulning har biridan ikki uqiyadan, hind sodajidan bir uqiya, 
qalampirmunchoqdan o`n besh xabba, bussaddan, ya`ni yuqorida aytilgan 
shabbo`ydan yarim uqiya va ikki xil aristoloxiyaning har biridan to`rt uqiyadan 
olinadi. Har kuni uch qirotdan ichiladi. Uni bahorda kecha va kunduz 
barobarlashuvidan boshlab har kuni uch qirotdan ellik kun ichiladi; keyin o`n besh 
kun tark qilinadi. So`ng yil bo`yicha ichish shu xilda takrorlanadi; biroq Sirius 
yulduzi tulu qilishi bilan bir yarim oy ichilmaydi; buni ichish turli mamlakatlarda 
ham turlicha bo`ladi. Agar kasal butun yil ichishga qodir bo`lmasa, yilning sovuq 
qismida ichsin. Agar dorini bir yil ichadigan bo`lsa, ikki yuz kundan o`tgandan 
keyin bir kun ichib, bir kun ichmasa, yoki bir kun ichib ikki kun ichmasa zarari 
yo`qdir. Bu kasalni asrgacha bo`lsa ham ovqat yeyishdan man qilish kerak: bundan 
tashqari boshqa tadbirlarni ham tuzatish va bo`g’in og’riqlilariga zarar qiladigan 
narsalardan parhez qildirish lozim. Bir guruh tabiblarning o`ylashicha, odam 
suyagini kuydirib ichirish hech bir xilof chiqmaydigan darajada tajribadan o`tgan 
narsalardandir. Buni bir to`da esi past kishilar iste`mol qilib, go`yo podagra va 
bo`g’im og’riqlaridan shifo topgan emishlar. Xermes iyorajining ham foydasi 
kattadir; kimki uni bahorda bir necha kun ichsa, bo`g’imlari quvvatli bo`ladi. Bu 
dori chiqindilarni ko`proq siydik va terlatish orqali chiqaradi, natijada irqunnasoni 
tuzatadi. 


370 
Shish va bo`g’im og’riqlari cho`zilib ketgan bo`lsa, unday kasallar nisbat 
berilgan quyidagi tadbirdan foydalanadilar: to`rtdan bir kaylaja quruq archa bujurini 
yengil olov ustida ozgina suvda, suv qorayguncha qaynatiladi. Keyin shu suvning 
tinitilganidan bir litr olib, unga uch uqiya kunjut yog’i quyiladi. Kasal shuni ichib, 
ustidan g’o`radan qilingan taomni yeydi.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish