99
V. Badantarbiya tadbiri
.
Sog’likni saqlashni asosiy tadbiri badan tarbiya bo`lib, keyin ovqatlanish tadbiri
va undan keyin esa uyqu tadbiri turadi. Badan tarbiya
kishini chuqur va ketma-ket
nafas olishga majbur qiluvchi harakatdir. Mo`tadil ravishda va o`z vaqtida
badantarbiya bilan shug’ullangan inson kasal bo`lmaydi. Yeyilgan ovqatni hammasi
ham ozuqa sifatida hazm bo`lmaydi, qandaydir chiqindi qoladi,
chiqindilarning
to`planishi paydo bo`ladi. Badantarbiya tug’ma issiqlikni oshiradi, chiqindilarni
chiqarishni
yaxshilaydi, bo’gim va paylarni mustaxkamlaydi, organizmni
chiniqtiradi.
Badantarbiya bilan mashg’ul bo`lmay qo’ygan kishi ingichka ichak og’riqiga
uchrashi mumkin. Chunki har bir a`zo uchun hayot quroli bo`lgan tuqma ruhni tortib
keltiruvchi harakatni tark yetishi natijasida uning a`zolari zaiflashib ketadi.
Badan tarbiyani boshlash va to`xtatish haqida
.
Badantarbiya
ovqatlanishdan oldin qilinadi, sababi, ovqatlanganda ichki
a`zolarda yetilgan kaymuslar hosil bo`ladi va badantarbiya ularni butun gavdaga
tarqatadi. Badantarbiyani boshlashdan oldin ichaklardagi
chiqindilarni va qovuqni
bo`shatish kerak. Bahorda badantarbiya tushga yaqin bo`lib, o`rtacha haroratli uyda
qilinishi kerak. Yozda esa badantarbiyani ertalabki, qishda esa kechqurun qilish
kerak.
100
Badantarbiyaning davomiyligiga kelsak 3 ta holatga e`tibor berish kerak.
1.Terining rangiga
2.Harakatning yengilligi
3.A`zolarning holatiga
Eslatma: agar ter tomchi-tomchi bo`lib oqa boshlasa badantarbiyani to`xtatish
kerak.
Uqalash haqida.
Uqalash 4 xil bo`ladi.
1.Gavdani baquvvat qiluvchi - kuchli
uqalash
2.Gavdani yumshatuvchi-kuchsiz uqalash
3.Ozdiruvchi-davomli uqalash
4.Gavdani yashnatib o`stiruvchi mo`tadil uqalash
Bundan tashqari yana dag’al uqalash, ya`ni dag’al mato bilan ham uqalash
qilinadi. Uqalashda quyidagi maqsadlar ko`zda tutiladi. Bo`shashgan g’ovak
a`zolarni mustahkamlash, yumshoqlarni qotirish, zichlarni g’ovak qilish, qattiqlarni
yumshatish kabilar. Uyqu oldidan uqalash va barmoqlar bilan kuchli bosish
foydalidir.
101
Bundan
tashqari, badantarbiya oldidan qilinadigan tayyorlovchi uqalash ham
bordir. Bu uqalash mayinlik bilan boshlanib, badantarbiya vaqti yaqinlashgan sari u
kuchaytiriladi. Badantarbiyadan keyin qilinadigan o`z asliga qaytaruvchi uqalash
ham bordir. Uni tinchlantiruvchi uqalash ham deyishadi.
Buning maqsadi,
badantarbiya vaqtida chiqarilmay qolib, mushaklarda to`plangan chiqindilarni
tarqatish va yo`qotish, toki ular charchash alomatlarini tug’dirmasin.
Bunday
uqalashni unchalik qattiq qilmaslik kerak va yaxshisi yog’ bilan mo`tadil darajada
uqalash kerak. Uqalashni qattiq va dag’al harakatlar bilan tamomlamaslik kerak,
chunki bu holda a`zo qotadi, bolalarda esa o`sish to`xtaydi. Ammo balog’atga yetgan
kishilarga buning zarari yo`q. Ba`zan uyqu oldidan
uqalash va barmoqlar bilan
kuchli bosish foydalidir. Bu gavdani yengil his qildiradi, quritadi va namlikning
bo`g’imlarga quyilishining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: