Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Uzluksizlikning buzilish kasalliklari haqida



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   204
Bog'liq
dorivor

Uzluksizlikning buzilish kasalliklari haqida. 
U ba`zan terida bo`lib, tirnalish va yulinish deb ataladi. Bu ba`zan go`shtda 
bo`ladi va yiringlamagan yangi xili jarohat deb ataladi, yiringlagan xili yara deyiladi. 
Yiringning paydo bo`lishi - jarohatlangan a`zoning zaifligi va oziq iste`molidan, 
hazmdan ojizligi jihatidan zararli chiqindilarning haydalishidan yuzaga keladi. Shu 
bilan birga hazm bo`lmagan moddalarning o`zi ham chiqindiga aylanadi. 
Uzluksizlikning buzilishi suyakda ham bo`ladi - suyak sinib ikki yoki ko`p 
bo`laklarga ajralgan bo`ladi yoki titilib mayda bo`laklarga ajralgan bo`ladi. 


75 
Bundan tashqari uzluksizlikning buzilishi tog’aylarda yoki asablarda bo`lishi 
mumkin. Agar bu buzilishi eniga tushgan bo`lsa, kesilish deyiladi, uzunasiga 
tushgan bo`lib, chuqur bo`lmasa, yoriq deyiladi, chuqur bo`lsa teshik deyiladi. 
Agar uzluksizlikning buzilishi arteriya va vena tomirlarida paydo bo`lsa, u 
yorilish deyiladi. Agar ular tomirlarning ko`ndalangiga to`g’ri kelsa, uzilish yoki 
ajralish deyiladi. Uzunasiga kelgan bo`lsa, darz deyiladi, ularning og’izlari ochilgan 
bo`lsa, yorilish deb ataladi. 
Murakkab kasalliklar 
Bir qancha kasalliklar yig’indisidan bir kasallik paydo bo`ladi. Misol qilib, 
shishni aytish mumkin. Shishda shakl va tarkib (tuzilish) kasalligi ham topiladi, 
chunki shakl va miqdorni buzmaydigan shish yo`qdir. Shish yumshoq a`zolarda 
paydo bo`ladi, ba`zan suyaklarda ham shishga o`xshash narsa paydo bo`lib, uning 
(suyakning) hajmi kattalashadi. Har qanday shishda ko`rinarli sabab yo`q, uning 
jismoniy sababi moddaning biror a`zodan pastki a`zoga o`tishidadir, bu nazla deb 
ataladi. 
Ba`zan shish va toshmalarni tug’diradigan moddiy sabab kayfiyatlarida zarar 
bermaydigan boshqa xiltlar qolib ketadi. 
Shishga sabab bo`ladigan moddalar 6 tadir. 4 xil xilt, suv va yel. Shish issiq 
bo`lishi yoki issiq bo`lmasligi mumkin. Issiq shish yolg’iz g’ayritabiiy qondan yoki 
g’ayritabiiy safrodan paydo bo`ladi deb o`ylab bo`lmaydi, u o`z javhari issiq 
bo`lgan yoki chirish natijasida issiqlik paydo bo`lgan har bir moddadan hosil 
bo`ladi.
Shishlarning yolg’iz qondan bo`lganlari flegmona deb, yolg’iz safrodan 
bo`lgani otashak deb ataladi. Qon va safrodan bo`lganini ikkovining ismlaridan 
murakkab bir ism bilan atashdir, yana qaysi biri ustun bo`lsa, o`shaning ismini 
oldinga qo`yib aytish odatlari 
bor. Masalan, ularning biri "flegmonali otashak" yoki "otashakli flegmona" deb 


76 
ataladi. Yiring yiqqanda chiqiq (xuroj) deyiladi. Agar chiqiq yumshoq go`shtlarda, 
bezlarda, qo`ltiq tagida, quloq orqalarida va gavdada bo`lgan yomon sifatlilar 
jinsiga kirsa, toun deb ataladi. 
Issiq shishlarga kelsak, ularning boshlanish davrlari bor, bunda xilt yig’ilib, 
hajm kattalashadi, so`ngra xilt miqdori ortadi va shuning bilan yanada hajm ortib, 
oxiriga yetib to`xtaydi, so`ng hajm pasaya boshlaydi, keyin pishib tarqaladi, yoki 
yiringlanadi. Shish tarqalib - yo`qolish, yiring yig’ish yoki qattiqlanish bilan tugaydi. 
Issiq bo`lmagan shishlarga kelsak, ular yoki g’ayritabiiy savdo moddasidan, 
yoki g’ayritabiiy balg’am moddasidan, yoki suvli moddadan, yohud yel moddasidan 
paydo bo`ladi. G’ayritabiiy savdo moddasidan bo`lgan shish uch jinsdan iborat: 
1.Qattiqlik (sirroz) jinsi. 
2.Saraton (rak) jinsi 
3.Bezlar jinsi, tepki va o`smalar kabi shishlar shu jinsga kiradi. 
Bez jinslari bilan boshqa ikki jins orasidagi farq shuki, bez jinslari sof bezlar 
kabi o`zlarini o`ragan a`zodan ayri o`sadilar, yoki tepki kabi, u a`zolarga 
tashqaridan yopishgan bo`ladilar. Boshqa jinsdagi shishlar esa o`zlari o`sgan 
a`zoning moddasiga aralashib, bir - birlariga kirishib ketgan bo`ladilar. 
Saraton bilan qattiqlik jinslari o`rtasida farq shuki, qattiqlik harakatsiz va 
sezgini yo`qotuvchi shish bo`lib, unda alam beruvchi og’riq bo`lmaydi. Saraton esa 
harakat qiluvchi, ortuvchi va aziyat yetkazuvchi shishdir. 
Toshmalar - ba`zilari chechak kasalligi kabi g’ayritabiiy qon xiltidan, 
ba`zilari eshakemi kabi g’ayritabiiy safro xiltidan, ba`zilari qizamiq, uchuq, qo`tir, 
so`gal kabi g’ayritabiiy qon va safro xiltidan hosil bo`ladi. Ba`zilari qavarchiqqa 
o`xshash suvli bo`lib, ba`zilari pufakka o`xshash havodan iborat.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish