Inson organizmidagi a`zolarning mizojlari
Inson organizmidagi a`zolarning mizojlari Ibn Sinoning Jolinusdan olgan
va o`zi mujassamlashtirib o`z fikr mulohozalarini bildirib yozgan dalillariga
asoslangan.
Insonning yashash sharoiti, iqlimi muhitiga qarab uni mizoji aniqlangan.
Inson esa jonli mavjudotlar ichida eng mo`tadil mizojlidir. Ammo organizmni
tashkil qilgan a`zolarining ham o`ziga xos mizoji bo`ladi. Bu a`zolarning mizoji uni
tashkil qilgan to`qima, shu a`zoning bajarib turgan vazifasi, ishi va unda
bajarayotgan ishi jarayonida paydo bo`ladigan ichki muhiti bilan bog’liqdir. Odam
organizmining a`zolari yuqorida ta`kidlanganidek o`ziga loyiq mizojli bo`lib, bir-
biriga nisbatan issiqroq yoki sovuqroq, ho`lroq yoki quruqroq bo`ladi.
Inson gavdasida eng issiq narsa ruhdir, buni lotinchada "pnevma" deb
ataladi, Tibet tibbiyotida buni "hayot energiyasi" deyiladi. Ruhning paydo bo`lish
o`rni yurakdir. Undan keyingi darajada turuvchi issiq mizojli a`zo qondir. Qon
jigarda hosil bo`lsada, yurak bilan bog’liqdir, shuning uchun jigarda yo`q haroratni
yurakdan, ya`ni ruh manbaidan oladi. Qondan keyingi issiq mizojli a`zo jigardir.
Jigardan keyin issiq mizojlilikda o`pka, undan keyin esa mushak turadi. Mushakka
sovuq mizojli asab tolalari kelib tutashganligi sababli uning issiqligi o`pkanikidan
kamroqdir. Mushakdan keyingi o`rinda issiq mizojli a`zo taloqdir, chunki taloqda
qon quyqasi bordir. Undan keyin buyraklar turadi, ularda qon ko`p emas.
Buyraklardan keyingi o`rinda turuvchi issiq mizojli a`zo arteriyalardir. Bu arteriyalar
38
ibn Sino ta`biri bilan aytganda, harakatli tomirlar bo`lib, ularning issiqligi tomir
ichida harakatlanib turgan qon va ruhning issiqligini ularga o`tishidandir.
Arteriyalardan keyingi o`rinda esa vena qon tomirlari turadi. Ular esa issiqlikni
tomir ichida harakatlanib turgan qondan oladi. Vena qon tomirlaridan issiqligi
jihatidan keyingi o`rinda teri tursada, organizmni o`rab turgan terining eng issiqligi
kam mo`tadil mizojli qismi kaftga qoplanib turgan teri yoki boshqacha qilib
aytganda kaft terisidir.
Gavdaning eng sovuq mizojli a`zosi balg’amdir, undan keyin esa charvi,
mo`y, suyak, tog’ay, boylam, paylar, pardalar, asablar, orqa miya va nihoyat teridir.
Inson organizmidagi eng ho`l narsa yoki a`zo balg’amdir. Undan keyingi
o`rinlarda bir-biriga nisbatan ho`llik kamayib boradi. Balg’amdan keyin qon, yog’,
charvi, bosh miya, orqa miya, sut bezlari va moyaklar, keyin o`pka, jigar, taloq,
buyraklar, mushaklar, eng oxirida esa teridir. Shu yerda ibn Sinoning jigar aslini
olganda o`pkadan ho`lroq ekanligini, ammo nima uchun o`pkadan keyinda
qo`yilganini quyidagicha izohlaydi: o`pka o`z moddasi va tabiati bilan juda ham ho’l
mizojli emas. Bu a`zo eng issiq qon bilan oziqlanadi, chunki bu qonda ko`p
miqdorda safro aralashgan bo`ladi. Badanda ko`tariluvchi bug’lardan va o`pkaga
oqib keluvchi nazlalardan o`pkada ho`llik to`planib qoladi. Ya`ni, o`pka
ho`llanuvchandir. Ammo jigar tug’ma ho`l mizojli bo`lganligi tufayli u doimiy
ho`llanib turgan o`pka moddasini ham ho’llab turadi.
Shunga o`xshash qon va balg’amning ho`lligi quyidagicha tushuntiriladi:
balg’amning ho`lligi ko`pincha ho`llanish tufayli,qonning ho`lligi esa qonning
moddasida to`plangan ho`llik tufayli namoyon bo`ladi.
Suyak mizoji quruq va organizmdagi eng qattiq a`zo hisoblanadi.
Suyakning tarkib va tuzilishi suyak hujayralaridan (osteotsitlar) tashkil topgan
bo`lib, tug’ma ho`llikni shimuvchi va o`zlashtiruvchidir. Suyakdan keyingi quruq
a`zo tog’ay, keyin boylamlar, keyin paylar, pardalar, arteriyalar, venalar,
39
harakatlantiruvchi asab tolalari, yurak va undan so`ng esa sezuvchi asab tolalaridir.
Harakatlantiruvchi asab tolalari albatta sovuq va quruqdir, sezish asablari sovuq.
Sezish asablaridan keyin gavdadagi eng quruq a`zo bu teridir.
Umuman, gavdada eng issiq narsa ruh, ruhning paydo bo`lish o`rni
yurakdir, undan keyin qon, so`ng jigar, o`pka, mushak. Mushakka sovuq mizojli
bo`lgan asab tolalari kelib tutashishi sababli uning issiqligi o`pkanigidan kamroq.
So`nggi issiq mizoj taloq, buyrak, arteriya va vena qon tomirlar va nihoyat teri
undan keyin kaftning mo`tadil mizoji teridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |