Tishlarning kovaklanishi va yeyilishi
Bularning hammasi ham tishlarda sasib qoladigan yomon rutubatdan paydo
bo’ladi.
Davolash.
Yeyilishni davolashdan maqsad uning ko’payishiga to’sqinlik
qilishdir. Bu esa tishning buzilgan qismini tozalash bilan va yeyilishga olib
keladigan moddani tarqatish bilan bo’ladi. Tishning o’sha moddalarni qabul
qilishiga to’sqinlik qilish va zarur bo’lsa, o’sha moddalarni bo’shatuvchi
dorilar bilan tishlardan ketkazish lozim.
Qurituvchi dorilar yeyilishga to’sqinlik qiladigan dorilardir. Yeyilish kuchli
bo’lsa quritishi va isitishi kuchli bo’lgan dori kerak bo’ladi. Kuchsiz bo’lsa,
mirta, huzaz va Rum sunbuli kabi quritish va burishtirish xossasiga ega bo’lgan
dorilar bilan kifoyalanadi. Bularni yuqorida bayon qilingan hamma usulda ham
ishlatiladi. Biroq ko’pincha tishning kovagiga tiqiladigan dorilar shaklida
ishlatiladi. Omila shirasi va to’poloqni tiqib qo’yish shular jumlasidandir. Yoki
omila shirasining o’zini mushk bilan qo’shib tiqilsa ham yeyilishga to’sqinlik
qiladi va og’riqni to’xtatadi.
Tishning kovagiga yana to’poloq bilan mastaki, murr va may'a yelimini qo’shib
yoki huzaz bilan mozini, afyun bilan may'a yelimini yoki sariq oltingugurt va
huzaz bilan gal'ban yelimini, yoki murch bilan saqichni, yoki yalpiz bilan omila
shirasini, yoki yanchib sirka va asal bilan qorilgan sedanani, yoki oltingugurtni,
232
buni ham tiqiladi ham surtiladi, yoki asal va sirka bilan qaynatilgan zanjabilni,
bu nihoyatda foydali yoki qatron bilan anguzani, yoki darmana bilan anguzani,
yoki anguzaningo’zini, uning oqib tarqalmasligi uchun mum qo’shib qaynatiladi;
bu tish og’riqini qoldirishda kuchli,anbarning o’zini yoki uni dorilar bilan
qo’shib yoki zok bilan huzazni tiqiladi. Kofurni tiqib sinalganda, g’oyat darajada
foydali bo’ladi, yeyilishning ko’payishiga to’sqinlik qiladi va tish og’riqini
to’xtatadi. Yana tish og’riqi bobida aytilib o’tgan dorilardan ham foydalanish
kerak.Tishlarning yeyilishida goho qunduz qiri, nazla o’ti, afyun va gal'ban
yelimidan barobar bo’laklar olib, yoki asal, murch va hil, yo asal, nazla o’ti va
murr yoki asal bilan saqich daraxtining urug’i yoki ustiga qaynatilgan sirka
quyilgan toza tuproq, kaltakesak jigari, o’ziga barobar huzaz bilan qo’shilgan
o’ldirilmagan oltingugurt yoki yattu' suti bilan qo’shilgan murch, nazla o’ti bilan
qo’shilgan buraq, mingdevona urug’i bilan qo’shilgan gal'ban yelimi va afyun
bilan qo’shilgan may'a yelimini surtiladigan dori qilib ishlatiladi. Tishlarning
yeyilishiga qarshi yaxshi dorining tarkibi: buraq va mingdevona har biridan ikki
bo’lak, nazla o’ti va murchning har biridan bir bo’lak va afyundan uch bo’lak
olib, tishning yeyilgan kovak joyiga qo’yiladi. Yana bir tarkib: anor dumi, murch
va archa bujurining har biridan bir bo’lak, tog’ mayizi, qichitqio’t va afyunning
har biridan yarim bo’lak olib ishlatiladi. Goho tiqiladigan va surtiladigan
dorilarni birgalikda ishlatiladi. Goho kovak tishga kuchli falfandiyun, yo
savrinjon, yoki ohakdan ikki bo’lak, navshadil, achchiqtosh, murr, mozi, arab
akatsiyasi shirasi va gulsapsar ildizidan bir bo’lakdan, kuydirilgan arpa va dengiz
ko’pigidan iborat murakkab dori qo’yiladi. Ba'zan o’sha tarkibga gal'ban yelimi
qo’shiladi. Og’izga olib turiladigan og’iz chayiladigan dorilarning juda foydalik-
laridan biri kovulni sirka bilan to sirkaning yarmi ketgunicha qaynatilib, og’izga
olib turishdir. Goho yeyilgan joyning o’ziga tomiziladigan dorilar ishlatiladi,
233
masalan, zaytun yog’ida qaynatib eritilgan zirnixni yeyilgan joylarga tomiziladi.
Og’izning yeyilgan tish tomoniga bodom yog’ini tomizilsa ham foyda qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |