55
eng ko‘p ishlatiladigani 1 va 0,1 sinflaridir. Shisha spirtomerlar
2 qismdan tashkil topgan (16-rasm).
Yuqoridagi naycha qismi darajalarga bo‘lingan (ingichka
qog‘oz bo‘lakchasiga darajalar yozib, naycha
ichiga joy-
lashtirilgan) va pastki kengaygan (tana) qismi bo‘lib, uning
tubiga aniq miqdordagi qo‘rg‘oshin zoldirchalari solingan. Usti
rangli organik yelim bilan mustahkamlab qo‘yiladi, bu yuk
spirtomerga ma’lum og‘irlik beradi va uni tik holatda ushlab turadi.
Pastki qismida termometr uchun simob joylashtirilgan bo‘ladi.
Termometrning darajalari tana qismiga o‘rnatiladi. Spirto-
merlar to‘plam holida chiqariladi:
1. 0—60 % va 60—100 % gacha pastki qismida termometr
ham bo‘ladi.
2. 0—70 % va 70—100 %.
3. 0—40 % va 70—100 %.
Bular «1 sinf» to‘plamiga kiradi. «0,1 sinf» to‘plamiga
11 spirtomer kiradi: 0—10 %, 10—20 %, 20—30 %, 30—40 %,
40—50 %, 50—60 %, 60—70 %, 70—80 %, 80—90 %, 90—
100 %, 95—105 % — oxirgisi eng yengilidir (17-rasm).
17-rasm. Termometr o‘rnatilgan
spirtomer.
30
30
20
20
10
10
0
0
10
10
20
20
30
30
20
20
10
10
10
10
0
0
10
10
20
20
170
10
35
0
25
182
60
50
40
30
20
10
0
82
100
90
80
60
70
16-rasm. Shisha
spirtomer.
56
Eng og‘ir spirtomer 0—10 % gacha, chunki spirtning quv-
vati qancha yuqori bo‘lsa, zichligi shuncha kam bo‘ladi.
Aniqlash mohiyati: quruq silindrga tekshiriladigan spirt
solinadi.
Êeyin spirtomer tushiriladi. Agar quvvati taxminan ma’lum
bo‘lsa, tegishli spirtomer tushiriladi. Spirtning quvvati noma’lum
bo‘lsa eng yengil, ya’ni 95—105 % ko‘rsatkichli spirtomer tu-
shiriladi.
Spirtomer silindrning tubi va devoriga tegmasligi kerak.
3—4 daqiqadan so‘ng spirtomer ko‘rsatkichi pastki ko‘rsatkichi
bo‘yicha ko‘riladi. Shisha spirtomerlarning 20°C haroratdagi
ko‘rsatkichi hajmiy foizga to‘g‘ri keladi. Masalan, shisha spir-
tomer 20°C da 96,4 ni ko‘rsatdi, demak, bu 96,40 % spirtdir.
Agar aniqlash vaqtida spirtning harorati 20°C
dan farq qilsa,
DST standartlash va o‘lchov asboblari Davlat qo‘mitasi chop
etgan «Spirt-suvli aralashmalardagi etil spirti miqdorini aniqlash»
degan jadvallar to‘plamining 3-jadvali yordamida 20°C dagi
ko‘rsatkichdan topiladi.
3-jadvalning chap va o‘ng tomonidagi tik ustunchalarda ha-
rorat +40°C dan —25°C gacha berilgan. Gorizontal ustunchada
esa spirtomerning ko‘rsatkichi keltirilgan. Harorat bilan spirto-
mer ko‘rsatkichi kesishgan
joyidagi
son spirtning 20°C quvvatini ko‘r-
satadi. Misol uchun, shisha spir-
tomerning ko‘rsatkichi 84, harorat
35°C. Jadval bo‘yicha bu 20°C da
79—54 % li spirtga to‘g‘ri keladi.
Spirtning quvvatini (konsentra-
tsiyasi) metall spirtomer yordamida
aniqlash. Bu spirtomer
ancha ix-
cham, ko‘rsatkichi aniqdir. Spirto-
mer jezdan tayyorlanib, yuqorigi va
pastki o‘simta hamda tanadan tash-
kil topgan, ustiga oltin yugurtiril-
gan. Yuqorigi o‘simta 10 ta darajaga,
o‘z
navbatida, har bir daraja yana
10 ga bo‘lingan bo‘ladi (18-rasm).
18-rasm. Metall spirtomer.
0
10
20 30 40 50 60 70 80 90
9
8
7
6
5
4
3
2
1
0
57
Pastki o‘simta yuqoridan pastga yo‘g‘onlashib boradi va
yuqorigi ingichka qismidan toshlar osiladi. Toshlarning raqam-
lari: 00, 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90.
Agar metall
spirtomer toshsiz eritmaga botmasa, tosh osiladi. Bunda tosh
raqamiga daraja ko‘rsatkichini qo‘shib, keyin jadvaldan
hajmiy
foizi topiladi. Spirtomer spirt-suvli aralashmaga toshsiz botsa,
daraja ko‘rsatkichiga 100 raqami qo‘shiladi. Masalan:
1) toshning raqami 90, daraja ko‘rsatkichi 8, harorat
20°C bo‘lsa, spirtning 20°C dagi quvvati DSTning 4-jadvaliga
binoan 94,2 % ga teng bo‘ladi;
2) metall spirtomer toshsiz 20°C haroratda daraja ko‘rsatkichi
raqamgacha botdi. Bunda spirtomer ko‘rsatkichi 105 (100+5,0)ga,
20°C dagi quvvati esa DSTning 4-jadvaliga binoan 97,1 % ga
teng bo‘ladi.
Metall spirtomerning 20°C dagi ko‘rsatkichi ham hajmiy
foizga to‘g‘ri kelmaydi, u faqat shartli quvvatdir.
Hajmiy foiz DSTning 4-jadvali yordamida topiladi. Bu jad-
valning tuzilishi ham 3-jadvalga o‘xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: