34
latib bo‘lingan suzgichga 30 daqiqa davomida bug‘ bilan ishlov
berilib, oqarguncha suv bilan yuvish kifoya. Bu hammasi bo‘lib
1—1,5 soat vaqtni oladi.
F.A. Êonev va boshqalar bu suzgichni takomillashtirib, ikki
qavat mato ishlatishni va g‘alvirsimon metall silindrni devorining
qalinligi 5 sm bo‘lgan metall keramikaga almashtirishni taklif
qilganlar. Silindrning birinchi qavatiga FPP 15 (Petryanov suz-
gichi) va ikkinchi qavatiga 1,5 sm qalinlikda doka o‘raladi. Bu
dokani tejaydi hamda suzilgan suyuqlik sifatini yaxshilaydi.
Qo‘ziqorinsimon suzgich. Êorxona sharoitida, ko‘pincha,
hech qanday qurilma talab etmaydigan va vakuum ostida ish-
laydigan qo‘ziqorinsimon suzgichdan foydalaniladi (8-rasm).
U ketma-ket joylashtirilgan bir necha
suzgich matolardan tashkil
topgan bo‘lib, uni tayyorlash va ishlatish oson hamda arzondir.
Qavatlar soni va qaysi mato ishlatilishi suzilishi lozim bo‘lgan
suyuqlikning xususiyati va qanday maqsadda ishlatilishiga bog‘liq.
Misol uchun, «Darnitsa» kimyo-farmatsevtika ishlab chi-
qarish birlashmasida bu suzgich quyidagilardan tashkil to-
padi: 2
qavat kapron, 2 qavat shoyi, 2 qavat suzgich qog‘oz,
20—30 mm qalinlikda paxta, 1 qavat bo‘z.
Suzgich ishlatishdan oldin 1—2 soat davomida distillangan
suv bilan yuviladi. Shundagina inyeksiya uchun ishlatiladigan
suyuqlikni suzish mumkin bo‘ladi. Qo‘ziqorinsimon suzgichdan
hajmi uncha katta bo‘lmagan eritmalarni tozalashda foydala-
nilish maqsadga muvofiq.
8-rasm. Qo‘ziqorinsimon suzgich:
1 — qo‘ziqorinsimon suzgich;
2 — vakuum so‘rgich;
3 —
suyuqlik;
4 — qabul qiluvchi idish;
5 — yordamchi idish.
3
1
2
4
5
35
Suzish uchun ishlatiladigan doka, belting eritma
pH ini
ishqoriy tomonga 1 gacha, kapron, ipak esa nordon tomonga
0,6 gacha surishi mumkin. Shuning uchun bu matolarni ish-
latganda eritma
pH ini hisobga olmoq lozim.
Bakterial suzgichlar. Yuqorida qayd etilgan suzgichlar dia-
metri 5—10 mikrondan kichik bo‘lgan zarrachalarni ushlab
qola olmaydi. Bundan tashqari, eritma
pH ining o‘zgarishi
preparat turg‘unligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun betaraf moddalardan tayyorlangan metallkeramika va
absotsement mikrosuzgichlardan foydalanish
maqsadga mu-
vofiq. Misol: nikel, karbonil, titanli qotishmadan tayyorlangan
suzgich 5 mikrongacha kattalikdagi zarrachalarni ushlab qo-
lish xususiyatiga ega.
Shu maqsadda 1914-yilda Germaniyada «Zeys» firmasi as-
best va selluloza aralashmasidan iborat suzgichni taklif qilgan.
1929-yilda esa Germaniyadagi «Sartorius» firmasi membranali
suzgich ishlab chiqardi. Êeyinchalik har xil selluloza efirlari-
dan, politetraftoretan, polivinilxlorid, neylon va shunga o‘xshash
sun’iy usulda olingan betaraf moddalardan tayyorlangan suz-
gichlar sanoatda ishlatila boshlandi.
Quyidagi jadvalda MDH mamlakatlarida va chet ellarda ish-
lab chiqariladigan ultrasuzgichlar ta’rifi keltirilgan:
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: