139
VIII bob. TA’SIRI UZAYTIRILGAN, TANANING
MA’LUM A’ZOLARIDA TA’SIR QILADIGAN
DORI TURLARI
8.1. Umumiy tushuncha
Dorilar qabul qilingandan keyin ma’lum vaqtgacha qonda
terapevtik konsentratsiyasi tanaga ta’sir qilib turadi. Qonda dori
konsentratsiyasini me’yorida ushlab turish maqsadida uni kuniga
3—4 marta qabul qilib turish lozim.
Hozirgi vaqtda dorilarga nisbatan organizmning
sezgirligi
ortib ketayotganligi allergik kasalliklarni keltirib chiqar-
moqda.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar dori qabul qilingandan keyin,
uning qondagi konsentratsiyasini uzoq vaqt me’yorida ushlab
turadigan dorilar ustida chuqur izlanishlar olib borilishini taqozo
etadi. Ikkinchi tomondan, qabul qilingan dori qonga so‘rilgandan
so‘ng, tanada qon bilan aylanib, kerak a’zoga juda oz qismigina
yetib boradi. Bu esa tananing kasallangan qismiga dori turining iloji
boricha ko‘proq miqdorini yetkazib berish (transportirovka) kabi
yangi muammoni tug‘diradi.
Hozirgi vaqtda dorilarga ehtiyojning yil sayin ortib borishi
dori ta’minotini tang ahvolga solib qo‘ymoqda. Yuqoridagi
fikrlarning isboti uchun quyidagi statistika ma’lumotlarini
ko‘rsatib o‘tish lozim. Dunyo aholisining 15 % i allergiyaga
chalingan, ayrim rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich
25 % ni tashqil etadi.
Asab kasalliklari ham tez o‘sib bormoqda. Hozirgi kunga kelib
bu kasallik 24 marta ko‘paydi. 300 million aholi esa kasallanish
arafasida turibdi, 10 %
aholi revmatizmga, har sakkiz kishidan
140
biri qon tomir kasalliklariga chalingan.
Maktabni bitiruvchi yosh-
larning 80 % i shartli ravishda sog‘ deb ataladi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotiga qaraganda,
dunyoda 500 million odam
parazitar kasalligiga, 270 million kishi
isitma kasalligiga chalingan. Yer shari aholisining 50 % dan ortig‘i
me’yoridan ortiq vaznga ega.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, o‘z vaqtida
aholini dori-darmon bilan ta’minlash, uzoq muddatli ta’sir eta-
digan va tananing kerak a’zolariga ta’sir ko‘rsatadigan dorilar yara-
tish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib
qolmoqda.
Ta’siri uzaytirilgan dori tayyorlash muammosi birinchi marta
penitsillin va insulinning inyeksiya uchun ishlatiladigan dori turi
yaratilishi bilan amalga oshirildi. Êeyinchalik tabletka, kapsula,
surtma dori kabi shakllarda ham qo‘llanila boshlandi. Dorilarning
ta’sirini uzaytirish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
1. Dori modda so‘rilishini
susaytirish;
2. Biotransformatsiyani kamaytirish;
3. Tanadan chiqib ketishini sekinlashtirish.
Ta’siri uzaytirilgan dorilar quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
1. Tanada ma’lum vaqtgacha dorivor
moddalar konsentratsiyasini
bir me’yorda ushlab turishi;
2. Ta’sirini uzaytirish uchun ishlatiladigan kimyoviy,
fiziologik, texnologik jarayonlar organizmga salbiy ta’sir
ko‘rsatmasligi;
3. Ishlatiladigan yordamchi moddalar tanadan to‘la chiqib ketishi
kerak.
Ta’siri uzaytirilgan dorilarni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan
arzon, ishlatilishi qulay va sodda bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: