106
litrida 10—15 mg gacha tuzlar erigan bo‘ladi. Mineralsizlanti-
rish ion almashtirgich smolalar (ionitlar) va elektrodializ yor-
damida amalga oshiriladi.
Davlat Farmakopeyasining talabiga binoan, inyeksiya uchun
ishlatiladigan suv tozalangan suvga qo‘yiladigan hamma
talab-
larga javob berishi, tarkibida pirogen moddalar bo‘lmasligi, saq-
lanish muddati 24 soatdan oshmasligi kerak.
Eritma tayyorlash. Eritma ikki qavat devorli aralashtirgichi
bo‘lgan reaktorlarda og‘irlik-hajm usulida tayyorlanadi. Erish
jarayonini tezlashtirish uchun ikki qavat devor orasiga suv bug‘i
yoki ba’zan sovuq suv yuboriladi va aralashtirgich yordamida
eritma aralashtirib turiladi.
Eritmalarni suzish. Inyeksiya uchun ishlatiladigan eritmalar
shisha zarrachalari va boshqa iflosliklardan suzish orqali toza-
lanadi.
Ampulalarni eritma bilan to‘ldirish. Eritmalarni ampulalarga
qo‘shish avtomat yoki yarimavtomat
usullarda shpris yorda-
mida, vakuum va parokondensatsiya usullarida amalga oshiriladi.
Êavsharlash. Ampulalarni kavsharlashdan oldin uning kapil-
larlaridagi suyuqlik yo‘qotiladi. Aks holda
ampula yupqala-
shib, sterilizatsiyaga bardosh bera olmaydi. Ampulalar alanga,
elektr toki yoki plastmassa yordamida kavsharlanadi. Êorxona
sharoitida ko‘proq alanga bilan kavsharlash usulidan foydalani-
ladi. Alanga bilan kavsharlash, kapillar uchini eritish va uning
o‘rtasidan eritib, cho‘zish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ampulalardagi eritmalarni sterillash. Êavsharlangan am-
pulalarning sifati ko‘zdan kechirilib,
yaroqlilari sterilizatsiyaga
uzatiladi. Dorilarni sterillash fizik, kimyoviy va mexanik usul-
larda olib boriladi.
Ampulalardagi eritmalarning tozaligini va sifatini tekshirish.
Ampuladagi eritmalarning tozaligi qorong‘ilashtirilgan xonada
qora va oq fonda 40—60 vattli reflektor lampa yordamida 100 %
tekshiriladi. 5—10 ta ampula kapillarlarini pastga
qaratib yax-
shilab chayqatiladi, lampa nurida qurollanmagan ko‘z bilan
kuzatiladi. Eritmadagi suzib yurgan zarrachalar o‘zida nur
sindi-
rishi natijasida ko‘zga ko‘rinadi. Bu usul ko‘zni tez charchatadi
va har bir ishchining qobiliyatiga bog‘liq.
Shuning uchun 1,5—4 marta kattalashtiradigan linzali so-
lusioskop orqali ko‘rish amaliyotga tatbiq etilgan.
Buning yor-
107
damida 8 mkm gacha, qo‘shimcha moslamalar yordamida esa
2 mkm gacha kattalikdagi zarrachalarni ko‘rish imkoniyati
yaratildi.
Yorliqlash. Har bir ampula (idish)ga dori
moddaning nomi,
konsentratsiyasi yoki faolligi, hajmi (og‘irligi) yoziladi. Bu
jarayon Simxovich-Êislin dastgohi yordamida olib boriladi.
1. Ampulalarni to‘ldirish usullarini aytib bering.
2. Ampulalarni kavsharlashda qanday usullardan foydalaniladi?
3. Ampula shishasining eng ko‘p ishqorlanish
hodisasi qanday hol-
larda foydalaniladi?
4. Suvli va moyli eritmalarda ampulalar butunligi qanday tekshiriladi?
5. Ampulalarning sterilligi va tozaligi qanday tekshiriladi?
6. Ampulani yuvib tozalash, unga quritmasdan dori solish mumkinmi?
7. Qaysi holda ampula kapillarda qolgan suyuqlikni tortib oladi?
8. Eritmalarni qanday tiklash mumkin?
9. Ampulalarda seriya qanday belgilanadi?
10. Suzish bilan sterillash nima? U qanday tushuniladi?
11. Suzish uchun ishlatiladigan materillarni «pufakcha nuqtasi» bo‘-
yicha tekshirish usuli nimaga asoslanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: