Farmatsevtika sanoati texnologiyasi


  Konsentrat ekstraktlar



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

3.3. 
Konsentrat ekstraktlar
(Extracta standartisata)
 Bular ekstraktlarning maxsus guruhi bo‘lib, dorixona sha-
roitida suvli ajratmalar tayyorlash uchun o‘simlik xomashyosi
o‘rniga ishlatishga mo‘ljallangan. Dorixona sharoitida ta’sir qi-
luvchi moddalarni aniqlash qiyinligi sababli baholanmaydigan
dori turi bo‘lgan suvli ajratmalar uchun muhimdir. Ularni aniq
baholangan konsentrat ekstraktlardan tayyorlash mahsulot si-
fatini oshirish imkonini beradi.
Shunga ko‘ra, iloji boricha bu dori turini konsentratlardan
tayyorlash zarur. Ular suyuq va quruq bo‘ladi. Suyuq konsentrat
ekstraktlarni tayyorlash ajratma olish, yot moddalardan tozalash,
baholash va qadoqlash kabi texnologik bosqichlardan iborat.
Suyuq konsentrat ekstraktlar (Extracta fluida standartisata).
Bular spirt-suvli ajratmalar bo‘lib, 1:2 nisbatda tayyorlanadi,
ya’ni 1 og‘irlik qism xomashyodan 2 hajmiy qism ekstrakt oli-
nadi. Ulardan damlama yoki qaynatmalar tayyorlashda retseptda
yozilgan xomashyoga nisbatan 2 marta ko‘p miqdorda olib,
kerakli hajmgacha suv bilan suyultiriladi. Suyuq konsentratlar,
asosan, perkolatsiya va reperkolatsiya usullarida olinadi.
Suyuq konsentrat ekstraktlarni Moskva farmatsiya ilmiy-tek-
shirish instituti usulida olish, suyuq ekstraktlarni olishga o‘x-
shashdir, faqat har safar uchinchi perkolatordagi xomashyoga
nisbatan ikki hissa ko‘p ajratma quyib olinadi. Ajratmani yot
moddalardan tozalash uchun 10°C dan yuqori bo‘lmagan
haroratda kamida ikki kun tindirib, so‘ng suziladi.
Suyuq konsentratlar tashqi ko‘rinishi, ta’sir qiluvchi mod-
dasi, quruq qoldiq, spirt quvvati yoki zichligi bo‘yicha baho-
lanadi. Êorxona sharoitida suyuq konsentratlardan valeriana
suyuq ekstrakti konsentrati (Extractum valerianae fluidum
standartisatum 1:2) 40 % li spirtda; bahorgi adonis suyuq
ekstrakt konsentrati (Extractum Adonidis vernalis fluidum
standartisatum 1:2) 25 % li spirtda; arslonquyruq suyuq eks-
trakt konsentrati (Extractum Leonuri fluidum standartisatum 1:2)
25 % li spirtda ishlab chiqarilmoqda.
Quruq konsentrat ekstraktlar (Extracta sicca standartisata 1:1)
quruq ekstrakt konsentrat ham suv spirtli ajratma bo‘lib, 1:1


86
nisbatda tayyorlanadi, ya’ni, 1 og‘irlik qism xomashyodan
1 og‘irlik qism tayyor mahsulot olinadi. Ulardan suvli ajratmalar
tayyorlashda 1 qism xomashyo o‘rniga 1 qism quruq konsentrat-
dan olib, suvda eritiladi va suv bilan kerakli hajmga yetkaziladi.
Quruq konsentratlar perkolatsiya, tez oquvchi reperkola-
tsiya, ba’zan (gulxayri ildizidan olishda) maseratsiya usullarida
tayyorlanadi. Ajratmani yot moddalardan tayyorlash, quritish
va baholash quruq ekstraktlarga o‘xshash bajariladi.
Ekstrakt konsentratlar tayyorlashning o‘ziga xos tomoni past
quvvatli (20—25, ba’zan 40 % li) spirt ishlatilishidir. Bundan
maqsad, konsentratlardan tayyorlangan ajratma sifatini, ayniqsa,
tashqi ko‘rinishini xomashyonikiga yaqinlashtirishdir.
Êorxona sharoitida quyidagi quruq konsentratlar ishlab chi-
qariladi: gulxayrining quruq konsentrat ekstrakti (Extractum
Althae siccum standartisatum, 1:1). Maydalangan gulxayri ildi-
ziga 10 barobar ko‘p miqdorda 25 % li spirt solib, vaqt-vaqti
bilan aralashtirib, 10 soatga xona haroratida qoldiriladi.
So‘ng ajratma quyib olinadi, tindiriladi, suziladi va vakuum-
bug‘latgich asbobida 50–60°C haroratda quyuq holatga kelguncha
bug‘latiladi. Quyuq massa vakuum jo‘vali qurilmalarda quriti-
ladi, baholanadi va dekstrin yoki sut qandi bilan shilimshiq
moddalar miqdori 24—28 % ga yetkaziladi.
Yumshatuvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish