Farmatsevtika sanoati texnologiyasi



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

3.1. 
Tindirmalar 
(Tincturae)
Tindirmalar tiniq, spirtli, spirt-suvli ajratmalar bo‘lib, do-
rivor o‘simlik va hayvon organlari xomashyosidan qizdirmas-
dan tayyorlanadi. Tindirmalar kuchli ta’sir etuvchi xomashyo-
lardan 1:10, qolganlaridan esa 1:5 (og‘irlik-hajm) nisbatda
tayyorlanadi.
Qalampir yalpiz (1:20) va yapon soforasi (1:2) tindirmalari
bundan mustasnodir. Tindirmalar olishda ajratuvchi sifatida har
xil quvvatli (40 %, 60 %, 70 %, ba’zan 30 %, 90 %, 95 %)
etil spirti ishlatiladi.
XI DFda tindirmalar bo‘yicha 10 ta modda keltirilgan. Bun-
dan tashqari, vaqtincha farmakopeya moddalari bo‘yicha
50 dan ortiq tindirma ishlab chiqariladi.
Tindirma olish xomashyo va ajratuvchini tayyorlash, ajratma
olish, yot moddalardan tozalash, baholash hamda qadoqlash
bosqichlaridan iborat.
XI DF bo‘yicha tindirmalar rasmiy maseratsiya (ivitib qu-
yish), kasrli matseratsiya, ajratuvchining majburan aylanishini
ta’minlovchi matseratsiya (matseratsiya, sirkulatsiya), perkola-
tsiya (siqib chiqarish), girdob va norasmiy zamonaviy tezlashtiril-
gan usullar (ultratovush, Farmatsiya ilmiy-tekshirish oliygohi
(ÂÍÈÈÔ), markazdan qochish kuchiga asoslangan) bilan olinadi.
Matseratsiya (macerare) — namlash so‘zidan olingan. G‘alvir-
simon tub ustiga maydalangan xomashyo (1—8 mm), ko‘r-
satilgan miqdordagi ajratuvchi solinib, 15—20°C haroratda,
vaqt ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 7 kunga qoldiriladi hamda vaqt-
vaqti bilan aralashtirib turiladi. Êo‘rsatilgan vaqt o‘tgandan so‘ng
(S—s=0 bo‘lganda) ajratma quyib olinadi, qoldiq siqiladi. Xom-
ashyo ozroq toza ajratuvchi bilan chayib, yana siqib olinadi.
Ajratmalar birlashtiriladi va toza ajratuvchi bilan kerakli hajmga
yetkaziladi.
Bu oddiy usul bo‘lib, murakkab asbob-uskuna talab etmaydi.
Êamchiligi: o‘simlik xomashyosidan ta’sir etuvchi modda to‘liq
ajralib chiqmaydi, jarayon uzoq davom etadi.
Matseratsiya idishi zanglamaydigan po‘lat yoki duralumi-
niydan yasalgan bo‘lib, aralashtirgichi, ostki qismida g‘alvir-
simon tubi va jo‘mragi bo‘ladi (19-rasm).


74
Êasrli matseratsiya yordamida
hujayralardagi biologik faol mod-
dalarni tez va to‘liqroq ajratib olish
uchun ajratuvchini ikki yoki uch
qismga bo‘lib, har safar xom-
ashyoga toza ajratuvchi bilan ishlov
beriladi va ajratma quyib olinadi.
Matseratsiya-sirkulatsiya usu-
lida ajratuvchining aylanma hara-
katini so‘rg‘ich (nasos) yordamida
oshirish mumkin. Bunda ajratuvchi
qayta-qayta so‘rg‘ich bilan so‘rib olinib, yuqoridagi idishga
qaytarib solinadi.
Bu ikki usulda ham konsentratsiyalar farqining ko‘payishi
hisobiga jarayon tezlashadi.
Perkolatsiya (Percolare) — rangsizlantirish, siqib chiqarish
so‘zidan olingan bo‘lib, har xil tuzilishga ega bo‘lgan maxsus
idishlar — perkolatorlarda olib boriladi (20-rasm). Perkolator-
ning tubida g‘alvirsimon to‘siq bo‘lib, uning ustiga mato qo‘yiladi.
Xomashyo (1—8 mm) alohida idishga 50—100 % miqdordagi
ajratuvchi bilan 4 soatga bo‘ktirish uchun qoldiriladi.
So‘ng bo‘kkan xomashyo pastki
jo‘mragi ochiq perkolatorga o‘t-
kaziladi, biroz shibbalanadi va us-
tida «oynasimon yuza» (3—4 sm
ajratuvchi qavati) hosil bo‘lguncha
ajratuvchi quyiladi. Jo‘mrak ber-
kitilib, oqib chiqqan ajratma qaytib
perkolatorga solinadi va vaqti ko‘r-
satilmagan bo‘lsa (xomashyoning
xususiyatlariga qarab), bir-ikki
kunga qoldiriladi.
So‘ngra jo‘mrakdan ma’lum tez-
likda ajratma quyib olinadi. Ajratish
tezligi soatiga perkolator foydali
hajmining 1/24 yoki 1/48 qismini
tashkil etib, litrda hisoblanadi.
Xuddi shu tezlikda perkolator-
ning yuqori qismidan ajratuvchi

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish