Farmatsevtika ishini tashkil



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/131
Sana08.02.2022
Hajmi3,61 Mb.
#436615
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131
Bog'liq
2021-02-226033a3ad25ffd6420 Toshmuxamedov E Farmatsevtika ishini tashkil qilish

«KasaUanish qiymati» 
tahlili (KQT)
KQT aniq bir kasallikning aniq bir tarqalishi uchun um um iy 
(to ‘g‘ri ham da ju z ’iy) qiymatni o ‘rganishda foydalaniladi. Ushbu 
uslubiyat o ‘rganishda aniq bir kasallik bilan bogMiq boMgan 
(m akroiqtisodiy m a’nodagi) barcha xarajatlarni hisoblash uchun 
ishlab chiqilgan. Shu kabi AQShda bir necha guruh kasalliklar 
bo'yicha o ‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdiki, jamiyatga 
xarajatlar yiliga y u rak -to m ir tizim ining um um iy qiym ati 80 
milliard dollar, o ‘simta kasalliklari 30 milliard dollam i ham da 
asab-ruhiy kasalliklar 25 m illiard dollam i ko'rsatadi. Bunda 
kasallikning to ‘g‘rid an -to ‘g‘ri oldini olish, aniqlash, davolash, 
Sog'liqni tiklash, tadqiqot ham da o'qitish, shuningdek tibbiy 
muassasalar uchun kapital qo‘yilmalar xarajatlarini o ‘z ichiga oladi.
Ju z ’iy xarajatlar yo‘qotilgan ish kunlari b o ‘yicha aniqlanadi. 
Kasallikning to ‘g‘rid an -to ‘g‘ri xarajatlari yoki ju z ’iy xarajatlar 
aniqlanganda kasallikning oldini olish yoki davolashga iqtisodiy 
baho berish m um kin boMadi. ToMiq misol bilan tahlil qilish 
mumkinki, kelajakda SogMiqni saqlash tizimi xodimlari va jam iyat
174


tez-tez farmakoiqtisodiy muammolarga duch keladilar. Lekin har 
bir vazifa uchun xususiy yo‘l, xususiy uslubiyat tanlanishi lozim. 
Bu uslubiyat kelgusida har qanday farmakoiqtisodiy m a’lumot- 
laming mavjud tayanch prinsiplariga hamda tahlil usullariga tayanadi.
Farmakoiqtisodiyot tahlil usullarini birgina bemordagina emas, 
balki davolash m uassasalarida, m a’m uriy-hududiy tum anda, 
viloyat va yaxlit davlat miqyosida qoMlash mumkin. Bu usullar 
farm akoterapiyani klinik va iqtisodiy tom ondan tartibga solish 
imkoniyatlarini beradi. Farmakoiqtisodiyot tahlil usullari davolash­
ning aniq standartini tanlashda, dori vositalarini qayd qilish va 
sotib olishda, klinik tajribalam ing natijalarini baholashda muvaf- 
faqiyat bilan ishlatilmoqda.
Formulyar tizimining qoMlanilishi hududiy tibbiy yordamning 
sifatini boshqarish m odellarini shakllanishiga har tom onlam a 
yondashish zarur ro‘yxatidan kelib chiqadi.
SogMiqni saqlashni boshqarish organlari oldida farmakoiqtiso­
diy masalalarni hal qilishda b ir qancha m uam m olar qatorida 
quyidagilar ham bor:
— dori vositalaridan oqilona foydalanishni ta’minlab beruvchi 
tashkiliy tuzilm alam i tuzish;
— formulyar tizim ni hudud va muassasalarda qoMlashning 
uslubiy ta ’m inotini ishlab chiqish;
— tibbiyot muassasalari am aliyotida farmakoiqtisodiy tahlil 
asoslarini qoMlash;
— tibbiy yordam sifatining nazoratini o'tkazishda dori vositalari 
xavfsizligi va sifatini baholash m ezonlarini ishlab chiqish;
— dori vositalaridan oqilona foydalanishni qoMIashda bem or 
va tibbiyot mutaxassislarining qiziqishini oshirish uchun sharoitlar 
yaratish.
Form ulyar tizim ni qoMlashni ta ’minlab beradigan tashkiliy 
tizim ni shakllanishi b ir-b irin i qaytaradigan, noxush, yom on 
oqibatlam i keltirib chiqaradigan, hayotiy zarur toifasiga kirmay- 
digan, klinika epidem iologiya tom onidan klinik samarasizligi
175


tasdiqlangan dori vositalarining sonini qisqartirish vazifalarini 
ko‘zda tutadi.
Form ulyar tizim ining tashkiliy tuzilmasini shakllanishi va 
dori vositalaridan oqilona foydalanishga quyidagilar imkon beradi:
— dori vositalari ishlatilishining klinik nazoratini, zarur 
hollarda olib borilayotgan farmakoterapiyani to ‘g‘rilashni o ‘tkazish;
— d a v o la sh -p ro fila k tik a m u assasalari u c h u n h u d u d iy
formulyar va formulyar ro‘yxatlarini ishlab chiqish ham da doimiy 
ravishda yaxshilab turish;
— ah o lig a b ep u l tib b iy y o rd am t a ’m in o tin in g davlat 
dasturlarini amalga oshirishda dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojning 
tibbiy-iqtisodiy va farm akoiqtisodiy jihatdan asoslab berish;
— aholini, ta ’m inotchilarni, ishlab chiqaruvchi firmalar, 
tibbiy sug‘urta tashkilotlari tibbiyot xodimlari, tibbiyot muassasalari 
organlari rahbarlarini axborot bilan ta ’m inot xizmatini yaratish;
— tibbiyot muassasalari ehtiyoji uchun sotib olinadigan dori 
vositalarining farmakoiqtisodiy samaradorligini hisobga olgan holda 
ulam ing narx-navolarini to ‘g ‘rilash sharoitini yaratish.
Form ulyar uchun dori vositalarining davolash samaradorligi, 
xavfsizligi va narxlari kriteriylarini hisobga olgan holda tanlab 
olinishi kerak. Bu qiyin ishni am alga oshirishda shifokorlar 
to ‘qnash keladigan birlam chi m uam m olardan biri dori vositalari 
to ‘g‘risida mutloq zam onaviy axborotlam i qidirishdir. Tibbiyot 
muassasalarida form ulyar ro ‘yxatlami ishlab chiqish bir qancha 
tadbirlam i bosqichm a-bosqich bajarilishini ko'zda tutadi.

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish