Farmatsevtika ishini tashkil



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/131
Sana08.02.2022
Hajmi3,61 Mb.
#436615
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   131
Bog'liq
2021-02-226033a3ad25ffd6420 Toshmuxamedov E Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Tez va yengil alangalanuvchi prekursorlami
saqlashda ulaming 
fizik-kim yoviy xossalarini hisobga olish kerak (sirka kislota 
angidridi, atseton, etil efiri, xlorid kislotasi, fenil sirka kislotasi, 
sulfat kislo-tasi, toluol).
Tez alangalanuvchi prekursorlami mineral kislotalar (ayniqsa 
oltingugurt va azot kislotalari), siqilgan gazlar, yonuvchan 
m oddalar (o ‘simlik yog‘lari, oltingugurt, bog'lov vositalari), 
shuningdek organik moddalar bilan portlovchi aralashm alar (kaliy 
xlorat, kaliy perm anganat, kaliy xrom at va hokazolar) hosil 
qiluvchi noorganik tuzlam i birga saqlash taqiqlanadi.
Prekursorlar bilan ishlaganda (qadoqlash, joydan-joyga 
tashish, yuklash) ehtiyotkorlik choralari ko‘rilib, idishning holati, 
germetikligi, to ‘g‘riligini doimiy kuzatib turgan holda ishlash lozim.
Tez alangalanuvchi prekursorlar zich berkiladigan, m ustah- 
kam shishali yoki metall idishlarda saqlanadi. Shisha idishlar, 
ballon va boshqa katta hajmli idishlaming balandligi bo ‘yicha bir 
qator qilib saqlanadi. Ularni bir necha qatorga, isitish m anbalari 
yaqiniga qo‘yish taqiqlanadi. So‘kchak va isitish manbasi orasidagi 
masofa bir m etrdan kam b o ‘lmasligi kerak.
Nitrat va sulfat kislotalarini
saqlashda ulami yog'ochli, organik 
tabiatli boshqa m oddalar bilan m unosabatda b o ‘lishining oldini 
olish lozim.
Nitroglitserin eritmasi —
portlovchi m odda, uni dorixonada, 
dorixona om borlarida katta emas, yaxshi berkitilgan sklyankalar 
yoki metall idishlarda salqin, qorong'i joyda saqlanadi, yong‘indan 
ehtiyot bo'lish kerak. Nitroglitserin saqlaydigan idishni surish va 
shu preparatni tortib olish juda ehtiyotkorlik bilan bajarilishi zarur.
Efir
(tibbiyot yoki narkoz uchun) fabrikaning o ‘ram ida, 
qorong'i, salqin (isitish asboblaridan uzoqroq) joyda saqlanadi.
DietilefirbiXdca
ishlanganda silkitish, zarba berish, ishqalashdan 
saqlanish kerak.
Kaliy permanganat
glitserin, oltingugurt, chang, organik
214


moylar, efirlar, spirtlar, organik kislotalar va boshqa organik 
m oddalar bilan portlovchi birikm alar hosil qiladi. Uni maxsus 
ajratib qo ‘yilgan joyda, tunuka barabanlarda, dorixonada — og‘zi 
m ahkam yopilgan va yuqorida ko'rsatilgan vositalardan alohida 
saqlanadi.
Portlovchi va tez alanga oluvchi vositalar
alohida (quruq, 
t o ‘g ‘ri q u y o sh n u r id a n , y o n g 'in v a y e r o sti s u v la rid a n
himoyalangan, birinchi qavatda, temirbeton qoplama hamda metall 
eshikli) xonalarga joylanishi kerak, xonaning poli eshigidan 
ichkariga qiyalanib sementlangan, o ‘yilmagan tekis boMishi kerak. 
Yonmaydigan so‘kchaklar poldan 0,25m dan kam boMmaydigan 
balandlikda, so‘kchaklar kengligi lm dan kam boMmagan, chetlari
0,25m dan kam, so‘kchaklar oraligM 1,35m dan kam boMmasligi 
kerak; yonmaydigan shkaflar kengligi 0,7m dan, balandligi 1,2m 
dan kam boMmaydigan eshiklaiga ega boMishi kerak; elektr o ‘tkazish 
m oslam alari, y o ritu v ch i va boshqa elek tijih o zlari portlash 
xavfsizligini ta ’minlaydigan shuningdek, o ‘chirish moslamalari 
bilan ta ’minlangan boMishi kerak.
Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar solingan idishlar 
zarbalardan saqlaydigan, yoki ag‘daruvchi ballonlarda bir qatorda 
saqlanadi.
Idishni suyuq m oddalar bilan toMdirish darajasi 90% hajmdan 
ortmasligi kerak. K atta m iqdordagi spirtlar metall idishlarda
75%dan ortiq boMmagan hajm da toMdirilib saqlanadi.
Portlovchi va yonuvchi vositalar saqlanadigan xonalaiga kerosin 
lam p alar va s h a m la r bilan kirish ta q iq la n a d i, faq at elek tr 
yoritkichlaridan foydalaniladi.
Dezinfeksiyalovchi vositalar
(xloramin B va boshqalar) germetik 
berkitilgan idishlarda saqlanadi. Saqlash uchun xona alohida bo‘lib 
va plastmassa, rezina ham da metall buyumlar hamda tozalangan 
suv olinadigan xonalardan uzoqroqda joylashgan bo'lishi kerak. Bunda 
saqlash joyi salqin va yorugMikdan himoyalangan boMishi lozim.
Bog'lov materiallari
yog'och yashiklarda, quruq, havosi toza 
xonalarda, changdan va hasharotlardan nariroqlarda saqlanishi 
kerak. Nosteril m ateriallarni isitilmaydigan xonalarda saqlash
215


mumkin. Steril m ateriallar harorati o'zgarishi kam bo ‘ladigan 
x o n a la rd a s a q la n is h i k e ra k , b u n d a h a r o ra t o 'z g a rg a n d a
qadoqlangan tovar ichiga havo kirmasligini ta ’minlash lozim. 
Sterillangan bog‘lov vositalarni omborxonada chiqqan yiliga qarab 
saqlash kerak, chunki h ar besh yildan so‘ng uning sterilligini har 
yili tanlab tekshirib turiladi. 0 ‘rami buzilgan yoki nam tortgan 
boMsa, u holda m ahsulot sterillanmagan hisoblanadi.
Rezina buyumlarini
saqlovchi xonaga quyosh nuri tushmasligi 
kerak, ko'pincha yertoMalarda, qorong‘i joylarda saqlanadi. Quruq 
xonalam ing namligini saqlash uchun karbol kislotasining 2%li 
suv eritmasi idishlarda qo'yiladi. Rezinaning elastikligini saqlash 
uchun xonalar va shkaflaiga shisha idishda ammoniy karbonat solib 
qo'yish kerak. Saqlashda amal qilinadigan talablar: 1) yorug‘likdan 
saqlash; 2) harorat 0°C dan past va +20°C yuqori boMmasligi; 3) 
nam lik 65%dan ko‘p boMmasligi; 4) mexanik shikastlanishdan 
holislik; 5) faol m oddalar (yod, xloroform, formalin va boshqalar) 
ta ’siridan himoyalash; 6) isituvchi m anbadan uzoq (kam ida 1 
m etr) joylashgan boMishi kerak; 7) havo kirmasligi kerak.
R ezin a b u y u m larin i sh k aflard a, y ash ik lard a, ja v o n va 
stellajlarda saqlash mumkin. Shkaflar eshigi zich yopiladigan va 
ichidan tekis yuzi boMishi kerak.
Ba’zi rezina buyumlami saqlashda ma’lum talablarga rioya qilish 
kerak:
grelkalar, tagiga qo'yiladigan chambaraklar, m uz solinadigan 
xaltachalar biroz shishirib qo'yiladi;
asboblaming yechiladigan rezina qismi metall qismidan alohida 
saqlanadi;
q o ‘lqoplar, bujlar, elastik kateterlar va boshqalar qutilarda 
zich yopilgan ham da ustiga talk sepilgan holda saqlanadi. Pastki 
qavatlardagi buyum lar ezilib va bosilib ketmasligi uchun ulam i 
bir necha qavat qilib saqlash m um kin emas.
Plastmassadan tayyorlangan buyumlami
qorong‘i va havoni 
tozalab turadigan, uchuvchi vositalaming bug‘lari uchramaydigan, 
y o n g 'in b o 'lm a y d ig an x o n a lard a saqlash kerak. B u y u m lar 
is itk ic h la rd a n lm e tr u zo q lik d a jo y lash g an boMishi kerak.
216


S e llo fan la r, sellu lo id , a m in o p la stli b u y u m lar saq lan u v ch i 
xonalam ing namligi 65%dan ortmasligi kerak.
Sintetik m ateriallarni saqlash alohida sharoitlarni talab 
q ilm ay d i. D a v o la sh -p ro fila k tik a m u assasalarid a re z in a va 
elastoplast buyum lar 5%li fenolning glitserindagi eritmasiga solib 
qo‘yiladi.
Tibbiy texnika, jarrohlik asboblari
quyidagi talablarga muvofiq 
saqlanadi:
xonalar quruq va issiq boMishi kerak. Jarrohlik asboblami 
uyib ham da dori-darm onlar va rezina buyum lar bilan saqlash 
q at’iy man etiladi;
harorat va havoning nisbiy namligi ( 60%dan ortmasligi) 
birdan o ‘zgarib qolmasligi kerak;
asboblar yashiklarda, shkaflarda, qopqoqli qutilarda nomi 
yozilgan holda saqlanadi. Asboblami zavodning korroziyaga qarshi 
moyi bilan saqlanadi. Agar bunday moy bo‘lmasa unda ulami yupqa 
qilib vazelin bilan qoplanadi. Moylangan asboblar yupqa parafinli 
qog‘ozga o ‘rab q o ‘yiladi. Kesuvchi buyumlami (pichoq, skalpellar) 
mexanik zarar yetkazishning (kertiklar) oldini olish va o ‘tm as 
boMmasligi uchun ulam i yashiklam ing maxsus uyalarida yoki 
penallarda saqlanishi maqsadga muvofiq boMadi.
Tibbiyot zuluklami
saqlashda quyidagi talablarga rioya qilish 
zarur:
— xona yorug1, dorilam ing hidisiz; maksimal tozalikka rioya 
qilgan holda, hidli va zaharli vositalar bilan biigalikda boMmasligi 
kerak;
— zuluklar keng bo ‘yinli shisha idishlarda, b o ‘z salfetkali 
yoki ikki qavatli marli bilan shpagat yoki rezinka bilan qattiq 
boylangan holda saqlanadi;
— bankani xlorsizlantirilgan, perekisli birikm alardan, ogMr 
metall tuzlaridan, mexanik qo'shim chalardan holi saqlanadi. Suvni 
alm ashtirishda idish devorlari ichidan yuviladi, so'ngra idish 
bo'yniga marli yopiladi va undan suv quyiladi. Bunda idishning 
uchdan bir qismi suvga toMishi kerak.
217



Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish